15
ma‘lumotlar bazasiga so‘rovlarning bajarilish effektivligini qanday
ta‘minlash. Bu masalaga ma‘lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi
deyiladi.
Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi
bosqichdagi predmet
sohasini tahlil qilish bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish
bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi,
axborot ob‘ektlari va uning
xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil
asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch
bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir:
konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
axborot ob‘ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
predmet sohasining konseptual modelini
qurish va MBni konseptual
sxemasini loyihalashtirish.
Konseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi
masalalarni hal qilish kerak:
foydalanuvchilarning MBga bo‘lgan talablarini tahlil qilish;
MBdan o‘rin olishi lozim bo‘lgan axborotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud
masalalarini aniqlash;
kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash;
tahlil natijalarini hujjatlashtirish.
Misol
. TTESI talabalarini hisobga olish uchun
MBni ishlab chiqish taklif
qilinayapti. Predmet sohasining tahlil qilish:
1.TTESI da qancha talaba ta‘lim oladi?
2.TTESI da qancha fakultet va kafedralar bor?
3.Fakultet va kurslar bo‘yicha talabalar qanday taqsimlanagan?
4.Har bir kursda har bir mutaxassislik bo‘yicha qancha fanlar o‘qitiladi?
5.MBdagi axborotlar qancha (qanday) tez almashtirib turiladi?
6.TTESI da qancha o‘qituvchi bor?
16
7.Boshqa shahardan kelgan qancha talaba yotokxonada va xususiy xonadonlarda
yashaydi?
8.Ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun qancha auditoriyalar, hamda
qancha laboratoriyalar bor?
9.O‘qitilayotgan fanlar orasida qanday ketma-ketlik mavjud?
10.Hozirgi paytda 1-9 punktlarda ko‘rsatilgan axborotlardan qanday
foydalaniladi (dars jadvali, imtihon, sinov va boshqalar) va qanday ishlatish
rejalashtirilmoqchi?
11.MBdan kim foydalaniladi, nechta odam va bir kunda necha marta?
Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi pog‘onasi axborot ob‘ektlarini
tanlash, har bir ob‘ekt
uchun zarur xossalarini berish, ob‘ektlar orasidagi
aloqalarni, axborot ob‘ektlariga qo‘yiladigan cheklashlarni va axborot ob‘ektlari
orasidagi aloqalarning turlarini aniqlashdan iborat.
Axborot ob‘ektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berishga
harakat qilinadi:
1.MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma‘lumotlarni
qanday sinflarga ajratish
mumkin?
2.Har bir ma‘lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?
3.Har bir ma‘lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni
(foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin?
4.Tanlangan tasifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish mumkin?
Axborot ob‘ektlarini aniqlash -itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili
va iste‘molchilar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi.
Axborot
ob‘ektlarning tasifnomalari ham xuddi shu usullar bilan aniqlanadi. Keyin axborot
ob‘ektlari orasidagi aloqalar aniqlanadi. Bu jarayon borishida quyidagi savollarga
javob berishga harakat qilinadi:
1.Axborot ob‘ektlari orasidagi aloqalar turi qanday?
2.Har bir tur aloqalarga qanday nom berish mumkin?
3.Keyinchalik foydalanish mumkin bo‘lgan qanday turdagi aloqalar bo‘lishi
mumkin?
17
4.Aloqa turlarining biror bir kombinatsiyasi ma‘noga egami?
Axborot ob‘ektlarining o‘zaro aloqasiga misol sifatida TALABA,
SINOV_Daftari, FAKULTET, O‘QITUVCHI va axborot ob‘ektlari
va ular
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: