Xavfni kamaytirish va rentabellikni oshirishning bir qancha usullari mavjud.
Ularning ba’zilarini keltiramiz:
•
qo’shimcha ishchi kuchiga, bozorning ahvoli va xususiyatlari to’g’risidagi
axborotga, yetarlicha moliyaviy mablag’larga ega bo’lgan korxonalar orasida
sheriklar axtarish;
•
tor sohalarning qaysi birida xavf hammadan ko’p bo’lsa, o’sha sohada tashqi
maslahatchi- ekspertlar xizmatidan foydalanish;
•
xavfni oldindan bilish, tusmollash:
•
tor joylarni va xavf manbalarini aniqlab olish;
•
o’zini sug’urta qilish uchun korxona aylanma mablag’larining bir qismi
hisobiga zahira jamg’armasi tuzish;
•
biznesni va xodimlarni sug’urta qilish yo’li bilan xavfning bir qismini boshqa
shaxslar yoki tashkilotlarga o’tkazish.
Xejir (yo’qotishlardan saqlanish) qilish degan sug’urta shakli ham bor. Uning
mohiyati shundaki, aytaylik, xomashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan firma
kutilayotgan daromadlarining xavfini boshqa tomonga o’tkazish orqali sug’urta
qiladi. Xejirlashda sotuvchi (xaridor) fyuchers kelishuvi tuzish bilan ayni bir vaqtda
o’z savdosiga teng keladigan fyuchers shartnomalarini xarid qiladi (yoki sotadi).
Xejirlash tomonlar ko’radigan ehtimoldagi ziyonni kamaytirish imkonini beradi.
Tovar narxi o’zgarishi bilan ko’riladigan zarar fyuchers bo’yicha olinadigan yutuq
bilan qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: