Rezonator
Rezonator
(
lotincha
: resonare — akssado
bermoq) — rezonans hodisasi sodir
boʻladigan tebranma tizim. R.ga tashqi
oʻzgaruvchan kuch taʼsir etganda unda
majburiy tebranishlar hosil boʻladi. R.ning
akustik, elektromagnit va boshqa
xillarimavjud. Oddiy akustik R. — tor,
kamerton, membrana va boshqa Oddiy
elektromagnit R. tebranish konturidir.
Oʻta yuksak chastota (109— 10" Gs)
diapazonida berk (hajmiy) R.lar,
millimetrli, submillimetrli va optik
radiotoʻlqinlar diapazonida ochiq R.lar
ishlatiladi. Koʻzgular tizimidan iborat R.
optik, kristall plastinkalardan iborat R.
kvars R. deb ataladi. R. musiqa
asboblarida, kup texnik qurilmalarda
qoʻllaniladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Dostları ilə paylaş: |