31
23
tishlar sog`lom.
7 tishda plomba bor. SHilliq qavat och pushti rang-
da, patologik o`zgarishlar yo`q. Bemorga ortopedik davolanish taklif qilingan.
Tashhis qo`ying! Protez tuzilmasini aniqlang?
Javob:
YUqori va pastki tish qatorlarining qisman nuqsoni. Qisman olib
qo`yiluvchi plastinkalik tish protezi tayyorlash zarur.
22. Bemorga qisman olib qo`yiluvchi plastinkali
tish protezlari tayyor-
langanda, frontal tishlar sun’iy milksiz terilgan. Bunday holatda protezning mum
tuzilmasi kyuvetaga qaysi usul bilan gipslanadi?
Javob:
Protezning mum tuzilmasi kyuvetaga to`g`ri usul bilan
gipslanadi.
23. Bemorga qisman olib qo`yiluvchi
plastinkalik tish protezi
moslashtirilganda (topshirishda), tayanch tishlarga ilmoq bir nuqtada tegib qolgan.
Sizning harakatingiz?
Javob:
Krampon yordamida ilmoqni to`g`rilashga harakat qilib ko`riladi.
To`g`rilay olinmasa unda boshqatdan ilmoq (yangisi) o`rnatiladi.
24. Qisman olib qo`yiluvchi plastinkalik tish protezi polimerizatsiyadan
so`ng, kyuvetadan ajratib olinganda, protezning cheti (qirrasi) modelda
belgilangan
chegaradan kattalashgan. Sizning harakatingiz?
Javob:
Qisman olib qo`yiluvchi tish protezining qirrasidan chegaradan
o`tib ketgan qismlari, frez yordamida kaltalashtiriladi (chegaragacha) .
6.3. AMALIY QISM
Tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib qo`yiluvchi
plastinkali tish
protezlari bilan davolashda talabalarning vazifalarini bajarishi. Sun’iy tishlarni
tanlash, sun’iy
tishlarni terish qoidalari, mum asosli protez tuzilmasini bemorda
tekshirib ko`rish va unga ohirgi ishlov berish.
Protezning mum tuzilmasini
plastmassaga almashtirish.
Bazis plastmassasini tayyorlash va kyuvetaga joylashtirish. polimeri-
zatsiya sharoiti. Plastmassa asosga aylangan protez tuzilmasiga
ishlov berish va
yaltiratish. Qisman olib qo`yiladigan plastinkali tish protezidan foydalanish qoida-
lari. Bemorni protezga ko`nikish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: