A
b
D
114
8-DARS:
HARFLI IFODALAR
Maqsad:
harfli ifoda tushunchasini, harfli ifodalarning o‘qilishi va yozi
-
lishini biladi.
Eslaymiz! Ko‘paytirish va bo‘lish amallariga
doir harfli ifodalar tuzishni,
ularning
yozilishi, o‘qilishini o‘rganamiz.
Masalan: a × 7, 9 × y, b ÷ 10, 18 ÷ x.
1.
Berilgan ifodalarni namuna asosida o‘qiymiz va yozamiz.
1) x va 4 ning ko‘paytmasi
2) y va 5 ning bo‘linmasi
Yozilishi: x × 4
Yozilishi: y ÷ 5
O‘qilishi: iks ko‘paytiruv to‘rt
O‘qilishi: igrek bo‘luv besh
3) 9 va a ning bo‘linmasi
4) 8 va b ning bo‘linmasi
Yozilishi: 9 ÷ a
Yozilishi: 8 ÷ b
O‘qilishi: 9 bo‘luv a
O‘qilishi: sakkiz bo‘luv b
2.
Berilgan topshiriqni og‘zaki bajaramiz. Harfli ifodalar qanday o‘qiladi?
Berilgan ifodalarning qaysilari harfli ifodalar? Ularni o‘qiymiz.
2 × a
2 va a ning ko‘paytmasi.
O‘qilishi: ikki ko‘paytirilgan a.
9 × b
9 va b ning ko‘paytmasi.
O‘qilishi: to‘qqiz ko‘paytirilgan b.
a ÷ 3
a va 3 ning bo‘linmasi.
O‘qilishi: a bo‘luv uch.
4 ÷ a
4 va a ning bo‘linmasi.
O‘qilishi: to‘rt bo‘luv a.
24 ÷ x + 76
24 va x ning bo‘linmasidan 76 ta ko‘p.
13 + y
13 va y ning yig‘indisi. O‘qilishi: 13 qo‘shuv igrek.
3.
Koptokcha
solingan qopcha-
larni sanaymiz. (8 ta)
Endi har bir
qopdagi koptokchalarni sanaymiz.
(3 tadan) Nechta guruhga bo‘lin
-
gan? (8 ta guruhga) Koptokchalar
qanday rangda? (qizil, yashil, ko‘k)
Topshiriqni birgalikda bajaramiz.
Ko‘paytirish va bo‘lish
amallari orqali
qiymatni topib yozamiz.
Dostları ilə paylaş: