Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
Bu savolga Prezidentimizning bir qator asarlari va chiqishlarida aniq javoblar mavjud. Birinchidan. eski tuzum parchalangan, yangi jamiyat hali to‘la qurilmagan bir sharoitda «iqtisodiyotni boshqarishni qo‘ldan chiqarib yuborish, uning taraqqiyotini o ‘z holiga tashlab qo‘yish mumkin emas»; ikkinchidan. bozor iqtisodiyotiga o'tish boshlangan davrda respublikamiz aholisining turmush darajasi nisbatan past, u o ‘zini o ‘zi himoya qila olmaydi. Bunday sharoitida davlat kerak, u o‘tish davrida aholi manfaatlarini himoya qilish uchun milliy daromadni qayta taqsimlash vositasida unga tayanch bo‘ladi; uchinchidan, bozor iqtisodiyotini qurish g‘oyat qiyin vazifa, ayniqsa, iqtisodiyoti nochor va tarkibiy tuzilmasi biryoqlama bo‘lgan mamlakatda. Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida «davlat islohotlar jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo‘lishi, islohotni izchillik va qat’iylik bilan amalga oshirish shart». Davlatning bu boradagi yetakchiligi shundaki, u yangi iqtisodiyotga tezroq va katta qiyinchiliklarsiz 1 I. Karimov O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida. . » T. 192— 193 —betlar
171
o‘tishga yordam beradi, islohotlaming asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, islohotlarni amalga osliirish dasturini tuzadi va ularni amalga oshirishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vositalarini belgilaydi. Islohotlar konsepsiyasi muallifi Islom Karimov bu masalada shunday qat’iy fikmi aytadi: «. . davlat islohot jarayonining barcha bosqichlarida yetakchi o ‘rinda turishi, bujarayonning markazida bo‘lishi shart». Darvoqe, bugun bu tamoyilning naqadar to‘g‘ri ekani M DH davlatlaridagina emas, butun dunyo miqyosida e ’tirof etilmoqda.