fayl tipi va uzunligiga juda bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy holatda ma’lumotlarga dekompressiya
(manba ma’lumotlarini tiklash) uchun ma’lumotlar qo’shiladi. Shu sababli agar fayldagi
ma’lumotlar tanlangan
algoritmda yomon siqilsa, fayl hajmi hatto oshishi mumkin. Hatto
muvaffaqiyatli holda ham sifat yo’qotishsiz kompressiyaning darajasi uncha yuqori bo’lmaydi.
Ikki marta siqishning o’zi muvaffaqiyat. Shu sababli odatda video uchun sifat yo’qotish holati
qo’llaniladi, go’yoki ko’zga sezilmas ma’lumotlar tashlab yuboriladi. Siqish koeffitsiyenti
qancha yuqori bo’lsa, video sifati shuncha zarar ko’radi. Barcha siqish uslublari ba’zi sifat
yo’qtishlarga olib keladi. Hatto ular ko’zga sezilarli darajada bo’lmasada, manba va siqilgan
material orasida doim farq bo’ladi. Raqamli video bilan ishlashda professionallar siqish
koeffitsiyentiga alohida e’tibor qaratishadi. Uni asimmetrik
siqish koeffitsiyenti bilan
chalkashtirmaslik kerak.
Siqish koeffitsiyenti – bu siqilgan va manba videomaterial ob’yektlari o’rtasidagi nisbatning
raqamli ifodasi. Masalan, 181:1 koeffitsiyenti shuni bildiradiki, agar siqishdan so’ng olingan
videotasvir hajmini birga teng deb olsak, u holda original 181 marta katta hajmga ega bo’ladi.
Siqishda video sifati qo’llanilayotgan algoritmga bog’liq. Hozirgi kunda MPEG uchun standart
nisbat 200:1 hisoblanib, unda uncha yomon bo’lmagan video sifati saqlanib qoladi.
Motion-
JPEGning turli variantlari 5:1 dan 100:1 gacha koeffitsiyent bilan ishlaydi, garchi 20:1 darajada
normal sifatli tasvirga erishish qiyin bo’lsada.
Bundan tashqari, video sifati faqatgina siqish algoritmiga bog’liq emas, sifat raqamli videoplata
parametrlariga, kompyuter konfiguratsiyasiga va hatto dasturiy ta’minotga bog’liq bo’ladi.
Videotasvirlarni raqamlashtirish uchun plata tanlanayotganda raqamli video parametrlarini
boshqarish imkoniyatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Videolarni
raqamlashtirish va siqish
uchun mo’ljallangan yaxshi tizim videotizimning texnik va dasturiy qismlari uchun muhim
parametrlari ustida amallar bajara olishi kerak. Ko’pchilik hollarda videoning namoyish etish
tezligi (kadrlar chastotasi/s) hal qiluvchi qiymatga ega bo’ladi, lekin bunday hollarda to’liq
ekranli rejimda ishlashni rad etishga to’g’ri keladi. Boshqa hollarda esa sekundiga 15 kadrli
tezlik yetarli bo’ladi, lekin bunda kadrlar sifati ideal bo’lishi lozim. Videolarni raqamlashtirish
va siqish qurilmalari va dasturiy ta’minoti bu operatsiyalarni boshqara olishi kerak. Siqish
uslublari juda ko’pchilikni tashkil qilishiga qaramasdan videolarni
siqishning faqat MPEG
(MPEG-1, MPEG-2 va MPEG-4) xalqaro standarti tan olingan.
4. MPEG texnologiyasida potokli video siqish uslubi qo’llaniladi, bunda har bir kadr alohida
qayta ishlanmaydi, video fragmentlarning dinamik o’zgarishlari tahlil qilinadi va ortiqcha
ma’lumotlarni yo’qotish amalga oshiriladi. Ko’pchilik fragmentlarda tasvir foni yetarlicha stabil
qoladi, harakat esa oldingi fonda amalga oshiriladi. Shu sababli MPEG algoritmi siqishni manba
(kalit) kadrini yaratishdan boshlanadi. Qolgan tasvirlarni tiklashda tayanch kadr vazifasini
o’tagan holda ular navbati bilan har 10-15 kadrga ko’chirib boriladi.
Faqat ular orasida
joylashgan ba’zi tasvir fragmentlari o’zgarishga duch keladi. Aynan ana shu farq siqishda
saqlanib qoladi. MPEG-texnologiyasini qo’llash natijasida ba’zi sifat yo’qotishga olib kelsada,
200:1 dan ham yuqori siqish koeffitsiyentiga ega bo’lsih mumkin.
Videomontaj texnologik jarayonlari haqida
Shaxsiy kompyuterlarda videomontaj jarayoni hozirgi vaqtda uchta asosiy operatsiyani o’z
ichiga oladi: raqamlashtirish, raqamlashtirilgan videoni qandaydir axborot tashuvchida saqlash
va raqamlashtirilgan tasvirlarni dasturiy vositalar yordamida o’zgartirish.
Raqamlashtirish – bu analogli manba (masalan, videokamera) signalini raqamli shaklga
aylantirish hisoblanadi. Raqamli videokameradan foydalanilganda bu
operatsiyaga hojat
qolmaydi, chunki bunda raqamlashgan signalga ega bo’lamiz. Almashtirish aniqligi ikkita asosiy
xarakteristika: raqamlashtirish darajasi va diskretizatsiya chastotasiga bog’liq bo’ladi.
Raqamlashtirish darajasi deganda kiruvchi signallar bo’linadigan amplitudalar bo’yicha darajalar
soni tushuniladi. 256 darajaga bo’linganida ma’lumot yo’qotilmasligi aniqlangan. Diskretizatsiya
chastotasiga raqamlanayotgan tasvir razresheniyasi bog’liq bo’ladi. Masalan, 720x576
razresheniyeda diskretizatsiya chastotasi 13.5 MGsni tashkil qiladi.
Ikkinchi amal – raqamlangan tasvirning qaysidir axborot tashuvchida saqlanishi bo’lib, texnik
tomondan jarayondagi eng murakkab amal hisoblanadi. Buning uchun turlicha ma’lumotlarni
siqish texnik dasturiy uslublar qo’llaniladi.
Uchinchi amal – raqamlashtirilgan va siqilgan tasvir va ovozni dastiy vositalar yordamida
o’zgartirish bo’lib, bu jarayon yakunida olingan natijani qiyinchiliksiz axborot tashuvchilarda
saqlash mumkin bo’ladi. Bu amallar asosan kompyuter qurilmalari yordamida bajariladi.
43
Dostları ilə paylaş: