Jek London
Ayol kishining mardligi
(hikoya)
Ko‘zlari ma’yus mo‘ltiragan bo‘rikalla it chodir etagini u yoq
-by yoqqa surib, qirov
bosgan tumshug‘ini ichkari suqdi.
–
Ey, Sivash! Yo‘qol
-
e, padaringga la’nat! –
deb qichqirdilar norozilik bilan
chodirdagilar baravariga. Bettlz tunuka lagancha bilan itning tumshug‘iga
tushirdi, itning boshi bir zumda g‘oyib bo‘ldi. Lui Savoy eshik o‘rnini
o‘taydigan chodirning brezent to‘sig‘ini bostirib qo‘ydi
-
da, oyog‘i bilan qizib
turgan tovani ag‘darib, unga qo‘lini tutib isita boshladi.
Sovuq juda qattiq edi. Ikki kun ilgari spirtli termometr oltmish sakkiz gradus
sovuqni ko‘rsatdi
-yu, paqqa yorilib ketdi. Sovuq borgan sari kuchayib borardi.
Bunday sovuqlar qachongacha davom etishini aytib bo‘lmasdi. Shunday v
aqtlarda
issiq pechkadan uzoqda bo‘lishni va jon achituvchi muzday havodan nafas olishni
dushmaningga ham ravo ko‘rmaysan, kishi! Mana shunday sovuqda ham
tashqariga chiqishga jur’at qilgan dovyuraklar ham topilib qoladi, lekin buning
oqibati o‘pkani sovuq
oldirishga olib boradi; kishini quruq va kuchli yo‘tal bo‘g‘a
boshlaydi, yaqin orada yog‘ qizitilsa, yo‘tal ayniqsa kuchayadi. Keyin bahorga yoki
yozga borib esa muzlagan yerni portlatib, go‘r qaziydilar. Murdani go‘rga
qo‘yadilar va ustini chim bilan yop
ib, shu holicha qoldiradilar. Bu murda sovuqda
yotib to qiyomatgacha bus-butun saqlanib qoladi deb chin yurakdan ishonadilar.
Qiyomatda odamning tirilishiga ishonmaydigan skeptiklarga o‘lish uchun
Klondaykdan tuzukroq joyni tavsiya qilish qiyin, albatta. Lekin bundan Klondaykda
yashash ham yaxshi ekan degan xulosani chiqarib bo‘lmaydi.
Palatkaning ichi tashqaridagidek sovuq bo‘lmasa ham, juda issiq ham emasdi.
Chodir ichida uy jihozi desa bo‘ladigan birdan
-
bir narsa pechka bo‘lganidan,
hamma uning atrofiga
to‘plangan edi. Chodir ichidagi joyning bir qismiga qarag‘ay
shoxlari solingan, osti qor shoxlarning ustiga yana yung odeyallar to‘shalgan.
Chodirning boshqa bir tomonida, mokasinlar bilan bosilgan qor ustida dekcha,
tova va qutb manzilida zarur bo‘lgan bo
shqa narsalar sochilib yotardi. Qip-qizil
cho‘g‘ bo‘lib ketgan pechkada o‘tin chars
-churs qilib yonib yotar, lekin undan
nihoyati uch qadam narida muz parchalari yotardi; ular shunday qattiq ediki,
xuddi hozirgina daryo yuzidan o‘yib keltirilgandek. Tashqaridan g‘irillab sovuq kirib
turganidan palatkadagi hamma issiq yuqoriga ko‘tarilardi. Pechkaning qoq
yuqorisida, shipning mo‘ri chiqadigan joyida bir parcha quruq brezent oqarib
ko‘rinadi. Undan narida brezent nam bo‘lib, undan bug‘ chiqib turibdi. Undan h
am
yuqoriroqda jiqqa ho‘l brezentdan suv tomchilab turardi. Palatka shipining qolgan
qismini va devorlarini bir enlik oppoq qypyq qirov qoplagan.
–
A-a-ax! O-o-ox. Voy-voy-vooy!
–
deb ingrab yubordi uyqusida jun odeyalga
o‘ralib yotgan yigitcha. Uning oriq va so‘lg‘in yuzini soqol bosgan. U
uyqudan uyg‘onmay turib og‘riqdan borgan sari battar ingrardi. Odeyaldan
chiqib turgan gavdasining yarmi xuddi tikanak ustida yotgandek bezovtalik
bilan to‘lg‘anayotgani ko‘rinib turardi.
–
Qani, uni yonboshiga ag‘darib qo‘y
ing-chi!
–
deb buyurdi Bettlz.
–
Yana
tutqanog‘i tutib qoldi.
Shunda oltita o‘rtog‘i bir bo‘lib kasalning to tutqanog‘i o‘tguncha shafqatsiz
ravishda u yoqdan-
bu yoqqa ag‘dardilar, ezdilar va kaltakladilar.
–
Padariga la’nat shu qorli yo‘llarning! –
deb ming
‘irladi yigit va ustidan
odeyalini olib tashlab, turib o‘tirdi. –
Uch qishgacha surunkasiga ulkaning
boshdan oyog‘ini kezib chiqdim —
jismoniy jihatdan ko‘nikkan bo‘lishim
kerak edi axir! Endi mana shu la’nati o‘lkaga kelib ko‘rsam, sovuqqa dosh
berolmaydi
gan allaqanday xotinchalishlarga o‘xshagan nozik ekanman.
U pechkaga yaqinlashib moxorka o‘ray boshladi.
–
Meni hadeb g‘ingshiyveradigan odam ekan deb o‘ylamanglar! Yo‘q, men
har qanday sharoitga ham bardosh bera olaman. Lekin hozir uyatga qolib
o‘tiribman, ko‘rmaysizmi. Ko‘p bo‘lsa o‘ttiz mil yo‘l bosgandirman. Mana
endi xuddi shahar atrofiga sayrga chiqib besh mil yo‘l bosib kelgan bemorga
o‘xshab hammayog‘im qaqshab ketyapti, kasal bo‘lib o‘tiribman! Shunday
ham bemazagarchilik bo‘ladi
- mi!.. Kimda gugurt bor?
–
Qizishma, yigitcha!
–
deb Bettlz gugurt o‘rniga kasalga cho‘g‘ tutdi va
nasihatomuz davom etdi.
–
Seni kechirsa bo‘ladi, hamma ham shunday
sinovlardan o‘tadi. Charchagansan, qiynalgansan! Birinchi qilgan sayohatim
hali esimdan chiqqani yo‘q. So‘log‘im
o‘ynab ketgan! Muzni yorib ichasan
-
da, o‘rningdan turguncha ancha urinasan. Bo‘g‘in
-
bo‘g‘inlaring bo‘shashib
ketadi, suyaklaring shunday sirqirab og‘riydiki, ba’zan aqldan ozay deysan.
Tomir tortishini aytmaysanmi? Ba’zan shunday tortib qoladiki, qaddimni
rostlaguncha butun manzil yarim kungacha ustimda o‘lib bo‘ladi! Hali
yoshsan, ammo, barakalla, tirishqoq, o‘t yigit ekansan! Jussang ham joyida,
asosiy masala shunda: senda ortiqcha yog‘ yo‘q, o‘shani deb ko‘pgina
sog‘lom yigitlar vaqtidan oldinroq narigi
dunyoga safar qiladilar.
–
Yog‘ning ortiqligidanmi?
–
Ha, ha. Kimning suyaklari ko‘proq yog‘ va go‘sht bilan qoplangan bo‘lsa, yo‘l
azobiga bardosh berolmaydi.
–
Buni bilmas ekanman!
–
Bilmas edingmi? Bu rost gap, shubha qilmasang ham bo‘ladi. Shunday
devqomat od
amlar bo‘ladiki, ular bir zumda o‘z zo‘ravonliklarini
ko‘rsatishlari mumkii, lekin chidamga kelganda, qayda deysan. Bunday
odamlardan umid qilma! Serpay, ozg‘in odamlargina pishiq bo‘ladi. Itning
og‘zidan suyakni tortib olsang olasanki, ular yopishgan nars
ani tortib
ololmaysan. Yo‘q, semiz odamlar bu ishga yaramaydi.
–
Haq so‘zni gapirding, –
deb so‘zga aralashdi Lui Savoy. –
Men qo‘tosdek
baquvvat bir kishini bilardim.
Shimoliy chashma tomonda yerlar bo‘linib, qoziq qoqilayotganda, haligi yigit Lyun
Mak-Feyn
bilan birga o‘sha tomonga jo‘nadi. Lon esingdami? Kichkina sariq
irlandiyalik, hamma vaqt iljayib yurardi. Ular yo‘lga tushibdilar, bir kecha
-kunduz
yo‘l bosibdilar. Haligi semiz odam holdan toyib, qorga yotib olavergan. Nozikkina
irlandiyalik uni turg‘azsa, sudrasa, u xuddi chaqaloqdek yig‘lar emish. Shu tarzda
butun yo‘l bo‘yi Lon uni sudrab, qistab borgan va men turgan manzilga olib
kelgan. Mening uyimda u uch kungacha ko‘rpa
-yostiq qilib yotdi. Erkak kishi shu
qadar xotinchalish bo‘ladi deb sira o‘ylamagan edim. Ortiqcha yog‘ mana shunday
yomon oqibatlarga olib keladi.
–
Aksel Gunderson-chi?
–
deb so‘radi Prins. O‘sha skandinaviyalik devqomat
yigit va uning fojiali o‘limi yosh muhandisga juda ta’sir qilgan edi. –
U anavi
tarafda, allaqayerlarda yotibdi… –
deb Prins qo‘lini noaniq silkib, sirli sharq
tomonni ko‘rsatdi.
–
Yirik odam edi, Sho‘r Suv sohillaridan bu yerlarga kelib, bug‘u ov qilgan
odamlar ichida eng yirigi edi,
–
deb qo‘shib qo‘ydi Bettlz. –
Lekin u boyagi
gapimizni tasdiqlovchi istisno edi. Uning xotini Unga esingdami? Uning
badanida bir misqol ham ortiqcha yog‘ yo‘q, turgan
-bitgani pay edi. U
eridan ham mardona edi. Ana o‘sha xotin boshiga tushgan barcha
og‘irchilikka chidadi, faqat erini o‘ylar edi. Eri uchun desang, u hech
narsadan ham bosh tortmas edi.
–
Nima bo‘libdi shu bilan, Unga erini yaxshi ko‘rar edi
-da,
–
deb qo‘ydi
muhandis.
–
Gap unda emas, axir! U xotin…
–
Menga qaranglar, birodarlar,
–
deb oziq-ovqat solingan yashik ustida
o‘tirgan Sitka Charli gapga aralashdi. –
Siz bu yerda baquvvat, s
og‘lom
odamlarni zaif qilib qo‘yadigan ortiqcha yog‘ haqida, xotinlarning mardligi
va sevgi haqida gapirdinglar; yaxshi suhbat qurdinglar. Men hozir bir erkak
bilan bir ayolni esladim. Ularni hali bu yerlar kam o‘zlashtirilgan, odamlar
yoqqan gulxanlar osm
ondagi yulduzlar kabi siyrak bo‘lgan zamonlarda
uchratgan edim. Erkak gavdali, sog‘lom edi, lekin unga hali siz ortiqcha yog‘
degan narsa xalaqit berardi, shekilli. Xotin esa nozikkina, lekin uning yuragi
katta edi, buqaning yuragidek keladigan erkakning yuragidan ham kattaroq
edi. O‘shaning uchun ham u ayol juda mardona edi. Biz Sho‘r Suv tomonga
bormoqda edik, yo‘l og‘ir, achchiq covuq, qalin qop va ochlik bizning
yo‘ldoshimiz edi. Lekin bu xotin erini buyuk muhabbat bilan sevardi —
bu
sevgini faqat shunday deb atash mumkin.
Sitka jim qoldi. U bolta bilan oldida yotgan muzdan bir necha bo‘lagini chopib oldi
-
da, pechka ustida turgan tunuka novga tashladi
—
shu yo‘l bilan ular ichish uchun
suv tayyorlar edilar. Erkaklar yaqinroq surildilar, kasal yigit esa tutqanoqdan keyin
badani qattiq og‘rimasin uchun zo‘r berib o‘ng‘ayroq o‘tirib olishga tirishar edi.
–
Birodarlar,
–
deb davom etdi Sitka,
–
mening tomirlarimda sivashlarning
qizil qoni oqib yotibdi, lekin yuragim oq tanli odamlarnikidan. Birinchisi
—
otalarimning aybi, ikkinchisi do‘stlarimning yaxshiligidan. Hali yosh bola
ekanimdayoq ko‘zlarim achchiq haqiqatni ko‘rdi. Men hamma yer sizlarniki
ekanligini, sivashlar oqlarga qarshi kurashmoqqa quvvati kelmasligini,
qoplar orasida xuddi ayiq va bug‘ular
singari o‘lib ketishini angladim. Ana
shundan keyin issiq joyga kelib, sizlarning o‘rtangizdan, sizning o‘chog‘ingiz
oldidan joy oldim-
da, siz bilan aralashib ketdim. Men o‘z umrimda ko‘p
narsani ko‘rdim. Men g‘alati narsalarni ko‘rdim, turli qabila odaml
ari bilan
ko‘p yo‘llarni bosib o‘tdim. Odamlar va qilingan ishlar haqida siz kabi hukm
yuritib, siz kabi o‘ylay boshladim. Shuning uchun ham, agar men biror oq
odam haqida yomon gap gapirsam, mendan xafa bo‘lmasligingizni bilaman.
Bordi-yu, otalarim qabila
sidan biror kishini maqtaydigan bo‘lsam, siz: «Sitka
Charli
—
sivash, uning ko‘zlari haqiqatni ko‘rmaydi, uning tili yolg‘on
so‘zlarni aytyapti», deb aytmaysiz. Shundoq emasmi?
Tinglovchilar g‘o‘ng‘illab, uning so‘zini tasdiq qildilar.
–
U ayolning oti Passu
k edi. Men uni o‘z qabilasidan yaxshigina pulga halol
sotib oldim. Bu qabila suvi sho‘r bir ko‘rfazga yaqin joyda, sohilda yashar
edi. Xotin ko‘nglimga yoqmasdi, ko‘zlarim unga qarashni istamasdi, uning
ko‘zi doim yerga tikilgan, yot kishining qo‘liga tush
ib qolgan va ilgari bu
odamni hech ko‘rmagan hamma qizlar singari tortinchoq va qo‘rqoqday
ko‘rinar edi. Men aytganimdek, bu xotin yuragimdan joy ololmadi. Lekin
men uzoq safarga hozirlanayotgan edim, menga itlarimni boqadigan,
daryoda suzganimda eshkak tortishadigan bir yordamchi kerak edi. Bir
ko‘rpaga ikki kishi ham sig‘averadi, shuning uchun men Passukni tanladim.
U vaqtlarda hukumat xizmatida edim deb aytdim shekilli? Shuning uchun
ham meni chanalar, itlar va oziq-ovqat zaxiralari bilan birga harbiy kemaga
oldilar; Passuk ham men bilan birga edi. Biz shimol tomonga, Bering dengizi
muzliklari tomon yo‘lga chiqdik. O‘sha yerda bizni —
meni, Passukni va
itlarni kemadan tushirdilar. Hukumat xizmatchisi bo‘lganimdan menga pul,
o‘sha yerning hali odam qadam b
osmagan joylarning xaritalarini va xatlarni
berdilar. Xatlar yaxshilab muhrlangan va qor-
yomg‘irdan saqlash uchun
yaxshilab o‘ralgan edi. Men bu xatlarni buyuk Makkenzi daryosiga yaqin
joyda muzlar orasida qolgan kit ovlovchi kemalarga yetkazishim kerak edi.
Daryolarning onasi bo‘lgan bizning Yukonni hisobga olmaganda, dunyoda
Makkenzidan kattaroq daryo yo‘q.
Lekin gap bunda emas, chunki kit ovlovchi kemalarning ham, Makkenzi daryosi
sohillarida men o‘tkazgan qahraton qishning ham hozir so‘zlab beradigan
hi
koyamga hech qanday aloqasi yo‘q. Bahor kelib, kunlar uzayib qolgandan keyin
Passuk ikkovimiz janubga, Yukon sohillariga jo‘nab ketdik. Bu juda og‘ir sayohat
bo‘ldi, lekin quyosh bizga yo‘lni ko‘rsatib turdi. Hali aytganimdek, bu tomonlar u
vaqtda bo‘m
-
bo‘
sh, kimsasiz joylar edi. Biz daryoning oqimiga tushib olib goh
tayoq, goh eshkak yordami bilan suzib ketaverdik va axiri Qirqinchi Milga yetib
bordik. Yana qaytib oq tanlilarning oq yuzlarini ko‘rish biz uchun quvonchli edi. Biz
sohilga tushdik.
O‘sha qish
juda sovuq bo‘ldi. Sovuq bilan birga ochlik ham kelib yetdi.
Kompaniyaning agenti odam boshiga qirq qadoqdan un va yigirma qadoqdan
go‘sht berdi, xolos. Loviya mutlaqo yo‘q edi. Itlar doim zorlanib uvillashar,
odamlarning qorni qapishib, yuzlarini ajin bosib ketdi. Baquvvat odamlar
zaiflashar, zaiflar o‘lardi. Qishloqda tsinga avj oldi.
Bir kuni kechqurun biz do‘konga bordik va bo‘sh peshtaxtalarni ko‘rib, qorinlarimiz
battar ochdi; biz sham yoqmay o‘choqqa yoqilgan o‘t yorug‘ida asta suhbatlashib
o‘tirdik
, chunki sham bahorga qadar tirik qoladigan odamlar uchun saqlab
qo‘yilgan edi. Biz o‘zimizning qanday og‘ir ahvolda qolganimizni bildirish uchun
Sho‘r Suvga biror kishini yuborish kerak degan qapopga keldik. Shunda
odamlarning hammasi menga qarashdi, ular mening tajribali sayohatchi ekanimni
bilishganidan menga umid bilan qaradilar.
–
Daryo sohilidagi Xeys missiyasi bu yerdan yetti yuz mil joyda,
–
dedim men,
–
butun yo‘lni chang‘i bilan bosish kerak. Menga eng yaxshi itlaringizni va
eng yaxshi ovqatlaringizni bersangiz, mayli boraman. Passukni birga olib
ketaman.
Odamlar rozi bo‘lishdi. Lekin shu vaqt gavdali, baquvvat amerikalik yigit —
Novcha
Jeff o‘rnidai typdi. U maqtanib gapirdi. U: «Men ham juda yaxshi yura olaman,
men xuddi chang‘ida yurish uchun yaratilganman, ona qo‘tosning sutini ichib katta
bo‘lganman, –
deb arz qildi.
–
Men ham birga boraman, agar yo‘lda halok
bo‘lsang, men missiyaga borib, topshiriqni bajaraman», dedi u. Men u vaqtda
ancha yosh edim, yankilarni yaxshi bilmasdim. Maqtanchoqlik bilan aytilgan
gaplar zaiflikning birinchi belgisi ekanini, katta ishlar qo‘lidan keladigan odam tilini
tiyib yurishini u vaqtlarda qayoqdan ham bilay! Shunday qilib, biz eng yaxshi
itlarni va yaxshi ovqatlarni olib, Passuk, Novcha Jeff va men uchovimiz yo‘lg
a
tushdik.
Hammamiz ham chang‘ida qop orasidan yo‘l ochishimiz kerak bo‘ldi, muzlab
qolgan chanalarni o‘rnidan siljitishimiz va muz to‘siqlarini yorib o‘tishimiz kerak
edi. Shuning uchun men yo‘l qiyinchiliklari haqida ko‘p gapirib o‘tirmayman. Lekin
shuni
aytayki, ba’zan biz o‘n mil yo‘l bosdik, ba’zi kunlari esa o‘ttiz mil yo‘l bosdik.
O‘n mil yo‘l bosgan kunlarimiz ko‘proq bo‘ldi. Eng yaxshi deb bergan ovqatlari
uncha ham yaxshi emas edi, bundan tashqari yo‘lga tushgan kundan boshlab
ovqatni tejab sarfla
sh lozim bo‘ldi. Eng yaxshi itlar zo‘rg‘a yurishar, biz esa ularni
kuch bilan chana tortishga majbur qilar edik. Biz Oq daryoga borib yetganimizda,
uchta chanamizdan ikkitasi qoldi, biz esa bor-
yo‘g‘i endi ikki yuz mil yo‘l
bosgandik. To‘g‘ri, biz hech narsa yo‘qotmadik: o‘lgan itlar tirik qolganlariga ovqat
bo‘ldi.
Pelliga yetib kelgunimizcha na inson tovushi-
ni eshitdik, na biror o‘choqdan
ko‘tarilayotgan tutunni ko‘rdik. O‘sha yerda men ovqat zaxiramizni ko‘paytirib
olamiz, yo‘lda zaiflashib qolgan va tinmay zorlanib, ming‘illab kelayotgan Novcha
Jeffni o‘sha yerda qoldirib ketamiz deb o‘ylagan edim. Lekin Pelli faktoriyasining
omborlari deyarli bo‘sh edi; kompaniyaning agenti qattiq
-
qattiq yo‘talar, nafasi
siqar, bezgakdan ko‘zlari yonardi. U bizga missionerning bo‘shab qolgan uyini va
qabrini ko‘rsatdi. O‘likni itlar qazib yeb ketmasin deb, qabr ustiga tosh qo‘yib
qo‘yibdilar. Biz u yerda bir to‘da hindularni ko‘rdik, lekin ular o‘rtasida bolalar va
chollar yo‘q edi; ularning ko‘pchiligi bahorgacha tiri
k qolmasligi ayon edi.
Shunday qilib, qornimiz och, ma’yus holda yo‘lga tushdik. Xeyns missiyasiga qadar
qop sahrosi va sokinlik dengizidan yana besh yuz mil yo‘l bosishimiz kerak. Yilning
eng qorong‘u paytlari, hatto tush paytida ham quyosh janubiy ufqni
yoritmaydi.
Lekin yo‘limizda muz to‘siqlari endi kam uchrardi, shuning uchun yo‘l yurish ancha
osonlashdi. Men itlarni to‘xtovsiz olg‘a haydar edim. Biz deyarli dam olmasdan
yo‘l bosardik. Aytganim to‘g‘ri chiqdi —
biz hamma vaqt chang‘ida yo‘l bosdik.
Cha
ng‘ida yurishdan esa oyoqlarimiz zirqirab og‘rir edi. Oyoqlarimiz yorilib va yara
bo‘lib ketdi. Kun sayin bu yaralar bizga battar azob berardi. Bir kuni ertalab
chang‘ilarni oyoqqa bog‘layotgan edik, Novcha Jeff xuddi yosh bolaga o‘xshab
yig‘lab yubordi. Men uni kichik chanalarga yo‘l ochish uchun oldinga yubordim,
lekin u yengil bo‘lsin deb chang‘ilarini olib qo‘ydi. Shuning uchun yo‘lning qori
bosilmay, u mokasinlari bilan yo‘lni o‘ydim
-chuqur qilib boraverdi, itlar esa
chuqurlarga tiqilib qolardilar. Itlar shu qadar oriqlab ketgan edilarki, juni ostidan
suyaklari turtib chiqib turardi. Ular g‘oyat qiyinchilik bilan qadam bosardilar. Men
Jeffni rosa so‘kib berdim. U chang‘ilarni endi yechmaslikka va’da berdi, lekin
so‘zida turmadi. Shunda men uni qamchi bi
lan tortib yubordim, shundan keyin
itlar qorga botmaydigan bo‘ldi. U xuddi chaqaloqqa o‘xshar edi —
yo‘l azobi,
undan keyin hali sen aytgan ortiqcha yog‘ uni kichkina bolaga aylantirib qo‘ygandi.
Passuk-
chi! Erkak kishi gulxan oldida yig‘lab yotgan paytlar
da, Passuk ovqat
pishirar, ertalab itlarni qo‘shishga, kechqurunlari esa chanadan chiqarishga menga
yordamlashardi. Itlarimizni Passuk omon saqlab qoldi. U hamma vaqt oldinda
borar va itlarga yo‘l ochib berardi. Passuk… nima desam bo‘ladi! Men u vaqtda
ham
ma narsaga odatdagi bir ish deb qarab, hech narsa ustida o‘ylamasdim. Fikrim
boshqa narsalar bilan band edi, buning ustiga, men u vaqtda hali yosh edim,
xotinlarni bilmasdim. Faqat so‘ngroq, o‘sha vaqtlarni esga olib, xotinim qanday
ajoyib odam ekanini anglab yetdim.
Jeff endi bizga faqat ortiqcha yuk bo‘lib qoldi. Itlar holdan toyganligini bila turib,
orqada qolgan paytlarda yashirincha chanaga yotib olardi. Passuk itlarni o‘zi
boshlab bordi, Jeffga ortiq hech qanday ish qolmagan edi. Men har kun ertalab
uning ovqatini halol bo‘lib berar edim. Uning bir o‘zi oldinga ketib qolar, biz esa
narsalarni yig‘ishtirib chanalarga ortar va itlarni chanaga qo‘shar edik. Tush
paytlarida quyosh xira nur socharkan, biz uning orqasidan yetib olar edik: u
yig‘lab
-
siqtab sudralib borar, ko‘z yoshlari esa yuzida muz bo‘lib qotib qolardi. Biz
esa undan o‘tib ketaverar edik. Kechalari biz tunash uchun to‘xtaganimizda,
Jeffning haqini olib qo‘yar va joyini solib berar edik. Bizni osonlik bilan topsin deb,
katta gulxan yoqardik. Bir necha soatdan keyin u oqsoqlanib yetib kelar, ming
vohlar bilan ovqatini yer, keyin uyquga ketardi. Har kuni ahvol shu. U kasal emas,
charchagan, qiynalgan va ochlikdan zaiflashgan edi-ku! Shunga qaramay, hamma
ishni biz qilardik, u esa hech ish qilmasdi. Hamma gap Bettlz amaki aytgan
ortiqcha yog‘da bo‘lsa kerak; axir biz hamma vaqt uning ovqatini halollik bilan
berib bordik.
Bir kuni biz yo‘lda, Oppoq Sokinlikda daydib yurgan ikki ko‘lankaga duch keldik —
bular bir erkak bilan bir bola edi. Ular oq tanlilar edi. Le-
Barj ko‘lida muz ochilib,
ularning hamma narsasi suvga cho‘kib ketibdi, ikkisining yelkasida bittadan odeyal
qolibdi, xolos. Kechasi ular o‘t yoqib, ertalabgacha o‘t oldida yotisharkan. Ularning
ixtiyorida bir oz un bo‘lib, unni iss
iq suvga qorib ichishar ekan. Erkak menga sakkiz
chashka un ko‘rsatdi. Bor ovqatlari shu ekan, ocharchilik boshlangan, Pelligacha
esa hali ikki yuz mil yo‘l bosishlari kerak. Yo‘lovchilar, biz bilan bir hindu
kelayotgan edi, biz qo‘limizdagi ovqatni halol bo‘lib berdik, lekin u orqada qolib
ketdi, deyishdi. Men bunga ishonmadim, agar ular ovqatni insof bilan taqsimlagan
bo‘lsalar, nima uchun u orqada qolib ketadi?
Men ularga hech narsa berolmadim. Ular bizning eng semiz itimizni o‘g‘irlamoqchi
bo‘lishdi (eng semiz itimizning o‘zi ham juda oriq edi), lekin men revolver o‘qtalib
qo‘rqitdim va jo‘nab qolishlarini maslahat berdim. Keyin ular xuddi mast
kishilardek sandiroqlab yo‘lga tushdilar va Pelli tomonga qarab, Oppoq Sokinlik
ichiga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘
ldilar.
Endi mening ixtiyorimda uchta it bilan bitta chana qoldi; itlarning ham eti borib
ustixoniga yopishgan edi. O‘tin oz bo‘lsa, o‘t yomon yonadi, uyning ichi ham sovuq
bo‘ladi, biz ana shunday sharoitda yashardik. Biz juda oz ovqat yerdik, shuning
uchun ham covuq bizni jon azobiga solardi; yuzlarimizni sovuq urib, shunday
qorayib ketgan ediki, mehribon onamiz ham bizni tanib ololmagan bo‘lardi.
Oyoqlarimiz qattiq og‘rirdi. Ertalab yo‘lga tushganimizda, qichqirib yuborishimizga
oz qolardi
—
chang‘ilar oyog‘imizni shu qadar og‘ritardi. Passuk lablarini qisib,
tishini tishiga qo‘yib, oldinda borar va bizga yo‘l ochib berardi. Yanki esa hali ham
zorlanib, sudralib borardi.
O‘ttiz millik daryo tez oqadi, ba’zi joylarda suv muzni yuvib ketgan, yo‘limizda muz
ustiga suv toshgan, muz yorilgan, ba’zan muz ustini yoppasiga suv qoplagan joylar
ham uchrardi. Bir kuni biz ancha ilgari yo‘lga tushgan Jeffni odatdagidek quvib
yetdik. U dam olib o‘tirar ekan. Ikki oraliqda suv yoyilib yotibdi, u muz parchalari
ustidan a
ylanib o‘tgan, lekin chanalar muz parchasi ustidan yurolmaydi. Biz katta
bir muz parchasini topdik. Passuk yiqilib tushsam kerak bo‘lib qolar deb, qo‘liga
uzun tayoq ushlab oldi-
da, muz ustiga birinchi bo‘lib qadam qo‘ydi. Passuk yengil,
chang‘ilari enli e
di
—
u eson-
omon o‘tib oldi
-da, itlarni chaqirdi. Lekin itlarda
tayoq ham, chang‘i ham bo‘lmaganidan suvga ag‘darildilar, oqim ularni olib ketdi.
Men chananing orqasidan mahkam ushlab tortdim, lekin qayishlar uzilib ketib,
itlar muz ostida g‘oyib bo‘ldi. I
tlar juda oriqlab ketgandi, lekin men ular bizga bir
haftalik ovqat bo‘lar deb o‘ylagan edim —
mana endi ular ham asfalasofilinga
ketdi!
Ertasi kuni ertalab men qolgan butun oziqlarni bab-
baravar qilib uchga bo‘ldim
-
da, Novcha Jeffga: «Biz bilan ketasanmi, orqada qolasanmi
—
o‘zing bilasan,
bizning yukimiz endi yengillashdi, shuning uchun endi biz tez yuramiz», dedim. U
oh-
voh qila boshladi, yara oyog‘i va boshqa qiyinchiliklarni ro‘kach qilib zorlandi,
yomon do‘st ekansan deb, mendan ginaxonlik qildi. Pass
ukning oyoqlari ham,
mening oyoqlarim ham unikidan qattiqroq og‘rirdi, chunki biz itlarga yo‘l ochib
borardik, bizga ham qiyin edi. Novcha Jeff o‘lsam ham shu yerdan qimirlamayman
deb qasam ichdi. Passuk indamay jun odeyalni oldi, men esa bolta bilan dekchani
ko‘tardim
-
da, yo‘lga tushmoqchi bo‘ldik. Lekin xotinim Jeffga ajratib qo‘yilgan
ovqatga qaradi-da: «Mana bu chaqaloqqa shuncha ovqatni qoldirib ketish
ahmoqlik bo‘ladi. Yaxshisi, u o‘lsin», dedi. Men bosh chayqadim: «Do‘st hamma
vaqt do‘st bo‘lib qolad
i», dedim. Shundan keyin Passuk Qirqinchi Mildagi
odamlarni esimga soldi
—
ular haqiqiy erkaklar, ular ko‘pchilik, ular sendan
yordam kutib yotibdilar, dedi. Men yana «yo‘q», degan edim, Passuk belimga
qistirilgan revolverni oldi, shundan keyin Novcha Jeff, boya Bettlz amaki
aytgandek, ajalidan besh kun oldin bobolarining oldiga ravona bo‘ldi. Men
Passukni urishdim, lekin u qilgan ishiga po‘shaymon ham bo‘lmadi, qayg‘u ham
chekmadi. Ichimda Passuk haq ekanligini e’tirof qildim.
Sitka Charli jim qoldi va pechka ustidagi tunuka novga yana bir necha parcha muz
tashladi. Erkaklar indamay o‘tirar edilar. Itlar xuddi dahshatli sovuqdan
zorlanayotgandek mungli-mungli uvillashardi. Ularning uvillashidan odamlarning
badani jimirlab ketardi.
–
Har kuni yo‘l ustida haligi ikki ko‘lankaning tunagan joylarini uchratib
bordik. Ular to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri qor ustida yotib qolaverganlar. Sho‘r Suvga
yetib olgunimizcha hali bunday tunashni orzu ham qilib qolarmiz deb
xayolimdan o‘tkazardim. Keyin biz uchinchi ko‘lanka —
hinduni ham
uchratdik, u ham Pelliga borardi. Uning aytishiga qaraganda, erkak bilan
bola unga ovqatni kam berib, insofsizlik qilganlar, mana uning tamom
bo‘lganiga uch kun bo‘libdi. Kechalari u mokasinidan tilib olib, qaynatib yer
ekan. Endi mokasinidan ham deyarli hech narsa qolmabdi. Bu hindu dengiz
sohilidan ekan, men u bilan Passuk orqali gaplashdim. Passuk uning tiliga
tushunardi. U hech qachon Yukonda bo‘lmagan, yo‘lni ham bilmas ekan,
shunga qaramay o‘sha tomonga qarab borardi. Yo‘l uzoqmi? Ikki kunlikmi?
O‘n
kunlikmi? Yuz kunlikmi? U bilmas ekan, lekin Pelliga qarab ketmoqda
ekan. Orqaga qaytish juda ham uzoq, shuning uchun u faqat olg‘a qarab
borayotgan ekan.
U bizdan ovqat so‘ramadi, chunki o‘zimizning ahvolimiz ham qiyin ekanligini u
ochiq ko‘rdi. Passuk ni
ma qilishini bilmay, xuddi bolalari-ning boshiga kulfat
tushgan qirg‘ovul onadek, goh hinduga, goh menga qarardi. Men Passukka
qayrilib qaradim.
–
Bu odamga nisbatan insofsizlik qilganlar. Ovqatimizdan bir qismini bersak,
qandoq bo‘lar ekan? –
deb so‘radim m
en.
Men uning ko‘zlarida shodlik belgilarini ko‘rdim, lekin u hinduga, keyin menga
uzoq qarab turdi, uning lablari qat’iy jipslashdi. Keyin uzil
-kesil javob qildi:
–
Yo‘q. Sho‘r Suvga hali yo‘l uzoq, yo‘lda bizni o‘lim poylab yotibdi. O‘lim
mana shu notanish odamni ola qolsin, mening erim Charlini tirik qoldirsin.
Hindu Oppoq Sokinlik ichiga kirib yo‘qoldi, u Pelli tomonga qarab ketdi.
Kechasi Passuk yig‘lab chiqdi. Men ilgari uning ko‘z yoshlarini hech qachon
ko‘rmagan edim. Uning yig‘lashi achchiq tutundan emasdi, chunki o‘tin quppa
-
qypyq edi. Uning qayg‘usi meni hayron qoldirdi, zulmat va og‘riq uning tinkasini
quritibdi shekilli, deb o‘yladim.
Hayot
—
g‘alati narsa. Men hayot haqida ko‘p o‘yladim, ko‘pdan beri shu to‘g‘rida
bosh qotiraman, lekin nazarimda u kun sayin murakkablashayotir. Nima uchun
yashashni shunchalik yaxshi ko‘ramiz? Axir hayot bir o‘yin
-
ku. Bu o‘yinda inson
hech qachon g‘olib chiqmaydi. Yashash to qarilik yetib kelmaguncha, og‘ir mehnat
qilish va azob-uqubat chekish demakdir. Qarilik yeti
b kelganda, biz o‘chib qolgan
gulxanning sovuq kulini changallaymiz. Yashash og‘ir. Chaqaloq azob ichida
tug‘iladi, qari odam azob ichida so‘nggi nafasini chiqaradi, bizning butun umrimiz
qayg‘u va tashvish bilan o‘tadi. Shunga qaramasdan, inson qoqilib
-suqilib, tevarak-
atrofga olazarak bo‘lib qaraydi va o‘limning quchog‘iga o‘zini istamaygina
tashlaydi. O‘lim ezgu narsa
-ku! Faqat hayot alam chektiradi. Ammo biz hayotni
yaxshi ko‘ramizu, o‘limdan nafratlanamiz! Bu qiziq narsa!
Biz, ya’ni Passuk bilan men kam gaplashardik. Kechalari qop ustida o‘likdek qotib
uxlardik, ertalab o‘rnimizdan turib, yana murdalardek indamay yo‘lga tushardik.
Tevarak-
atrofimiz hammasi jonsiz, o‘lik, na qirg‘ovul, na olmaxon, na quyosh —
hech narsa ko‘rinmaydi. Daryo ham o‘zining op
poq pardasi ostida sukutga botgan.
O‘rmonda hamma napca o‘lgan. Sovuq ham xuddi hozirgidek. Kechalari yulduzlar
katta va yaqin bo‘lib ko‘rinar, sakrashar, raqsga tushar edilar; kunduzlari esa
nazarimizda quyosh juda ko‘payib ketgandek bo‘lib tuyulgancha bizning jig‘imizga
tegardi. Havo yarqirar, qor esa xuddi olmos zarralariga o‘xshardi. Na biror gulxan
ko‘rinadi, na biror tovush eshitiladi —
hammayoqni sovuq va Oppoq Sokinlik
qoplagan. Biz vaqtning hisobidan adashdik, o‘zimiz xuddi murdalardek qadam
tashla
b borardik. Bizning ko‘zlarimiz faqat Sho‘r Suv tomonga tikilgan, fikr
-
xayolimiz Sho‘r Suv bilan band. Oyoqlarimizning o‘zi Sho‘r Suv tomonga olib
ketayotir. Biz Taxkinaga borib to‘xtadik, uni tanimadik. Bizning ko‘zlarimiz Oq Otga
tikilar, lekin uni taniy
olmas edi. Oyoqlarimiz Kanon tuprog‘iga qadam bosdi, lekin
biz buni sezmadik. Biz hech narsani his qilmasdik. Biz tez-tez yiqilar, lekin
yiqilayotib ham Sho‘r Suv tomondan ko‘zimizni olmasdik.
Biz bab-
baravar baham ko‘rib kelgan ovqatimiz tugadi,
lekin Passuk tez-tez
yiqilardi. Bug‘u dovoniga yaqin kelganda Passuk holdan toydi. Ertalab ikkimiz ham
bitta odeyalga o‘ralib yotar va yo‘lga tushishni o‘ylamas ham edik. Shu yerda
qolib, Passuk bilan birga qo‘l ushlashgan holda o‘limni qarshi olishni ista
dim,
chunki men ulg‘ayib qolgan, xotinning sevgisi nima ekanligini tushuna boshlagan
edim. Xeyns missiyasiga yana sakson mil yo‘l bor edi. Lekin uzoqda, o‘rmonning
orqasida, cho‘qqisini bo‘ronlar sidirib ketgan Chakut tog‘i qad ko‘tarib turibdi.
Shunda Pas
suk eshitishim oson bo‘lsin uchun og‘zini qulog‘imga tutib so‘zlay
boshladi. Endi y mening g‘azabimdan qo‘rqmasdi, Passuk menga yuragini ochib,
o‘zining muhabbati va ilgari men tushunmay yurgan ko‘p narsalar haqida gapirdi.
–
Sen mening erimsan, Charli,
–
dedi u,
–
senga yaxshi xotin bo‘ldim. Hamma
vaqt senga o‘t yoqib berdim, ovqatingni pishirdim, itlaringni boqdim, qop
kurab yo‘l ochdim, lekin hech qachon zorlanmadim. Otamning vigvami
issiqroq edi yoki bizning Chilkatda ovqat ko‘proq edi deb hech ta’na
qilm
adim. So‘zlaganingda quloq soldim. Buyruq berganingda ijro etdim.
Shunday emasmi, Charli?
–
Ha, shunday,
–
deb javob berdim men.
U davom etdi:
–
Birinchi marotaba Chilkatga kelib, meni sotib olganingda, hech bo‘lmaganda
it sotib oluvchi odamdek biror marta yuz
imga boqmading. Meni o‘zing bilan
olib ketding. O‘shanda yuragimda senga qarshi norozilik qo‘zg‘aldi, butun
vujudimni alam va qo‘rquv bosdi. Lekin bunga ko‘p zamonlar bo‘ldi. Ko‘ngli
yumshoq odam o‘z itini avaylaganidek, sen ham menga rahm
-shafqat
qilding,
Charli. Ammo yuragingdan menga o‘rin bermading, lekin hamma
vaqt menga nisbatan odil eding, menga lozim bo‘lganicha yaxshi muomala
qilding. Sen mardonavor ishlar qilganingda va katta xavf-xatarga qarshi
ko‘krak kerib borganingda, men hamma vaqt yoningda birga bo‘ldim. Men
seni boshqa erkaklar bilan solishtirib ko‘rdim —
sen ularning ko‘pidan
yaxshi eding, o‘z nomusingni yaxshi saqlar eding, so‘zlaring dono, tiling esa
rostgo‘y edi. Shunda sen bilan faxrlana boshladim. Shunday vaqt yetib
keldiki, mening butun yuragimni, fikr-xayolimni egallab olding. Mening
nazarimda, sen oltin so‘qmoq bo‘ylab yuradigan va bir zumga ham o‘z
osmonini tark etmaydigan yozgi quyosh eding. Ko‘zlarim qaysi tomonga
qaramasin, o‘z quyoshimni ko‘rar edim. Ammo sening yuraging, Charli
,
sovuq edi. Unda menga joy yo‘q edi.
–
Ha, shunday bo‘lgan edi, –
deb javob berdim.
–
Mening yuragim sovuq edi,
unda senga joy yo‘q edi. Ammo ilgari shunday edi. Hozir yuragim quyosh
qaytib kelgan bahor paytidagi qopga o‘xshaydi. Yuragimda hamma narsa
eriyotir, unda chashmalar shildirab oqayotir, hamma narsa qulf urib
gullayotir. Qirg‘ovullarning ovozlari, qushchalarning sayrashi eshitilyapti,
musiqa yangrayapti, chunki qish mag‘lubiyatga uchradi, Passuk, men
bo‘lsam xotin kishining sevgisini tushundim.
Passuk tabassum qildi va yana ham pinjimga tiqilib oldi.
–
Xursandman,
–
dedi u.
Shundan keyin anchagacha jim yotdi, boshini ko‘ksimga qo‘yib ohista nafas olardi.
Keyin u shivirladi:
–
Mening yo‘lim shu yerda tamom bo‘ldi, charchadim. Senga ikki og‘iz gap
aytmoqch
iman. Bundan ko‘p vaqtlar ilgari, men hali kichkina qiz ekanimda
ko‘pincha otamning Chilkatdagi vigvamida yolg‘iz qolardim, chunki erkaklar
ovga ketishar, xotin-
qizlar va bolalar o‘rmonda ov
-
o‘ljalarini tashir edilar.
Kunlardan bir kun, bahor chog‘lari edi, teri ustida o‘tirgan edim. Birdan
qishki uyqusidan endigina uyg‘ongan och va oriqlagan targ‘il ayiq vigvamga
boshini tiqib: «u-
uh» deb bo‘kirib yubordi. Xuddi shu vaqt akam ov
o‘ljalarini chanaga ortib kelib qoldi. U o‘choqda yonib turgan to‘nkani
ushlab, sira tap tortmay ayiq bilan olishib ketdi. Itlar esa chanalarni
sudragan holda ayiqqa yopishib oldilar. Katta jang bo‘ldi, shovqin
-suron
ko‘tarildi. Ular o‘tga yumalab tushdilar, terilarni har tomonga irg‘itib
tashladilar, vigvamni ag‘dardilar. Pirovardi
da, ayiq jon berdi, lekin akamning
bir barmog‘i ayiqning og‘zida qoldi, yuzida esa ayiq panjalarining izlari qoldi.
Sen Pelliga ketayotgan hinduning qo‘liga e’tibor berdingmi, o‘tga tutib
turgan qo‘lining katta barmog‘i yo‘q ekan… U mening akam edi. Men un
ga
ovqat bermadim, u ovqatsiz Oppoq Sokinlik ichiga kirib ketdi.
Mana, birodarlar, Passukning muhabbati shu qadar kuchli edi. Passuk Bug‘u
dovonida qop ustida uzildi. Uning sevgisi buyuk sevgi edi. Axir xotin kishi uni og‘ir
yo‘llar bilan boshlab halokatga
olib borayotgan erkak uchun o‘z akasini qurbon
qildi-
ya. Uning sevgisi shu qadar kuchli ediki, hatto o‘zini ham ayamadi. Ko‘zlari
so‘nggi marta yumilishdan oldin Passuk mening qo‘llarimni olib, olmaxon terisidan
qilingan nimchasining ichiga suqdi. Qo‘lim
belida bir narsa tiqilgan xaltaga tegdi,
shunda hamma gapga tushundim. Kun sayin biz ovqatni bab-
baravar bo‘lar edik,
lekin Passuk o‘ziga tekkan ovqatning yarmisini yer ekan. Yarmisini esa mana shu
xaltachaga solib, menga saqlab yurar ekan.
–
Mana, Passuknin
g hayot yo‘li tugadi, –
dedi Passuk.
–
Sening yo‘ling esa,
Charli, hali tamom bo‘lgani yo‘q, bu yo‘l seni buyuk Chilkut orqali dengiz
sohillariga, Xeyns missiyasiga olib boradi. Bu yo‘l seni borgan sari uzoqqa
olib ketaveradi, quyosh mo‘l
-
ko‘l shu’la sochadigan yot o‘lkalar va ulkan
dengizlarga olib boradi; mana shu yo‘lda seni uzoq umr, izzat
-ikrom va
buyuk shon-
sharaf kutadi. Bu yo‘l seni ko‘pgina xotinlarning uyiga, yaxshi
xotinlarning oldiga olib boradi, lekin sen hech qachon Passukning sevgisi
kabi ulu
g‘ sevgini uchratmaysan.
Passukning so‘zlari haq ekanligini sezib turardim. Hayajonga tushdim. Men ozuqa
bilan to‘ldirilgan xaltachani uloqtirib tashladim va mening yo‘lim ham tugadi, men
ham sen bilan qolaman deb qasam ichdim. Lekin Passukning horg‘in ko‘
zlari
yoshga to‘ldi va:
–
Odamlar Sitka Charlini hamma vaqt vijdonli odam deb hisoblar edilar,
–
dedi Passuk.
–
Uning har bir so‘zi haqiqat edi. Nahotki y o‘z nomusini
unutib, endi Bug‘u dovoniga kelganda, bo‘lmag‘ur gaplarni gapirib o‘tirsa!
Nahotki u o‘zla
rining eng yaxshi ovqatlari, eng yaxshi itlarini bergan
Qirqinchi Mildagi odamlarni unutgan bo‘lsa! Passuk hamma vaqt o‘z eri
bilan faxrlanar edi. Passuk ilgarigidek sen bilan faxrlansin desang,
o‘rningdan tur, chang‘ilaringni bog‘la
-
da, yo‘lga tush.
U quc
hog‘imda jon berib badani sovuganda, o‘rnimdan turib, oziq
-ovqat solingan
xaltachani topib oldim-
da, chang‘ilarni oyog‘imga bog‘lab, gandiraklay
-gandiraklay
yo‘lga tushdim. Oyoqlarimning madori ketgan, boshim aylanar, quloqlarim
shang‘illar, ko‘z oldilarim
qorong‘ulashib ketar edi. Yoshlikning unutilgan
manzaralari ko‘z oldimdan o‘taverdi. Ziyofatda qaynayotgan qozonlar oldida
o‘tirar edim, qo‘shiq aytar va yigitlarning qo‘shig‘i, dengiz mushugi terisidan
qilingan baraban tovushlari ohangiga o‘yin tushardim; Passuk bo‘lsa mening
qo‘limdan ushlab, hamma vaqt men bilan birga borardi. Uyquga ketganimda,
meni uyg‘otardi. Qoqilib yiqilganimda, suyab ko‘tarardi. Qalin qorlarda adashib
qolganimda, to‘g‘ri yo‘lga olib chiqardi. Mana, mast odamdek ko‘zimga g‘alati
na
rsalar ko‘rina boshladi, ana shu taxlitda dengiz sohilidagi Xeyns missiyasiga
yetib keldim.
Sitka Charli o‘rnidan turib, chodirning bir tomonini ko‘tarib tashqari chiqdi. Tush
payti edi. Janub tomonda, Genderson tog‘ qirralari ustida quyoshning haroratsiz
gardishi muallaq turardi. Havo yiltiroq qirovdan yasalgan o‘rgimchak uyasiga
o‘xshardi. Oldinda, yo‘l ustida bo‘riga o‘xshagan bir it o‘tirardi. Yunglari
tarashadek qotgan bu it tumshug‘ini osmonga ko‘tarib zorlanib uvillardi.
Rus tilidan F. Abdullayev tarjimasi
Mutolaada bo‘ling:
t.me/e_kutubxona
Dostları ilə paylaş: |