hukumati o’rtasida
transport, havo aloqasi, sayyohlik hamda ilmiy-texnik sohalar
bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
Latviya Prezidenti Guntis Ulmanisning 1996 yil 23 mayda O’zbekistonga
qilgan davlat safari ikki mamlakat o’rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki
Prezident O’zbekiston bilan Latviya o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
vakengaytirish to’g’risida deklaratsiya imzoladilar. Hukumatlararo fuqarolik,
mehnat,huquq-tartibot,
halqaro avtomobil qatnovi, temir yo’l transporti,
madaniyat, bojxonaishida o’zaro hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar va ularning ehtiyot
qismlari, shakar va qandolatchilik mahsulotlari,
efir moyi, qora metall sotib oladi.
Latviyaga esa rangli metallar, ipak, paxta va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi.
Toshkentda "Dzintars" Latviya aksionerlik jamiyatining O’zbekiston-Latviya
qo’shma korxonasi qurilib, "Volida", "Saodat", "Istiqbol" singari atirlar ishlab
chiqarmoqda va "Dzintars" firma do’koni orqali sotilmoqda. O’zbekiston va
Latviya tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida o’zaro maslahatlashuv to’g’risida
Protokol imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi savdo-sotiq o’sib bormoqda. 1994 yil
o’zaro tovar ayirboshlash 121,8 million so’mni tashkil etdi. I.Karimovning 1995
yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog’ida Prezident A.Brazauskas bilan O’zbekiston
Respublikasi bilan Litva Respublikasi o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni
rivoj-lantirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi qo’shma Deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek O’zbekistan hukumati bilan Litva hukumati o’rtasida ta’lim,
fan va
texnika, sayyohlik, madaniyat va san’at, savdo-iqtisodiy, havo yo’li va havo
transporti sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi kurash
borasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Litvadan elektr uskunalar
va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut
mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, neft, rangli
metallar eksport qiladi. 1994 yilda o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6
million
so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2001 yilda bu ko’rsatkich uch barobarga ko’paydi.
O’zbekiston Litvaning transport-xo’jalik kommunikatsiyasi, dengiz yo’li, ayniqsa,
Klayped bandargohi orqali o’z mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 23-25 sentyabr kunlari Litva
Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga
ko’tardi.
Dostları ilə paylaş: