66
diniy jurnal va gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy
mavzularda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda
din
davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas.
Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda
islomdan tashqari
xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod
qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda
millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik
sohasida olib borilayotgan
izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya
vakillarining emin-erkin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi.
1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab
beruvchi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni qabul
qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod
qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi.
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoniga binoan
Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi.
Qo‘mita tarkibida diniy konfessiyalar bilan ishlash uchun maxsus tashkil
etilgan sho‘ba ish boshlaganidan so‘ng, respublika hududida joylashgan va
diniy faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plana
boshlandi.
1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul
qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod
erkinligi bilan
bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofi q
“Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-
quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni
boshqasiga kiritishga
qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek,
boshqa har qanday
missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor
bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar”.
Dostları ilə paylaş: