Respublikada yirik qng’ir ko’mir koni Angren shahri yonida joylashgan blib, yoqilgi yura qatlamlarida mavjud. Ko’mir ochiq, karyer usulida qazib olinadi. Zaxirasi 2 mlrd. tonnaga yaqin. Kmirning boshqa ikki koni Surxondaryo viloyatidagi Shargun va Boysunda joylashgan. Ushbu konlardagi toshko’mir qatlamlari qalin emas. 90-yillardan keyingi davrda kmirqazib chiqarish hajmi keskin qisqardi hamda 1996 yilda 2,8 mln. tonnani tashkil qildi, holos. Vaholanki, respublikaning kmirga blgan ehtiyojlari yiliga 8-9 mln. tonnani tashkil etadi. Bunday holat tarmoqni rivojlantirishga bolgan e’tiborning yetarli emasligidan dalolat bermoqda. Ana shunga xshash muammolarni ijobiy hal qilish maqsadida 1994-yillarda «Kmir» aksionerlik birlashmasi tuzildi. 0 ’zbekiston gidroenergiya resurslarining salohiyatiga kra Markaziy Osiyoda Tojikiston va Qiriziston davlatlaridan ortda tursa ham, uni zlashtirilganlik darajasi bu yerda nisbatan yuqori. Umuman olganda, 60-yillargacha bo’lgan davrda umumiy energetika balansida ishlab chiqarilgan elektro-energiyaning asosiy qismi GESIarga tg’ri kelgan. Undan keyingi davrda tabiiy gaz va qo’ng’ir ko’mir asosida ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalar soni va salmog'ining keskin sishi GESIar ahamiyatini ancha pasayishiga sabab bldi. Binobarin, 1950-yilda jami GESIarda rnatilgan quwatlar 339,0 ming kvt.ga yoki 64,3 foizga teng bo’lgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 1970-yilda muvofiq ravishda, www.ziyouz.com kutubxonasi
690,0 ming kvtga va 1,46 foizga teng bldi. 1995-yilda esa quvvati 1709,95 ming kvtni, salmog’i 14,8 foizni tashkil etdi. 0 ’zbekiston energetika tizimida 28 gidroelektroenergetik stansiyalar mavjud