Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizik



Yüklə 104,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.12.2023
ölçüsü104,8 Kb.
#190406
  1   2   3   4
MT№3NabiyevX dav1



1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIK
KAFEDRASI 

1-son Davolash fakulteti 1-kurs d23-08-guruh talabasi Nabiyev Xikmatillo 
Azizullo o‘g‘lining “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan 
“Adobe Photoshop dasturida filtrlar bilan ishlash ” mavzusidagi bajargan 
 
MUSTAQIL ISHI 
 
Qabul qildi: Otaxonov Polvon 
 
Toshkent-2023


2
MUNDARIJA 
Kirish ………………………………………………………………………. 3
Asosiy qism ………………………………………………………………… 6 
Xulosa ……………………………………………………………………… 12 
Mavzu bo‘yicha test savollari ………………………………………………. 15 
Glossari ……………………………………………………………………… 17 
Qisqartma so‘zlar ……………………………………………………………. 17 
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………... 17 


3
KIRISH 
Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng 
ommobop yo‘nalishlardan biri bo‘lib bormoqda. Hozirda bu yo‘nalish bilan hatto 
professional rassom va dzaynerlar ham shug‘ullanmoqda. Kompyuter grafikasi- 
kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashhur yo‘nalishlardan biri. 
Kompyuter grafikasisiz har qanday zamonaviy multimediya dasturi ish yurita 
olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda ko‘pgina tasvir va bezak ishlari grafika 
dasturlari orqali amalaga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik 
dasturlar keng qo‘llanila boshlandi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib 
borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu 
sohaning hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo‘nalishlarni tinmay 
o‘rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o‘zgarishlar 
(siljishlar) yuz berdi, ya`ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o‘zida aks ettira 
oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, 
grafik ish majmualari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini 
kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi. 
Hozirgi kunda kompyuter grafikasi asosan uch turga bo‘lib o‘rganiladi: 
rastrli grafika; 
vektorli grafika; 
fraktal grafika. 
Ular o‘rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o‘tish usulidan iborat. 
Shuningdek ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib 
chiqarilishi bilan farqlanadi. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli 
qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo‘ylab bir marta chopib o‘tadi, uning izi esa 
ekranda keyinga buyruq berilguncha saqlanib qoladi. Vektorli grafikaning asosiy 
elementi – chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi 
navbatda tasvirlarni yaratishga mo‘ljallangan. Vektorli grafika muxarrirlariga misol 
qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flashlarni keltirish mumkin. 


4
Ushbu dasturiy vositalarda ishlangan rasmlar nuqtalar koordinatalari hamda ushbu 
nuqtalardan o‘tuvchi chiziqlar hamda vektorlar formulalaridan iborat bo‘ladi. 
Vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar logotip, illyustratsiyalar va zastavkalar 
yaratishda foydalaniladi. 
Vektorli grafika- shrift va oddiy geometrik elementlarni qo‘llash imkoniyatini 
beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Vektorli grafikadagi 
ma’lumotlar operativ xotirada kam joy egallaydi. Masshtablash jarayonida obyektlar 
o‘zining xususiyatini yo‘qotmaydi. Murakkab ob’ektlarni vektorli grafikada 
ularning o‘lchamini kattalashtirib ko‘zdan kechirish mumkin. Vektorli grafikada 
tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo‘ladi. Chiziqlar va shakllar 
majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli 
grafikada tasvirni hosil qilish bo‘yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-
kitoblarni kompyuter bajaradi. Vektorli grafika dasturlarida yangi tasvirlar 
yaratiladi, lekin shu bilan birgalikda, ularga rastrli tasvirlarni ham qo‘shish imkoni 
bor. Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xosslarini 
o‘rganish tashkil etadi. Ma`lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x,y) koordinatasi bilan, 
to‘g‘ri chiziq uning kanonik ko‘rinishi y=kx+b (bunda k va b ixtiyoriy sonlar) da, 
kesma esa mos ravishda boshlang‘ich va oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi. 
Egri chiziqlar ham mos ravishda o‘z tenglamalariga ega. Vektorli grafika asosan 
illyustratsiyalar yaratish uchun yo‘naltirilgandir. Vektorli grafika reklama 
agentliklarida, loyixalash byurolarida, nashriyotlarida va boshqa joylarda keng 
qo‘llaniladi. Rastrli (nuqtali) grafika deb - bir xil o‘lcham va yacheykalarga ega 
bo‘lgan nuqtalar (piksellar) to‘plami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga 
aytiladi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan ko‘pgina grafik muxarrirlar 
asosan tasvirlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Rastrli grafika muxarrirlariga 
misol qilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni keltirish mumkin. Ushbu 
dasturlarda rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bulib mozaika holatida 
rasmni xosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan 
rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. Rastrli grafika – multimediya va 


5
poligrafik nashrlarni yaratishda keng qo‘llaniladi. Rastrli grafika vositasi asosida 
yaratilgan tasvirlar kamdan-kam holatda kompyuter dasturlari orqali qo‘lda 
yaratiladi. Ko‘proq bu maqsadda tasvirlar skanerlanadi. Rastrli tasvirning asosiy 
elementi bu nuqta xisoblanadi. Agar tasvir ekranli bo‘lsa, u holda bu nuqta piksel 
deb ataladi. Tasvirning o‘lchami bilan uning imkoniyati o‘zaro bog‘liq. Bu parametr 
nuqta-dyumga nisbatan o‘lchanadi. 
Yuqorida takidlangandek, rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - piksellardan 
tashkil topgan bo‘lib, har bir piksel alohida rangga ega bo‘ladi. Ular majmuasi esa 
yaxlit tasvirni tashkil etadi. Foydalanuvchi har bir pikselga ishlov berish imkoniga 
ega bo‘ladi, tasvirdagi piksellar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, tasvir shunchalik yuqori 
sifatli bo‘ladi. Tasvirdagi piksellar zichligi DPI (Dot Per Inch - dyumdagi nuqtalar 
soni) deyiladi, ya'ni bir dyumda (1 dyum=2,54 sm) nechta nuqta joylashganligini 
belgilaydi. Gazeta va boshqa ro‘znomalarda mazkur ko‘rsatkich odatda 150 dpi, 
rangli jurnallarda 300 dpi, fotosurat va kompozisiyalarda 600-1200 dpi tashkil etadi. 
Ekranda tasvirlanadigan rasmlar uchun esa 72 dpi sifat ko‘rsatkichi yetarli 
hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, mazkur ko‘rsatkichni belgilash yoki tanlashda 
ratsional yondashuvdan kelib chiqish kerak, chunki har bir nuqta xotirada bir bit 
(agar tasvir oq-qora bo‘lsa) joy egallaydi va ular tasvirda ko‘payganida tasvirning 
xotirada egallaydigan hajmi ancha katta bo‘ladi. Hozirgi kunda sodda va murakkab 
rastrli grafika tahrirlash dasturlari mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - 
Windows operasion tizimi tarkibiga kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy 
amallarni bajarish imkonini beradi, lekin professional darajadagi imkoniyatlardan 
foydalanish uchun maxsus rastrli grafik muharrirlaridan foydalanish kerak bo‘ladi: 
Adobe Photoshop, Corel PhotoPaint va hokazo. 
Adobe Photoshop muharrirlari hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo 
mutaxassislari tomonidan tan olingan. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng 
imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar 
va tizimlar bilan ishlashi. 


6
Fraktal grafika – bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. 
Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz xar-
xil tasvirlarni olish mumkin. Fraktal grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalarga 
misol qilib MathCad, MathLab, Maplelarni keltirish mumkin. Fraktal grafika - bu 
tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan 
dasturlar asosida qurishdir. Fraktal grafika odatda o‘yin dasturlarini yaratishda 
ko‘proq qo‘llaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar yordamida quriladi. 
Bunda tenglama koeffitsientlarini o‘zgartirish yordamida har xil rasmlarni olish 
mumkin. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‘lib, uning vektorli grafikadan 
farqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. 
Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun 
ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar 
o‘zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi. Fraktal grafika matematik 
hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo‘llaniladi. Shuning 
uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli 
tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli 
qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo‘llaniladi 
Mavzu:
Adobe Photoshop dasturida filtrlar bilan ishlash. 
Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari mavjud. Sodda 
grafik muharrirlardan biri - Windows operasion tizimi tarkibiga kiruvchi Paint 
dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish imkonini beradi, lekin 
professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish uchun maxsus rastrli grafik 
dasturlaridan foydalanish kerak bo‘ladi: Adobe Photoshop, Corel PhotoPaint va 
hokazo. Adobe Photoshop dasturi hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo 
mutaxassislari tomonidan tan olingan dastur hisoblanadi. Buning asosiy sabablari - 
uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha 
grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi. Adobe Photoshop tasvir tahrirlagichi 
yordamida fotosuratlarga ko‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog‘larni o‘chirish va 
eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus 


7
samaralar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elyemyentlarni ikkinchi fotosuratga olib 
o‘tish, suratdagi ranglarni o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop 
imkoniyatlari kyeng qamrovli bo‘lib, u gazyeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar 
bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. Adobe Photoshopда tasvirni import 
qilish - skaner, raqamli fotoapparatdan kiritish, boshqa formatdagi rasmlarni kiritish 
(bmp, jpg, png, tif, gif va boshqalar); Tasvirni tahrirlash - o‘zgartirishlar kiritish, 
ranglar bilan bo‘yash, chizish, o‘chirish,13 yorqinlik va aniqlik darajasini 
o‘zgartirish; Rang rejimini o‘zgartirish; chop etish; boshqa nom va formatda 
saqlash; har xil effektlarni qo‘llash; tasvirdagi ranglarni turli usullarda filtrlash 
imkoniyatlari mavjud. 
Bosh oynaning elementlari. 
Demak, Adobe Photoshop tahrirlagichini o‘rnatdingiz va ro‘yxatdan samarali o‘tib, 
birinchi marta uni ishga tushirdingiz. Ekranda dasturning asosiy oynasi hosil bo‘ladi. 
Oynaning markazida asosiy ish bajariladigan hujjat o‘rni mavjud bo‘lib, unda grafik 
fayl ishga tushiriladi. Ushbu interfeys Adobening barcha tahrirlagichlari uchun 
standart hisoblanadi va Photoshopda interfeysdan foydalangandan so‘ng esa, shu 
firmaning boshqa dasturlarini o‘rganishda olingan ko‘nikmalarni qo‘llash mumkin. 
Photoshop tahrirlagichidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lsangiz, boshqa 
dasturlar bilan ham ishlay olmaysiz va natijada uni o‘rganish mushkul ko‘rinadi. 
Aslida hecham qiyin emas – balki bir necha vaqt o‘tgandan so‘ng Photoshop 
muhitida ishlashni o‘rganib olasiz. 
Adobe Photoshop dasturi haqida ma’lumot 
Adobe Photoshop Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 
bo‘lib, rastrli grafikada tahrir qiluvchi, foydalanishdagi alohida qulayliklari bilan 
mashhur bo‘lgan dasturdir. Adobe Photoshop tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga 
qo‘shimchalar kiritish, ulardagi dog‘larni o‘chirish va eski rasmlarni qayta ishlash 
va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir 
fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosurtaga olib o‘tish, surtdagi ranglarni 


8
o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Agar siz tanlaydigan soha chegaralari juda 
murakkab bo‘lsa u holda uni Filtr menyusining Vichitanie (Izvlech -Extract) 
buyrug‘i yoki Alt+Ctrl+X yordamida tanlab olishimiz mumkin. Buni misolda 
ko‘rish uchun quyidagi rasmdan foydalanamiz. 
Ushbu buyruq tanlangandan keyin quyidagi oyna hosil qilinadi va unda qalam 
yordamida soha chegaralari bo‘yab chiziq chizamiz. Keyin ekrannnig chap 
tomonidagi “paqircha” tasvirli tugmani tanlab, soha ichini rang bilan bo‘yaymiz. 


9
Olingan sohani ko‘rish uchun Prosmotr (Preview) tugmasini bosamiz. Agar 
ajratilgan soha bizga ma’qul bo‘lsa, u holda OK tugmasi bosiladi, aks holda 
Otmena tugmasini bosiladi. 
Adobe Photoshop dasturni ochib, yangi fayl yaratamiz. Buning uchun Fayl 
menyusida Sozdat (Yaratish), yoki klaviaturadan CTRL+ N tugmalarini bosamiz. 
Paydo bo‘lgan so‘rov oynada yangi fayl nomini va uning o‘lchamini ko‘rsatamiz: 


10
Fayl nomi (Imya): Sher 
Tasvir eni (Shirina): 800 
Tasvir balandligi (Visota): 600 
Rasm sifati (Razpeshenie): 72 
Rang holati (Svetovoy rejim): RGB 
Orqa rang (Soderjimoe fona): Prozrachniy 


11
Endi Fayl menyusining Otkrit buyrug‘i yordamida sher rasmi tasvirlangan 
faylni ochamiz. 

Birinchi guruh 
tugmalari yordamida; 


12

Ikkinchi guruh 
tugmalari yordamida; 

Uchinchi guruh
tugmasi yordamida; 

To‘rtinchi guruh esa 

Yüklə 104,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin