. Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
➢
o‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va
qiziqishlaridan kelib chiqib yangi
bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi ;
➢
test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish
yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;
➢
mashq qildiruvchi (trenejyor)lar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv
materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
➢
o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar (Virtual borliq tizimlari) .
Virtual borliq (Virtualnaya realnost) tushunchasini Jaron Lanier (Lanye)
taklif etgan. Virtual borliq
immersivlik va
interfaollik tushunchalari bilan
bog‘liq.
Immersivlik deganda odamning virtual borliqda o‘zini faraz qilishini
tushunish lozim.
Interfaollik foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi obyektlar bilan
o‘zaro muloqotda bo‘lib ularga ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi.
Virtual borliq tizimi deganda – biz imitasion dasturiy va texnik vositalar deb
qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi
amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar ko‘pmodallikga, ya’ni ko‘z bilan
ko‘radigan, tovush orqali qabul qiladigan bo‘lishi kerak. Bu amallarni
amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va
videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, katta xajmli tovush va
videotizimlari, shuningdek odamning bosh qismiga o‘rnatiladigan shlem va
ko‘zoynak displeylar, “hid sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi qo‘lqoplar,
kibernetik nimchalar simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi. Yuqoridagilar
ekzotik qurilmalarga tegishli.