Raqamli-iqt-3-mi pdf


Robototexnikaning foydalanish sohalari



Yüklə 82,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix21.12.2023
ölçüsü82,4 Kb.
#188776
1   2   3   4   5
raqamli-iqt-3-mi

3.Robototexnikaning foydalanish sohalari.
2017 yilda dunyoda robotlarning o rtacha soni har 10000 ishchiga 69 tani tashkil
ʻ
etdi. Robotlarning eng ko p soni Janubiy Koreyada - har 10000 ishchiga 531,
ʻ
Singapurda - 398, Yaponiyada - 305, Germaniyada - 301.
Ta’lim.
Robototexnika majmualari avtomatlashgan boshqaruv nazariyasi va mexatronika
sohasida zamonaviy yuqori texnologiyali tadqiqot vositasi sifatida ta’lim sohasida
mashhurdir. Ularning turli xil o rta maxsus kasbhunar va oliy ta’lim muassasalarida
ʻ
qo llanilishi ILERT singari AQSh va Evropa Ittifoqi o rtasidagi yirik qo shma ta’lim
ʻ
ʻ
ʻ
dasturining asosi bo lgan «loyihalarda o rganish» konsepsiyasini amalga oshirishga
ʻ
ʻ
imkon beradi. Muhandislik ta’limida robototexnika majmualarining imkoniyatlaridan
foydalanish bir vaqtning o zida qator o zaro aloqador fanlar: mexanika, boshqaruv
ʻ
ʻ


nazariyasi, sxemotexnika, dasturlash, axborot nazariyasi bo yicha kasbiy mahoratni
ʻ
qayta ishlash imkonini beradi. Murakkab bilimlarga bo lgan talab tadqiqot guruhlari
ʻ
o rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari,
ʻ
ixtisoslashtirilgan o qitish jarayonida talabalar real amaliy muammolarni hal qilish
ʻ
zaruratiga duch kelishadi. 
O quv laboratoriyalari uchun mashhur robototexnika majmualari sirasiga
ʻ
Mechatronics Control Kit, Festo Didactic, LEGO Mindstorms, fischertechnik kabilarni
kiritish mumkin. Moskvadagi Pedagogik mahorat markazi eng mashhur platformalar va
robot konstruktorlarini taqqosladi . 
Mobil robototexnik kasbi Rossiya Federatsiyasi Mehnat vazirligi ma’lumotlariga
ko ra eng ko p talab qilinadigan kasblarning TOP-50 ro yxatiga kiritilgan.
ʻ
ʻ
ʻ
Sanoat.
Ishlab chiqarishda robotlar bir necha o n yillar davomida muvaffaqiyatli ishlatilib
ʻ
kelinmoqda. Og ir, ko p energiya sarflaydigan, xavfli operatsiyalarni bajarishda robotlar
ʻ
ʻ
odamlarning o rnini muvaffaqiyatli egallamoqdalar. Robotlar charchamaydi, ularga dam
ʻ
olish, suv va ovqatlanish uchun tanaffus kerak emas. Robotlar yuqori ish haqini talab
qilmaydi va kasaba uyushmalarining a’zosi hisoblanmaydi.
Odatda, sanoat robotlari sun’iy ongga ega emas. Manipulyatorning bir xil
harakatlarni qat’iy dasturda takrorlashi odatiy holdir. 
Masalan, avtomobil zavodlarida robotlardan konveyer liniyalarida foydalanishda
katta yutuqlarga erishildi. Avtomobilsozlik sohasida avtomobillarni yig ish va yarim
ʻ
tayyor mahsulotlarni tashish bo yicha barcha jarayonlar robotlar tomonidan amalga
ʻ
oshiriladigan va odamlar ularni faqat nazorat qilidigan rejalar ishlab chiqilgan. 
Yadro va kimyo sanoatida odamlar uchun xavfli radioaktiv va kimyoviy muhitda
robotlar keng qo llaniladi. 
ʻ
Uchuvchisiz vertolyot va chaqmoqdan himoya qilish kabeli bo ylab
ʻ
harakatlanuvchi moslamadan iborat elektr uzatish liniyalari holatini avtomatlashtirilgan
diagnostika qilish uchun ham robot yaratilgan. 
Dunyoning barcha mamlakatlari sanoatida 2016 yilda 1,8 million dona robotlar
ishlatilgan va 2020 yilga kelib ularning soni 3,5 million donadan oshdi. 



Yüklə 82,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin