ham ega bo‘lishi lozim. Ma’lum mavzular, obrazlar, tarixiy
qahramonlami xarakteriayotganda aktyorlik, o‘quvchilarda ushbu
xususiyatlami tarbiyalashda esa rejissyorlik malakalari zarur.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan kasbkorlik malakalari o‘qituvchining
o‘quv va maxsus fanlar bo‘yicha biliffilari, pedagogik mahoratni
egallashga intilish, o‘z kasbiga qiziqish va burch, hamda
ma’suliyatni his qilish asosida egallanadi. Va ular yoshlami
o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim
olish ishlariga yordam beradi. Masalan, nutq texnikasini, his -
tuyg‘u, mimik, pantomimik malakalari bilan qo‘shib olganda
amalga oshirish bunda so‘z, gap ohangi, qarash, imo - ishora bilan,
kutilmagan pedagogik vaziyatda osoyishtalik bilan aniq fikr
yuritish, tahlil qilish qobiliyatiga asoslansa maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Bu xususiyatlar pedagogning individual psixik fiziologik
fazilatlari asosida tarkib topadi. Individual; pedagogik texnika
o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l - atvori, sihat — salomatligi
va anatomik — fiziologik xususiyatiga bog‘liqdir. Shunday qilib,
o‘qituvchi - tarbiyachi o‘zida yuqoridagi malakalarni tarbiyalasa,
ularning mazmunini chuqur o‘zlashtirsa pedagogik texnikani
egallashning imkoni bo‘ladi va u o‘qituvchini pedagogik mahorat
sari yetaklaydi.
Dostları ilə paylaş: