203
Ammo o‘lim aniq bir yo‘nalishda sodir bo‘ladi, ya‘ni oldindan orqaga sezish
gradienti bo‘yicha , yoki gavdaning oldingi qismidan boshlanib o‘lgan qismi tirik
qismidan ajrala boshlaydi. Shunday holatni gidrada ham kuzatish mumkin.
Planariyada o‘lim bosh qismdan boshlanadi. Bunday qiziqarli holatni Chayld
fiziologik gradient faolligi mavjudligi bilan isbotlaydi. Metabolizm gavdaning
biror qismida qancha intensiv bo‘lsa, shuncha tezlik bilan ta‘surotlarga javob
beradi. Agar zahar konsentrasiyasi qancha kam bo‘lsa, Chayld fikricha , hayvon
shuncha tezlik bilan moslashadi, tez sog;ayib ketadi chayldning fizikaviy va
kimyoviy omillarning zaharlovchi ta‘siri ixtisoslashmaganligi, zaharli
moddalarning , yuqori haroratning , ultrabinafsha nurlarining ―zaharlash gradienti‖
bir hil ekanligi haqidagi muloxazalari ham muhumdir. Bu ma‘lumotlar albatta,
organizm bir butunligining alohida holatini ifodalaydi.
Chayldning gradient nazaryasining muhim qoidalaridan biri gavdaning turli
qismlari o‘rtasida son jihatdan farq bo‘lishi, ya‘ni hujayralar soniturlicha bo‘lishi
haqidagi qoidadir. Chayld va uning izdoshlari yuksak hayvonlar embrioni haqida
ham fikr yuritgan fiziologik gradientlarning embrion hujayrasi va to‘qimasidagi
differensiasiyani sifat o‘zgarishlari borguncha topish mumkin. Shundan keyin
fiziologik gradientni butun embrionda emas balki organlar hosil bo‘lishida kuzatish
mumkin . chayld nazaryasiga ko‘ra, gradient hujayra differensiasiyasi va
morfogenezigacha kuzatiladi. Ba‘zan tuxum hujayra gonadaga yoki folikulaga bir
tomoni bilan yopishgani uchun gradient paydo bo‘ladi. Chayldning ―Tuzilish
rejasi va rivojlanish muomolari‖ (1941)kitobida ko‘plab gradientlar haqida fikr
yuritilgan va ular aloqasining buzilishlarini sabablari tahlil qilingan.
Dostları ilə paylaş: