SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH
International scientific online conference
286
XORIJIY DAVLATLARDA TEXNOLOGIYA FANINI O'QITILISHI
Sh.Kenjayev
Xorazm viloyati pedagoglarni yangi
metodikalarga o`rgatish milliy markazi
“Amaliy fanlar va maktabdan tashqari
ta`lim metodikasi kafedrasi mudiri
Annotatsiya:
Ma’lumki о’qituvchilik kasbi о’ta ma’suliyatli kasb bо’lib, turli
integratsion bilim va kо’nikmalarni talab etadi. Texnologiya fani о’qituvchisi kelajakda
о’quvchilarga bilim berish bilan birga ularda ma’lum kasb-hunarga oid kо’nikmalarni
shakllantiradi. Bunda berilgan buyumlarni tayyorlashda о’qituvchi yuqori malaka va kasbiy
mahoratga ega bо’lmog’i kerak. Ushbu natijaga erishish uchun bilim va kо’nikmalardan
tashqari о’qituvchining о’z sinalgan uslubi, ta’lim va tarbiya orqali о’quvchilarga ta’sir
о’tkaza olish qobiliyati bо’lishi lozim. Dars jarayonida о’quvchilarga bilim berish bilan
birga ularda mehnat qilish kо’nikmalarini о’stirish va mehnat orqali tarbiyalash
kо’nikmasiga ega bо’lishni o’quvchilarga muassasalarda shakllantirish lozimdir.
Kalit so’zlar:
kasb, integratsion bilim, texnologiya, fan, о’qituvchi, kasb-hunar,
malaka, kasb, mahorat, ta’lim, tarbiya, dars jarayon, mehnat.
Texnologiya fani darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik prinsiplarni
qо'llasada, uning о‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. О‘quvchilar bilish faoliyati bilan
emas, balki yaratish faoliyati bilan shug`ullanadilar. Texnologiya fani predmetlari, qurollari,
jarayonlari oddiy о`rganish obyekti sifatida emas, balkiо‘quvchilar ishlarini faollashtiruvchi
kо‘rsatmalilik vositasi, didaktik material, ta‘limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi.
Texnologiya fani о‘quv fani sifatida ana shu va boshqa xususiyatlarini о‘rgatadi.
Texnologiya fanini o‘rganish materiallar, ularning xossalarini o`rganishdan hamda
ushbu materiallarning xususiyatlaridan kelib chiqib ulardan turli buyumlar tayyorlashdan
iborat bo‘ladi. Ushbu jarayon o‘qituvchilardan texnologik bilimlarni qo‘llash, kreativ va
texnik fikrlash orqali tayyor buyumlarning sifat darajasini tahlil etish va o‘quvchilarga
kasbiy bilimlarni singdirishdan iborat. O‘quvchilarni yoshligidan mehnatga o‘rgatish
kelajak hayotlarida juda katta samara beradi. Bunda mehnat ko‘nikmalari bilan birga
o‘quvchilarda kreativlik, texnik bilimlar, kollektiv ijodkorlik kabi qobiliyatlarni ham
shakllantirish zarur.
Og‘zaki bayon qilish metodlarining turlari
Og‘zaki mashqlardan ta‘lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning
umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan
bog'liqdir. Shuningdek, og'zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni
o'rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya — o'qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki
qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo'li bilan ixcham, qisqa va
izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko'p jihatdan o'qituvchining nuqt mahorati,
SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH
International scientific online conference
287
so'zlarni o'z o'rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o'quvchilarning yoshi, rivojlanish
darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog'liq. Shu bois hikoya mazmuni
o'quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur.
Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Suhbat — savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi bo`lib, u fanda qadimdan
ma'lum, xatto undan o'z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta'lim
jarayonida ko'p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa
sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o'quvchida faollikni yuzaga keltiradi.
Suhbat o'qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich
egallashga imkon beradi.
Tushuntirish o'quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida
bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo'llaniladi. Undan odatda,
nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o'rganishda foydalaniladi. Tushuntirish
jarayonida o'quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko'zga tashlanadi va shu asosda
materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko'p hollarda o'qituvchining
ko'rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog'liq bo'ladi.
Ma'ruza — yirik hajmdagi o'quv materialini og'zaki bayon qilish metodi sanalib, uning
o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat'iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan
axborotlarning ko'pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma'ruzasi mazmunini
murakkab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog'lanishlari,
qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma'ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina
qo'llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma'ruza metodi
tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqtda
o'quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o'rgata boradi
Integratsiyalashgan ta‘limning o`ziga xos xususiyatlari
Intergratsiya» so‗zi lotincha integratio-tiklash, to‗ldirish, «integer» butun so‗zidan
kelib chiqqan. Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi:
birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‗liqlik
holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon; ikkinchidan,
tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish
jarayoni. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‗zaro
aloqadorlik va nihoyat o‗zaro bir-birini to‗ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda
chuqurlashtiruvchi, o‗quv predmetlari mazmunini eng kamida ta‘lim standartlari darajasida
sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir.Chunki predmetlararo
aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‗rganilayotgan o‗quv predmetlari doirasida
ma‘lum didaktik birliklar orasida o‗rnatilib, ularni o‗rganish mazmunini va muddatlarini
muvofiqlashtirishni ko‗zda tutadi, bundan farqli o‗laroq integrativ aloqadorlik asosida
tashkil etilgan o‗quv predmeti yoki integratsiyalab o‗rganilayotgan predmet, hodisa yoki
jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai
nazaridan talqin etishni talab etadi
Boshlang`ich sinf mehnat darslarida integratsiyalashgan ta‘limdan foydalanishning
metodik xususiyatlari
SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH
International scientific online conference
288
Integtatsiya atamasi, tadqiqodchilarning fikrlari
Integratsiya (lot. integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzi-dan) — 1)
sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini
hamda shun-day holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; 2) fanlarning
yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga kechadi; 3) 2 va undan
ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro muvofiqlashtirish va birlashtirish
Texnologiya va matematika, texnologiya va adabiyot,texnologiya va tarix
Texnologiya va jismoniy tarbiya, texnologiya va rasm,texnologiya va tabiat
Tarbiya nazariyasi
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning
mazmuni, usuli va tashkil e‘tish masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo
faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o‘z
qoidalarini asoslash uchun falsafa, e‘‘tika,e‘tsetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan
foydalanadi.Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy
asoslari, ta‘lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan u‘zviy bog‘langandir. Tarbiya jarayonida
kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy. ahloqiy, irodaviy e‘tsetik xislatlari
shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi.
Bola o‘sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mutsaxkamlashadi
Tarbiya qoidalari
Tarbiya qoidalari pedagogik ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil e‘tish
maqsadida foydalanaladigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Ta‘lim qoidalari
o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini
shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo
faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada e‘rishgan yutuqlarga
asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil e‘tishi, usullari va ularga qo‘yiladigan talablar shu
qoidalarda o‘z ifodasini topadi.Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin:-
tarbiyaning ma‘lum maqsadga qaratilganligi-tarbiyaning insonparvarligi-tarbiyaning hayot
va mehnat bilan bog‘liqligi-tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning
ustivorligi-o‘qituvchining yoshini va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish-izchillik,
tizimchilik, o‘zluksizligi
Texnologiya fani bizga talim tizimining yangi sohalariga qadam qo‘yishga bo`lgan
imkoniyatlar eshigini ochadi. Bunga yana yaqqol misol tariqasida mehnat talimi fani
texnologiya faniga o‘zgartirilganligidir. Buning asosiy sababi mehnat so‘zi keng ma‘no va
tushunchaga ega bo‘lib hozirgi texnika va texnologiyalar rivojlangan zamonamizga to‘g‘ri
kelmaydi. Texnologiya ta‘limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
joriy etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish lozim. Lekin bu sohada yuqori
darajaga erishish uchun eng avvalo moddiy-texnik baza zamon talablariga javob berishi
lozim.Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
-umumiy о‘rta ta‘lim maktablarida о‘qitiladigan amaldagi texnologiya fani mazmuni,
mustaqil hayotda qо‘llash imkoniyati bо‘lgan texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va
ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish uchun yetarli emas;
SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH
International scientific online conference
289
-texnologiya
fanini о‘qitishda metapredmet kompetensiyalar va fanlararo
bog‘liqlikning kamligi;
-texnologiya fani me‘yoriy hujjatlarida baholash mezonlarining faqat bitiruvchi
kompetensiyasi uchun ishlanganligi va darslik, ishchi daftar va о„qituvchi kitoblari,
multimedia ilovalari, didaktik materiallarning yetishmasligi;
-texnologiya fani mazmuniga mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika,
arduino kabi О‘zbekiston iqtisodiyoti rivoji uchun zarur bо‘ladigan elementlarning
kiritilmaganligi bо‘lajak maktab bitiruvchisi va mutaxassislarning kasbiy sifatlariga salbiy
ta‘sir kо‘rsatmoqda;
-о‘quvchilarda ta‘lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish uchun о‘quvchilarda
zamonaviy texnika, mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika sohasidagi
taktil kompetensiyalarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan jihoz va uskunalarning yetishmasligi;
-texnologiya fani moddiy-texnika bazasini eskirganligi, zamonaviy texnika va
texnologiyalar bilan jihozlanmaganligi hamda byudjetdan mablag‘ bilan ta‘minlash
bо‘yicha yetarli choralar kо‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmaganli;
Texnologiyaning jadal rivojlanishining birinchi davrida bunday bo'linish kuzatilmadi
va ilmiy adabiyotlarda asosan ixtirochilik faoliyati haqida so'z yuritildi. Hozirgi vaqtda
kashfiyot, ixtiro va ratsionalizatorlik taklifining ilmiy va amaliy bo'linmasi mavjud bo'lib,
ular nafaqat texnik ob'ektlarga nisbatan amalga oshiriladi. Shunday qilib, kashfiyot deganda,
ilgari noma'lum bo'lgan ob'ektiv mavjud bo'lgan mulk yoki hodisani o'rnatish tushuniladi.
Ishlab chiqarish, madaniyat va boshqalar uchun ijobiy ahamiyatga ega bo'lgan
muammoning yangi echimi deb nomlangan ixtiro.
Dostları ilə paylaş: |