59
Uy-joylar qurilishi
.
Istiqlol ara-
fasida, hali mustabid tuzum hukm-
ronlik qilib turgan bir paytda,
O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi
Prezidenti
Islom
Karimovning
yuksak jasorati bilan aholini uy-
joyli qilish masalasining yechimi
topildi. Natijada 1989–1990-yillarda
bir yarim milliondan ko‘proq
oilaga
qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming
oilaga tomorqa yerlari berildi. O‘zbe-
kiston Respublikasi Prezidentining
2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joy-
larda uy-joy qurilishi ko‘lamini
kengaytirishga oid qo‘shimcha
chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan
boshlangan qishloq infratuzilmasini
yangilashga
qaratilgan bunyodkorlik
ishlari bugun qishloqlarimiz qiyofa-
sini zamonaviy arxitektura asosida
tubdan o‘zgartirishga xizmat qilmoqda.
Xususan, 2009–2016-yillarda
qishloq
joylarda 70 mingga yaqin shinam
namunaviy uy-joy bunyod etildi. Piro-
vardida 83,5
mingdan ortiq oilaning
yashash sharoiti yaxshilandi. O‘zbe-
kiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabr-
dagi “2017–2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar
bo‘yicha imtiyozli uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori mazkur
yo‘nalishdagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, qishloq
qurilishida yangi bosqichni boshlab berdi. Ayni paytda qishloq aholisining
zamonaviy va arzon uylarga o‘sib borayotgan
ehtiyojlaridan kelib
chiqib, imtiyozli kredit berishning yuqori darajadagi shartlari joriy etildi.
Namunaviy uy-joylar
Imtiyozli uy-joylar
Ko‘p
qavatli uy-joylar