Toshkent arxitektura qurilish instituti


  Tomoshalarni namoyish etish kompleksi xonalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 


222 
Tomoshalarni namoyish etish kompleksi xonalari. 
Teatr 
binosining 
funksional-rejali 
yechimining 
asosiy 
maqsadi –
tomoshabinlar spektaklni tomosha qilishi va o‘zlashtirishi hamda ijodiy jamoa 
spektaklni tayyorlashi va namoyish etishi uchun qulayliklar kompleksini 
yaratishdan iboratdir. 
Tomosha zalining sig‘imini, teatr turi va vazifalariga bog‘liq holda, 
quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi: 
dramatik teatr – 500-800 o‘rinli; 
musiqa-dramatik teatr – 500-1000o‘rinli; 
musiqali komediya teatri – 800-1200 o‘rinli; 
opera va balet teatri – 1200-1500 o‘rinli. 
Teatrlarning boshqa sig‘imlari loyihalash topshirig‘i bilan belgilanadi. 
Tomosha zalining maydoni bir o‘rin uchun 0,7 m
2
hisobidan qabul qilinadi. 
Tomosha zalining maydoni (balkon, loja va yaruslarni ham qo‘shib hisoblaganda) 
sahna, sahna oldi yoki orkestr o‘rasining to‘suvchi konstruksiyalari chegarasi bilan 
belgilanadi. 
Teatr tarixida teatr tomoshalarini tashkil etishning ikkita tizimi shakllangan: 
ochiq 
va
chuqur
. Antik davrlarda shakllangan birinchi tizimda tomoshabinlar va 
sahnadagi voqealarni yagona zalda birlashtiriladi. Bunda tomoshabinlar sahnaning 
uch tomonida joylashadilar. Renessans va barokko davrlarida shakllangan ikkinchi 
tizimda sahnadagi voqealar tomosha zalidan portal ramasi bilan ajratiladi. Bugungi 
kunda sahnadagi voqealarni namoyish etishning yangi shakllarini yaratishga 
qaratilgan izlanishlar natijasida tezkor transformatsiyalarni bajarish texnikasiga 
asoslangan ko‘plab uslublar qo‘llanilmoqda. 
Portal yoki chuqur sahna. 
Chuqur sahnada namoyish etilayotgan spektakl tomoshabin tomonidan aynan 
tomosha sifatida qabul qilinadi, sahnadagi voqealar boshqa muhitda, tomosha 
zalidan ajratilgan “boshqa dunyoda” kechadi. Portal sahna va tomosha zali 
o‘lchamlari va shaklini belgilovchi parametr sifatida o‘yin maydonchasining 
o‘lchamlari xizmat qiladi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, dramatik spektakllarning 


223 
faol ko‘rinishlari kengligi 8 metrdan 14 metrgacha, chuqurligi 5 metrdan 10 
metrgacha bo‘lgan maydonchada ro‘y beradi. Balet ishtirokidagi musiqali 
teatrlarda o‘yin maydonchasining o‘lchamlari 12x12 metrdan kam bo‘lmasligi 
zarur. Dramatik teatrdagi portal kengligi 10-14 metrga, opera va balet teatrda esa –
14-16 metrga teng bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin