hamda bu ob’ektlar tuzilmasini qurish mantiqan muvofiq bo’lsa tabiiy tasniflash deb
ataladi.
SHunday qilib, yuqori sifatli tasniflashni olish uchun u qaralayotgan sohada
barcha ob’ektlar, ular ushbu sohasidagi munosabati va kelib chiqishi jarayonlari
maksimal darajada aniq aks ettirilish lozim. Faqatgina bunday holatlardagina
(standartlashtirish sohasi) tartiblashgan tuzilma elementlarini ifodalab, ya’ni uni
dunyo bo’yicha ifodalashni amalga oshirish mumkin.
3. Shtrix kodlashning xususiyatlari va qo’llanilishi
Ba’zan biror mahsulot xarid qilganimizda uning ko’rinarli
joyida yoki
etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni
ko’rishimiz mumkin. Ularga shtrix-kod nomi berilgan. Xo’sh, shtrix-kodlar nima va
qachon paydo bo’lgan?
SHtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi ilk bora 30-
yillarda AQSHning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo’lib, undan amalda
foydalanish bir necha o’n yillardan so’nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan.
SHtrix-kodlarni dastlabki qo’llovchilar temir yo’lchilar bo’lib, shu usul orqali temir
yo’l vagonlarini identifikatsiyalashgan. Mikroprotsessor texnikasining gurkirab
rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish
imkonini yaratdi. 1973 yil AQSHda Mahsulotning Universalь Kodi (IPC)
qabul
qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YeAN (European Article
Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa
mintaqalarda ham keng ravishda foydalanishmoqda.
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli,
turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo’lib, bu chiziqlarning o’lchamlari
standartlashtirilgan. SHtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida
o’qishga mo’ljallangan.
Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar
raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompьyuterga uzatiladi.
Ko’pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning o’ramida
(upakovkasida) shtrix-kodning bo’lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo
tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham
tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85
foizidan ko’pi kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo’ladi.
Bundan tashqari,
mahsulotga nisbatan bo’lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga
olish, mahsulotni kelish-ketishini hisob qilib borish, muxosiblik hisoblarida va
hujjatlarni rasmiylashtirishda, hamda mahsulotlarni
saqlash va sotuvidagi
nazoratlarni amalga oshirishda alohida o’rin tutadi.
O’zbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini
oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovarlarni raqamlashning xalqaro tizimlari
doirasida identifikatlashtirish, iste’molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab
chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar
Mahkamasi 1999 yil 21 sentyabrda № 438-sonli qaror qabul qildi. Bunga binoan
quyidagilar belgilangan:
"EAN International" tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi (Belьgiya)
tomonidan O’zbekiston Respublikasiga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi
berildi;
O’zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar
va tadbirkorlar palatasi
tomonidan xalqaro talablarga muvofiq, tovarlari YeAN shtrixli kodlari bilan
tamg’alanadigan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish hamda
tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar
faoliyatiga uslubiy
rahbarlik qilish uchun "EAN Uzbekistan" tovarlar va xizmatlarni avtomatik
identifikatlashtirish markazi tashkil etish belgilangan;
"O’zstandart" agentligi tomonidan shtrixli kodlarning original-
maketlarini tayyorlash markazi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi;
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli
kodlash tizimini joriy etish bo’yicha yagona siyosatni amalga oshirish yo’lga
quyildi;
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan
tovarlar shtrixli
kodlarining davlat reestrini yuritila boshladi;
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shtrixli kodlash
tizimi qo’llash tartibini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni va uslubiy
materiallarni ishlab chiqildi;
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarni turli
manbalardagi shtrixli kodlar original-maketlari bilan ta’mirlash funktsiyalari olib
borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O’zbekiston
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda "O’zstandart" agentligi
bilan birgalikda 1999 yil sentyabrь oyida Toshkent shahrida sanoat, qishloq xo’jaligi
va savdo korxonalari vakillarini ko’rsatib o’tilgan tizimni qo’llash
xususiyatlari
bilan tanishtirish uchun "O’zbekiston Respublikasida tovarni raqamlash (shtrixli
kodlash)" mavzuida respublika seminari o’tkazsin.
Mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslarga tovarlarni shtrixli
kodlashni:
Eksport qilinayotgan mahsulotlarni, yangi tovarlarni va ular uchun yangi
etiketkalar yoki o’rash-joylash buyumlari buyurtma qilinayotgan tovarlarni
tamg’alashi;
Boshqa barcha tovarlarni tamg’alashni joriy etish tavsiya qilindi.
Ushbu qarorda belgilab qo’yilganki, o’z mahsulotiga "EAN International"
shtrixli kodini uchinchi mamlakatlarda olgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari undan
ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: