Modernizatsiyalash jarayonlari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
pedagogika (2)a

Rang-baranglik. 
Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g‘oyalar paydo 
bo‘ladi. 
Rang-barang fikr va g‘oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur 
bartaraf qilingan chog‘dagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda 
talabalarning fikrlashiga chek qo‘yiladi. Faqat birgina javob mavjud bo‘lgan 
taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida 
talabalar ana shu javobni topa olsin. 
Faollik. 
Tanqidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog‘langan. 
Odatda, talabalar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, chunki ularda o‘qituvchi bilimli 
yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlari o‘qituvchi 
mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan. O‘quv jarayonidagi talabalarning faol 
ishtiroki va o‘qishlariga o‘zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi tanqidiy 
fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o‘z g‘oyalari va 
fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondoshuv 
ularning faolligini o‘stiradi. Mixali Chikjentmixaliy (1975) ta’kidlaydiki, talabalar 
o‘sha murakkab darajadagi o‘quv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida 
qatnashganligidan katta bahra oladilar va o‘zlarida chuqur qoniqish hissini 
sezadilar. 


329 
Tavakkalchilik 
Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim 
faoliyatida qo‘rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag‘batlantirib turish joizdir. 
Fikrlash jarayonida «ahmoqona g‘oyalar» aql bilan tuzilmagan birikma va 
tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi uni o‘quv 
jarayonini tabiiy holati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim. Talabalarni 
tavakkaldan holi bo‘lgan, ya’ni g‘oyalar qadrlangan, talabalarning fikrlash 
faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivasiyalash imkoni bo‘lgan muhitda o‘ylash 
lozimligini ularda ishonch hosil qilish zarur. 
Qadrlash. 
Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri talabalarning fikrlash jarayonini 
qadrlashdir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida talabalar o‘z g‘oyalari, 
tasavvurlarining o‘qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan chog‘dagina 
chuqur mas’uliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar. Talabalar o‘z fikrlash 
jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va uning 
oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. 
Qimmatlilik. 
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba ularning fikrlari, 
o‘z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. 
O‘qituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab 
qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo‘lishi lozim. Bu esa talabalarda 
o‘zgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli 
ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga o‘z fikri, o‘ziga 
taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko‘rsata olish zarur. 
Talabalarning o‘zlari ham o‘z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil 
qila olishlari zarur. Ular o‘z fikrining tushuncha va masalani muhokama qilish 
jarayonida o‘ta muhim, shuningdeq katta hissa bo‘lib hisoblanishini tan olishlari 
kerak. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin