440
Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan
didaktik
talablarga
quyidagilar kiradi:
ilmiyliq tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan
birgalikda (pedagogika,
psixologiya, informatika,
ergonomikaning asosiy
tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o‘quv
faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash),
uzluksizlik va yaxlitlik
(ilgari o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to‘ldiruvchisi
hisoblanadi), izchilliq muammoliliq ko‘rgazmaliliq faollashtirish (o‘qitish
mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o‘qitish natijalarini
o‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o‘qitish, tarbiyalash,
rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi:
aniq o‘quv fanining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning o‘ziga xosligini hisobga olish,
axborotni zamonaviy metodlari o‘zaro bog‘liqliligi, o‘zaro aloqadorliligi,
turlitumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga
idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv),
tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko‘rgazmali-amaliy), diqqati (qat’iyliligi,
boshqaga ko‘chishi), motivasiya (ishlashda faol shakllari,
yuqori darajada
ko‘rgazmaliliq o‘z vaqtida qayta aloqa yordamida o‘quvchilarning yuqori
darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda rag‘batlantirish), xotira, tasavvuri,
yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim,
ko‘nikma
va malakalarini hisobga olib, o‘quv fani mazmuni hamda o‘quv
masalalari murakkablik darajasi o‘quvchilarning yosh imkoniyatlari va
individual
xususiyatlariga mos kelishi, o‘quv materialini o‘zlashtirishda
ortiqcha his’hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta’sirlanishdan
himoyalash) kiradi.
Dostları ilə paylaş: