46
Urug‘don oval, aylana shaklda bo‘ladi. Uning yo‘lida kiprikli epiteliy
Hujayralari, tashqarisida muskullar joylasligan.
Jinsiy bursada urug‘ saqlovchi xalta, prostata bezi, urug‘ xalta, sirnis
joylashgan. Ba‘zi (urlarida jinsiy bursa yo‘q. Umuman, bursa jinsiy qo‘shilish
vaqtida urg‘ochi individni ushlab turish vazifasini bajaradi.
Urugchilik jinsiy organlari, nisbatan murakkab tuzilgan bo‘lib, ootipga
tuxumdon, laurerov kanali, melis tanachasi. sariqlik bezi, urug‘ qabul qiluvchi
xalta, bachadon (qin) ochiladi. Tuxumdon asosan bitta bo‘lib, oval, aylana shaklda
bo‘ladi. Tuxum yo‘li qisqa va voronkasimon bo‘lib, qisqaruvchi muskurdan iborat.
Bu muskullarning qisqarishi tufayli, tuxum ootipga chiqadi.Tuxum yo‘li kiprikli
epiteliy hujayralari bilan qoplangan.
Melis tanachasi juda ko‘plab bir hujayrali bezlardan iborat bo‘lib, uning
yo‘li ham ootipga quyiladi.
Laurerov kanali Ham ootipga quyiladi.Bu kanalning vazifasi Haqida2 xil
fikr bor: 1. Bu kanal qin vazifasini bajaradi. Chunki bachadon urug‘langan tuxum
bilan to‘lib, qo‘shilishga va spermatozoidning urug‘ xaltasiga o‘tishiga yo‘l
qo‘ymaydi. 2. Bu kanal ortiqcha sariqlik moddasini tashqariga chiqaradi. Chunki
ortiqcha sariqlik, tuxum hosil bo‘lishiga halaqit beradi.
Unig‘ qabul qiluvchi xalta, jinsiy qo‘shilgan paytda almashtirib olingan
spermatozoidni o‘zida saqlaydi.
Sariqlik bezi ichak atrofida joylashadi va ko‘plab alohida folekkulalardan iborat.
Sariqlik bezi juft, toq bo‘lishi mumkin. Sariq bezining yo‘li bilan sariqlik ootipga
chiqadi-Undan tuxum po‘st hosil bo‘ladi va bir qismi tuxum uchun ozuqa
hisoblanadi.
Bachadon uzun naysimon kanaldan iborat bo‘lib, ootipdan boshlanadi va
tashqi jinsiy teshik bilan tugaydi. Ootipdan boshlangan bachadon bir qancha
burilishlar hosil qiladi va shunday qilib uzayadi. Ba‘zi turlarida bachadon butunlay
bo‘lmaydi-Unda ootip metratermga, ya‘ni bachadonning oxiriga tutashadi. U
muskul bilan qoplangan bo‘ladi.
Trematodlarning bachadoni ikkita vazifani bajaradi: 1. Urug‘langan tuxumni
saqlaydi va yetilganlarini tashqariga chiqaradi. Shunday qilib, bachadon vazifasini
bajaradi. 2. Yosh individlarda spermani qabul qilish va urug‘ qabul qiluvchi
xaltaga o‘tkazisli, ya‘ni qin vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: