Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan
tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo’lib, davlat kodidan keyin keladi.
Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi
va u ham beshta raqamdan
iborat bo’ladi. Bu kodning
rasshifrovkasi standart emas,
u mahsulotga taalluqli
bo’lgan muayyan hususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovining o’zigagina
ma’lum bo’lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib
raqamini ifodalashi ham
mumkin.
Nazorat soni EAN algoritmi bo’yicha kodni skaner vositasida to’g’ri
o’qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi.
EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bo’lmaydigan kichik o’ramlar
(upakovkalar) uchun mo’ljallangan ( 4-rasm). EAN-8
kodi quyidagi kodlar
tartibidan iborat:
davlat kodi ("davlat bayrog’i");
korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
nazorat soni.
Ba’zan, tayyorlovchi korhona kodining o’rniga mahsulotning qayd etish tartib
raqami keltirilishi ham mumkin.
Raqamlar
qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mo’ljallangan.
Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish
bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda
keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin. To’liq
shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo ob’ektlariga mahsulotning aniq
kelib chiqish rekvizitlari bilish va kerak bo’lsa mahsulotning kontrakt (shartnoma)
talablariga mos kelmaydigan parametrlari va ko’rsatkichlari borasida aniq manzilga
raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi.
O’zbekiston Respublikasida shtrix-kodlar tobora keng tadbiq etilib bormoqda.
1999 yili «O’zstandart» agentligi
qoshidagi standartlashtirish,
metrologiya va
sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot institutida shtrix-kodlar
masalalari bilan
shug’ullanuvchi markaz tashkil etildi. Ushbu markazning ta’sis etilishidan maqsad -
mahsulotlarni
avtomatlashtirilgan
tarzda
identifikatsiyalash
borasidagi
Четки штрихлар
Марказий штрихлар
Давлат
коди
Тайёрловчи
коди
Назорат сони
Dostları ilə paylaş: