Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Qadimgi Gretsiya iqtisodiy ta’Iimotlari



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

4. Qadimgi Gretsiya iqtisodiy ta’Iimotlari
Qadimgi Gretsiyaning iqtisodiy ta ’limotlarini o'rganar ekanmiz, biz 
quldorlik tuzumini barpo bo‘lishi, rivojlanishi va parokandalikka uchrashi 
evolyutsiyasini yaqqol ko'rishimiz mumkin. Antik dunyo mamlakatlarida 
quldorlik klassik shaklda rivoj topgan bo‘lib, iqtisodiy g'oyalar ham o ‘sha 
davrda vujudga kelgan edi. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston)da ijtimoiy- 
iqtisodiy hayotning h am m a jab halarid a quldorlik bevosita ishlab 
chiqaravchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakllariga aylangan edi. 
Ishlab chiqarish quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borilar, qul asosiy 
ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanar edi. Bizgacha yetib kelgan yozma 
iqtisodiy-adabiy m anbalarni o ‘rganilishi shuni ko‘rsatdiki, ko‘pgina 
iqtisodiy g'oyalar, asosan, yirik aristokratiyaga xizmat qilishga, kuchli 
davlat barpo etishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Qadimgi Gretsiyada dastlabki iqtisodiy g‘oyalar Gomerning (er. av. X-
33


VIII asr) ilk iqtisodiy g‘oyalar kurtagi bo‘lgan «Iliada» va «Odisseya» 
poemalarida bayon etilgan. Unda, asosan, natural xo'jalik konsepsiyasi ilgari 
surilgan. Yunonshoiri Gesmad (er. av. VIII -VII asr)ning «Mehnat vaqonunlar» 
asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni 
ulug‘laydi, bu sohada qullar mehnati ishlatilishi ham m a’qul topiladi. U 
davrlarda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan edi.
Eramizdan awalgi V II-VI asrlarda polinoy (shahar) tizimi shakllandi. 
Qulchilik keng tus oladi, urug‘chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan 
siqib chiqariladi, savdo, sudxo‘rlik tez rivojlanadi. Ana shu bosqichda Solop 
(er. av. 640-559-yil) va Pisistrat (er. av. 560-527-yil ) islohotlari pul 
xo‘jaligining afzalligini ko‘rsatib berdi. Ular islohotda qulchilikning keng 
tarqalinishini chegaralash, qulni qarzga berishni tugatish masalalarini 
bayon qildilar. Bu davrda fuqarolar va fuqaro bo'lmagan aholini bir-biriga 
qarama-qarshi qo'yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni 
hunarmandchilik va savdo sohalarida ekspluatatsiya qilish, savdo va pul 
xo‘jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi.
Qadimgi iqtisodiy ta ’limotlarda grek olimlari Ksenofont, Platon va 
Aristotellaming о ‘m i va roli, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Ksenofont (er. av. 430-335-yil) yirik quldorlik sinfivakili, Afinaning 
badavlat aslzodalaridan hisoblanadi. U Afinada tug‘ilgan bo‘lsa ham 
demokratik Afina quldorligi tarafdori emas, balki Sparta tuzumi, ya’ni 
qattiqqo‘l quldorlik tuzum i tarafdori edi. Uning birinchi iqtisodiy asari 
«Ekonomiya» (ekonomikos-uy qurilishi) bo‘lib, mazmuni (oykonomiya, 
«oykos»- uy xo‘jalik va «nomos»-qonun, qoida) tom m a’noda uy xo‘jaligi 
to ‘g‘risida qoidani bildiradi. Keyinchalik, bu asar quldorlik xo‘jaligini 
boshqarish uchun qo‘llanma boidi. Unda xo‘jalikni unumli yuritish g‘oyasi 
ilgari surildi, uv xo‘ialiei masalasi fan sifatida o'rganildi.
K senofont uy x o ‘jaligini unum li yuritish deganda, asosan, pul 
jamg'arishni tushunadi. U «
Shunday yashash kerakki, doimo ortiqcha
mahsuloting bo ‘Isin»
deydi. Xo‘jalik foydaligini esa u turli narsalami sotish 
va sotib olish bilan bog‘laydi, jumladan, nonni, quldorlik plantatsiyalarini 
va boshqalami sotib foyda ko‘rishni quwatladi. Ksenofontning qarashlarida 
quldorlik tuzum ida ayirboshlash m unosabatlarining natural shakli 
evolyutsiyasi o ‘z aksini topdi.
K senofont d eh q o n ch ilik va h u n arm an d ch ilik h aqida gapirib, 
dehqonchilikni «eng asosiy hunar»
deb baholaydi. «Ozod insonlar 
dehqonchilikda boshqarish bilan shug‘ullansin, oddiy mehnatni esa qul 
bajarishi kerak», - deydi. U «Dehqonchilik insonlarni yaqinlashtiradi,
34


birodarlashtiradi» deyish bilan birga, hunarmandchilikning boshqa turlariga 
no to ‘g‘ri yondashadi. U ningcha, boshqa hunarlar vaqtni ko‘p olib, 
insonlarni bir- biridan uzoqlashtiradi.
Ksenofont qullar haqida, quldorlar aristokratiyasi vakili sifatida
qullarga «gapiruvchi qurol» sifatida qaraydi. Shu bilan birga, qullarni 
ishlatishda ikki omil birligini ta ’minlashga da’vat etdi: 

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin