116
Yuqorida ko‘rsatilgan turkumdan tashqari yo‘lakli va galereyali xonadonlar
loyihasi ham qo‘llaniladi. Bunday sharoitda ikki qavatga bir xonadan joylashtiriladi.
Bir qavatga joylashgan yo‘lakli xonadonlarga nisbatan bunday xonadonlarda yelvizak
masalasi oson yechiladi, hamda to’g‘rima - to‘g‘ri shamollatish hal bo‘ladi, bulardan
tashqari xonadonlar ikki tarafga qaragan bo‘ladi. Bu bilan oriyentatsiya masalasi ham
hal bo‘ladi. Bu xildagi uylarning qurilishida hech qanday qarshilik yo‘q. Ammo bu
turkum faqat ko‘p xonali xonadonlar uchun qulaydir. Yo‘lakli uylarda xonadonni 2
qavatga joylashtirish yo‘lakni ancha qisqartirishga va iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka
olib keladi (5.7-rasm).
Dostları ilə paylaş: