97
Lansetnik halqumining ikki yonidagi jabra teshiklari devori mayda qontomirlari bilan
qoplangan. Qontomirlari devorida gaz almashinuvi sodir bo‘ladi.
Baliqlarda jabralar nafas olish organi hisoblanadi. Baliqlar
suvda erigan kislorod bilan
nafas oladi. Ular og‘zi orqali yutilgan suv jabralarni yuvib, jabra
teshiklari orqali chiqarila
-
di. Jabralar jabra ravoqlaridan iborat
(6.10-rasm)
. Har bir ravoqning
keyingi tomonida och
qizg‘ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan. Jabra qilchalari suv bilan
oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda
kapillyar qontomirlar bilan qoplangan. Jabralardan o‘tayotgan suvdan kislorod jabra varaq lari
kapillyarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Baliq-
lar embrionlari dastlab tana yuzasi orqali nafas oladi, keyinroq ularda
nafas olish sistemasi
paydo boʻladi.
Avstraliya, Afrika va Janubiy Amerikada uchraydigan muguztishsimon baliqlar jabrasidan
tashqari qo‘shimcha o‘pkasi bilan atmosfera havosidan ham nafas oladi.
Bu narsa ushbu
baliqlar suv havzasi qurib qolganda omon qolishga yordam beradi.
6.10-rasm.
Baliqlarning nafas olishi.
Suvda va quruqlikda yashaydigan hayvon
-
lar oʻpka bilan
birga teri orqali ham nafas
oladi. Ularning o‘pkasi sodda tuzilgan bir juft
xaltachadan iborat. Xaltacha devorida va teri
-
da juda ko‘p kapillyarlar bor. Kapillyarlarda-
gi qonga atmosfera havosidan kislorod o‘tib
turadi.
Baqaning ko‘krak qafasi rivojlanmagan.
Shuning uchun nafas olayotganda tomog‘i
pastga tortilib va ko‘tarilib turadi. Tomoq
pastga tortilga nida havo burun teshigi va og‘iz
6.9-rasm.
Hasharotlarning traxeyalar orqali nafas olishi.
traxeyalar
traxeyalar
havo qopchalari
hujayralar
nafas teshigi
6.11-rasm.
Baqaning nafas olishi.
o‘pka
burun bo‘shlig‘i
burun teshigi
til
og‘iz
bo‘shlig‘i
suv
qontomirlar
jabra ravog‘i
O
2
CO
2
CO
2
O
2
jabra varaqlari
suv
suv