Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 62,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix22.12.2023
ölçüsü62,97 Kb.
#190279
1   2   3   4   5   6
abu-rayhon-beruniyning-qadimgi-xalqlardan-qolgan-yodgorliklar-asaridagi-ayrim-tarixiy-antroponimlarning-leksik-semantik-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
1270 
Keyin Daqlityonus tarixi keladi. U sanamlarga ibodat qiluvchi Rum 
podshohlarining oxirgisidir. Podshohlik unga o‘tgach, uning avlodida qoldi
8

Batlimus 
(Klavdiy Ptolomey – qadimiy grekcha ptolomos – urush, jang 
ma’nolarini beradi.) 
– 
mashhur yunon astronomi va geografi. 168-yillarda vafot etgan. 
127 – 151-yillarda Iskandariya shahrida kuzatishlar olib borgan. Bu nom Beruniyning 
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida uchraydi. 
Endi aytamanki: Quyoshning burjlar falakidagi harakati ulkulga qarshi harakat 
qilib, qaysi nuqta bo‘lsa ham uning harakatining boshlangan joyi deb faraz etilgan 
nuqtaga qaytib kelgunicha o‘tgan muddatga yil deyiladi. Yil to‘rt fasl-bahor, yoz, kuz, 
qishni va ularning to‘rt xil tabiatlarini o‘z ichiga olib, qayerdan boshlangan bo‘lsa, 
shu yerda tamom bo‘ladi.
Bu aylanish Batlimus fikricha, [tez yo sust emas], bir-biriga tengdir, chunki u 
Quyosh avjida [hech qanday] harakat topmagan. Ammo Batlimusdan boshqa 
Sindhindga ergashuvchilar va shu davrdagi ba’zi [astronomlar] fikricha, 
Quyoshning aylanishi bir-biriga teng emas, chunki ularning kuzatishida Quyosh avji 
uchun harakat topilgan. Quyosh aylanishining teng yoki noteng bo‘lishidan qat’iy 
nazar, yillar to‘rt fasl va ularning tabiatlarini tamom o‘rab oladilar
9

 Batlimusning ma’nosi “askar” demakdir
10

Qollib (
Kalipp – qadimgi grekcha chiroyli ot, tulpor ma’nosni beradi

– 
eramizgaca III asrda yashagan yunon astronomi. U 940 qamariy yil uchun 441 
“noqis” va 499 “to‘la” kunlardan iborat 76 yillik davrani taqdim etgan. Birichi davra 
boshlanishi eramizgacha 330 yil hisoblanadi. Qollib davrasidan Batlimus ham 
o‘zining “al Mujastiy” asarida foydalangan, ammo u oy va kunlarni Misr kalendari 
bo‘yicha belgilagan. . Bu nom Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar” asarida uchraydi.
Bu Qallib davrlarini bilmaydigan kishi “Al Mijastiy” kitobida bayon etilgan 
davrlarni ko‘rib, ularni qibtiy davrlari deb, dalil keltiradi
11

Ibbarx 
(Gipparx – qadimgi grekcha) eramizgacha II asrda yashagan buyuk 
yunon astronomi. U ham yil sikllarini hisoblagan va uniki Qollibnikidan aniqroq 
bo‘lgan. Bu nom Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida 
uchraydi. 
U davrlarning har biri yetmish olti Quyosh yildir. Bu Qallib davrlarini 
bilmaydigan kishi “Al Mijastiy” kitobida bayon etilgan davrlarni ko‘rib, ularni qibtiy 
davrlari deb, dalil keltiradi; chunki Ibbarx va Batlimus kuzatish vaqtlarini, qibtiy 
8
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.65. 
9
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.46. 
10
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.66. 
11
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.63. 



Yüklə 62,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin