49
ISLOM TA’LIMOTIDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARINING IFODALANISHI
Ibragimova Shoira Kosimovna
Guliston davlat universiteti
Pedagogika fakulteti o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7902683
Annotatsiya:
Mazkur maqolada islom ta’limotida ta’lim-tarbiya masalalarining ifodalanishi,
tasavvufiy olimlar fikri, ta’lim-tarbiyada diniy masalalar mavzusi yoritilgan.
Kalit so’zlar:
islom, din, jahon, taraqqiyot, ma’naviyat, madaniyat, ta’lim, tarbiya.
Jahon dinlaridan, umumbashariy taiimotlardan boiib hisoblangan Islom dini insonga mohiyat,
faoliyatiga maqsad va yo‘nalish bemvchi, jamiyat a’zolari o6rtasidagi munosabatlami
muvofiqlashtirib, birlashtirib, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni tezlashtirish uchun xizmat
qiladigan ma’naviyat, ma’rifat odob-axloq tarbiyasining barcha meammolarini o‘z ichiga
qamrab oladi. Umuman olganda, islom dini yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga oid
boigan fikrlar, qarashlar, taiimotlaming mukammal manbai, yaxiit ilmiy-dunyoviy, diniy
tizimidir. Islom dini necha-necha asrlar mobaynida odamlarni, bani bashariyatini ulugc
maqsadlar yoiida birlashtirishga, hamjihat boiishga, tinchlik-totuvlikni mustahkamlashga,
axloqiy va ma’rifiy kamolotga, halollik va poklikka, iymon va e’tiqodga mehnatsevarlik va
vatanparvarlikka, ezgulik va saxovatga, bag’ri-kenglik va mehroqibatlilik, ezgulik maqsadlari
yo’lida qonun- qoidaga berishga, o'zaro nizolar, qonli to’qnashuvlarga, milliy, irqiy, diniy
kamsitilishlarga yo’l qo'ymaslikka, umumiy uyimiz-kurrai zaminda do‘st-birodarlar, ahil
hamkor boiib yashashga, umuminsoniy madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat boyliklaridan, jahon
sivilizatsiyasi yutuqlaridan o’zaro bahramand bo’lishga da’vat etib kelmoqda.
Islom dinining umumbashariy qadriyat, ilohiy, ilmiy-dunyoviy taiimot sifatida barhayotligini
ta’minlab kelayotgan asosiy manbalari Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardir. Qur’oni Karim
bilan tanishar ekanmiz, «Ilm» so’zi asosidagi «alima» (bilmoq) fei negiziga tayangan kalimalar
turli hollarda 750 marta takrorlanganligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan boiib, bu o’zak faqat
«Alloh», «Rabb» (Parvardigor ma’nosida), «boimoq» va «gapirmoq» kabi eng ko’p ishlatilgan
o’zak-so’zlardan keyin beshinchi o’rinda turar ekan
Rasullohga nozil bo’lgan 5 oyat hozirgi Qur’oni Karim matni 96- surasi («Alaq»)ning birinchi
oyatlari boiib, shunday boshlanadi: «Iqra’ bi-ismi robbikal-lazi xalaq!» («Yaratgan rabbing
nomi bilan o’qi!»). Oradan bir oyat o‘tib yana «o’qi!» so’zi qaytariladi: «Iqra’ va robbikal
akram, allazi allama bil qalam. Allama-l-insona ma lam ya’lam» («0‘qi! Sening o’ta karamli
parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatdi»).
Ilmga qiziqtirish borasida Alloh Qur’onda shunday deydi: «Aytgin, ilmlilar bilan ilmsizlar teng
bo’lsa oladilarmi albatta bu haqda faqat aqlli kishilargina eslaydilar: («Zumar» surasi, 9-oyat).
Boshqa bir oyatda ilmli kishilar Allohning huzurida boshqalardan ko’ra yuqori darajada
turishlari ochiq-oydin aytilgan: «Alloh taolo sizlardan imon keltirganlarni va ilmli
bo’lganlarning darajasini ko‘taradi» («Mujodala» surasi, 11-oyat). Alloh 0‘zining yagonaligiga
ham ilmli kishilami guvoh qilgan: «Alloh albatta uning o‘zi yagona iloh, undan boshqa
ibodatga sazovor zot yo’qligiga shohidlik beradi.
Aksincha, Qur’on ilmsizlami tanqid qiladi: «Shunday qilib Alloh ilmsizlarning qalbini berkitib
qo6yadi». («Rum» surasi, 59-oyat). Qur’on ilmning chegarasi yo‘q ekanligini ham bayon qilib
o’tgan: «Har bir ilmlining ustidan undan ham ilmliroq bor» («Yusuf» surasi, 76-oyat). Bu
oyatdan maqsad shuki, olimlar o‘z ilmlari bilan mag‘rurlanib, O’z ustida ishlashni tark
50
etmasinlar, doimo ulami ham birov tanqid qilib qolishiga o'zlarini tayyorlab tursinlar,
demakdir. Qur’on musulmonlami barcha narsaning haqiqatini bilish uchun doimo ilm payida
bo’lishga chaqiradi «Ey, parvardigor, mening ilmimni ziyod qilgin deb ayt» (qabul qilmaslikni
buyuradi: «Ular aytdilar, jannatga kim yahudiy yoki nasroniy bo‘lsa kiradi. Bu ulaming orzusi
xolos. Sen, agar gaplaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, dalil va hujjat keltiringlar, deb aytgin» («Baqara»
surasi, 111-oyat).
Bir narsaga dalil va hujjat bo‘lmasa, ishonib bo‘lmaydi. Boshqalarga taqlid qilib, shirk
e’tiqodida bo‘lganlami Alloh so‘roq qiladi: «Kim Alloh bilan qo‘shib boshqa ilohga dalil va
hujjatsiz ibodat qilgan bo‘lsa, uning hisob-kitobi Allohning huzurida bo‘ladi. Albatta kofirlar
najot topmaydilar» («Mo'minun»surasi, 117-oyat). Ilm doimo mavhum narsani deb aytishdan
qaytaradi. Gumonni rost deyish to‘g‘ri emas. Bir masala to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilish
uchun uning hujjati, kuchiga qaraladi, agar hujjati kuchli bo‘lsa, masala haqiqat, hujjat kuchli
bo‘lmasa, masala gumon. Mana shu ilmiy farqlash Qur’on ta’limotlariga ham to‘g‘ri keladi.
Qur’on haqiqiy - ilmiy narsalarga suyanishga, gumon va xayollardan uzoqda bo‘lishga
buyurgan va gumonga ergashganlaming holi yomon bo‘lishini aytib o‘tadi: «Balki zolimlar
ilmsiz ravishda havoyi-nafslariga ergashadilar» («Rum» surasi, 29-oyat). Alloh
musulmonlarga ilmiy asosda ish olib borishni ko‘rsatib, shunday deydi: « O‘zing bilmagan
narsaga ergashma. Albatta, ko‘z, quloq va qalb barcha narsadan so‘raladi» («Isro» surasi, 36-
oyai). Oyatning ma’nosi shuki, o‘zing aniq bilmasang, senga aytiladigan turli-tuman narsalarga
ergashma. Chunki inson qiyomat kunida qulog‘i eshitgan, ko‘zi ko‘rgan, qalbi jo qilgan barcha
narsalar haqidagi so‘roqlarga javob berishi kerak. Biz eslab o‘tgan oyatlaming barchasi
ishning asosi aniq, sobit, ilmiy ravishda bo‘lishi zamrligini, gumon va turli fikrlar boimasligini
anglatadi. Ilm ko‘r-ko‘rona taqliddan qaytarishda Qur’on bilan muvofiqdir. Qur’onda bir fikmi
ota-bobomiz qilgan deb, o‘zlari aql ishlatmay yurganlar tanqid qilingan: «Agar ularga Alloh
tushirgan narsaga va payg‘ambarga yaqin kelinglar, deyilsa, ular ota-bobolarimizdan qolgan
narsa bizga kifoya qiladi, deydilar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan va to‘g‘ri yo‘lda
yurmagan bo‘lsalar, unda nirna bo‘ladi» («Moida» surasi, 104-oyat). Boshqa bir oyatda
shunday deyilgan: «Agar ularga Alloh tushirgan narsaga ergashinglar deyilsa, ular, yo‘q biz
otabobolarimizdan ko‘rganimizni qilamiz, deydilar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan
bo‘lsalar va to‘g‘ri yo‘lda yurmagan bo‘lsalar, unda nima bo‘ladi. Kofirlar xuddi bir qo‘y
podasiga o‘xshaydilarki, ular cho‘ponning qichqirig‘ini eshitadilar-u, ma’nosiga
tushunmaydilar. Ular kar va ko‘rdirlar, aqllarini ishlatmaydilar» («Baqara» surasi, 170-171-
oyatlar). Qur’onning shu oyatlaridan ko‘rinib turibdiki, aql ishlatmay, o‘zi ishonch hosil qilmay
— ko‘r-ko‘rona taqlid qilish kofirlarning ishi ekan. Har bir inson Islomni bilib, unga ishonch
hosil qilmaguncha, ko‘rko‘rona taqlid qilgani bilan mo‘min bo‘la olmaydi.
Qur’on xalqlami boshliqlar va yo‘lboshchilarga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishdan ehtiyotlanishga
chaqiradi. Qur’onda talqin qlinishicha, yo‘lboshchilar ham va unga ergashganlar ham noto‘g‘ri
yo‘lda bo‘lsalar — qiyomat kunida teng azob chekadilar. Buning ma’nosi shuki, bu dunyoda
yo‘lboshchilik qilganlar, qiyomat kunida o‘ziga ergashganlardan qochar ekan. Ikki guruh ham
azobga duchor bo‘lib oralaridagi aloqa uzilar ekan. Qur’on ota-bobolarga, boshliqlarga va
yoiboshchilarga ko‘rko‘rona taqlid qilishdan qaytarish bilan birga, faqat bir taraflama
fikrlashdan ham qaytardi va biror narsa qilmoqchi bo‘lsa o‘sha narsaning yaxshisini tanlab
olishga chaqiradi: «Ular (musulmonlar) gapni eshitganlaridan so‘ng, eng yaxshisiga
ergashadilar. Shunday kishilarni Alloh to‘g‘ri yo‘lga boshlaganlar va ular aql egalaridirlar»
51
(«Zumar» surasi, 18-oyat). Mana shu oyatda Alloh musulmonlami barcha gaplami eshitib,
tushunib, so‘ngra yaxshisiga ergashishga buyuradi. Alloh shunday qilganlami ilohiy hidoyatga
erishganlar va o‘tkir aql egalari, deb ataydi. Aslida ilm degani ishlami aql yordamida
bajarishga aytiladi. Aql esa, uchragan narsani tushunib olish qobiliyatidir. Qur’on barcha
ishlarda aqlni ishlatishga chaqiradi, aqlni ishlatmaganlami qattiq tanqid qiladi. Qur’onda aqlga
taalluqli so‘zlar 50 marta ishlatilgan. Aql egalarining so‘zi esa 10 martadan ko‘proq ishlatilgan.
Shuning o‘zi ham Qur’on aqlga katta e’tibor berganini dalililidir. Qur’on aqlning ulkan ne’mat
ekanligini bayon qiladi: «Albatta bu narsalarda aqlli kishilar uchun belgilar bor» («Ra’d»
surasi, 4-oyat). «Biz oyatlarni aqlli kishilar uchun bayon qilib qo‘ydik. Aqlni ishlatmaydilarmi»
(«Baqara» surasi, 76-oyat) va hokazo. Boshqa oyatlarda esa, aqlni ishlatmaganlarni ayblaydi:
«Allohning huzurida eng yomon jonzotlar kar-soqov, aqlni ishlatmaydiganlaridir» («Anfol»
surasi, 22-oyat). «Sen ularning ko‘plari eshitadilar va aql ishlatadilar, deb hisoblaysanmi.
Ular xuddi hayvonlarga o‘xshaydilar, balki hayvonlardan ham battardurlar» («Furqon» surasi,
34-oyat). Boshqa bir oyatda aqlni ishlatmaslik oxirat azobiga sabab boiganligini eslatadi:
«Ular (do‘zaxilar) agar eshitganimizda va aql ishlatganimizda do‘zaxilardan boimas edik,
deyishadi» («Mulk» surasif 10-oyaf). Mana shu narsalaming barchasi Islomdan aql va aqliy
tarbiyaning naqadar ulkan baholanishini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilarga xulosa qilib aytganda, islom ta’limoti mujassamlashgan Qur’oni Karimdagi
«Biz odam bolalarini azizmukarram qildik, ularga halol-pok narsalardan rizqu-ro’z berdik va
ularni o’zimiz yaratgan juda ko6p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik»; «Ey mo’minlar,
sizlarga rizq qilib berganimiz-pokiza narsalardan yenglar», «Bandalarimga aytingki, ular eng
go’zal so’zlardan so’zlashsinlar», «Odamlarni aldab fitnaga solish o4ldirishdan yomonroqdir»,
«Alloh zulm qiluvchilarni sevmaydi», «Parvardigoringiz... ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni
amr etdi...» kabi muhim g‘oyalar; shuningdek, Hadisi Sharifdagi «Ilm egallang! Ilm-sahroda
do’st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg’izlik damlarida - yo4ldosh, baxtiyor daqiqalarda - rahbar,
qayg4uli onlarda - madadkor, odamlar orasida - zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda -
quroldir»; «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir»; «Beshikdan to qabrga
kirgunlaringizcha ilm izlangiz», «Yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh kabidir»;
«Yolg’on so’zlama», «O’zinga ravo ko’rganni boshqalarga ham ravo ko’r», «Yenglar, ichinglar,
sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchiiikka o’tmanglar», «Axmoqdan uzoqlashing», «Nonni
e’zozlanglar»; deb zikr etilgan hikmatlar komil insonni tarbiyalashda muhim manbadir.
Ta’kidlash joizki, Muso al-Xorazmiy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad
Yugnakiy, Shayx Najmiddinov Kubro, Sulaymon Boqirg‘oniy, Abduxoliq G’ijduvoniy,
Bahovuddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Davoniy, Voiz
Koshifiy va ulardan keyin ijod qilgan boshqa mutafakkirlar islom ta’limotini, Qur’oni Karimni,
payg^ambarimizning aytgan so'zlari, diniy va axloqiy yo‘l-yo’riqlari, hikmatlaridan iborat
manba-Hadisi Shariflami yaxshi bilganlar, ularning ta’sirida ijod etib, kelgusi avlodlar uchun
benazir meros qoldirganlar. Aslini olganda esa, mutafakkirlarimizning tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-
falsafiy va ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarining asosi, shuningdek, asarlarining mazmun-
mohiyati va g’oyasi ham Qur’oni Karim va Hadisi Sharif ta’limotiga asoslanadi.
Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o'rgatish Qur’oni Karim va Hadisi
Shariflardagi pand-nasihatlami o'rganish va ulardagi ko'rsatmalarni o'zlashtirish bilan olib
borilgan. Shunga ko‘ra, Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardagi pand-nasihatlar ham olimlar,
52
ham adiblar ijodiga kuchli ta’sir etgan va islom ta’limoti allomalarimiz asarlarida ilmiy talqin
etiladi. Bularda ilgari surilgan g'oyalar yosh avlodning ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamol
topishiga, pedagogik fikr taraqqiyoti tarixida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shunday qilib, biz
islom ta’limotida, ta’lim-tarbiya masalalarining tutgan o'rnini tahlil etar ekanmiz, bu davr
ma’naviy-ma’ rifiy tafakkurining xarakterli tomoni shundaki, ma’naviyat, ma’rifat, odob-axloq
sohasidagi tasavvur, fikr, bilimlar islom diniy aqidalari va ta’limotlarini ham bilimning, ilmiy
tasavvuming bir ko’rinishi sifatida o’z ichiga singdirib yubordi. Dunyoviy ilmlar va diniy ilohiy
tasawurlar bir butun holda qabul etilib, inson ilmiy tushunchalari asosida talqin etilib, ular
jahonga mashhur qomusiy mutaffakkirlarimiz asarlarida keng o'rin egalladi..
Dostları ilə paylaş: |