G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

2.14. Limbik tizim 
Limbik tizim deganda hissiyotlarni, xotira va ta'lim olish jarayonlarini 
shakllantiradigan bir qator po‗stloq va po‗stloq osti strukturalar tushuniladi. Limbik 
tizim strukturalariga quyidagilar kiradi: gipotalamus, talamusning oldventral yadrosi, 
belbog‗ pushti (singulyar po‗stloq), gippokamp, gipotalamusning mamillyar tanasi, 
svod, to‗siq, miyaning peshona qismining bazal qismida joylashgan orbito-frontal 
po‗stloq va bodomsimon tana (37-rasm). 


94 
37-rasm. Limbik tizimning tuzilishi. 
Hissiyotlarning rivojlanishida miyaning turli tuzilmalarini ahamiyati juda 
kattadir. Hissiyotlarning vujudga kelishi gomeostazni ta'minlovchi va fiziologik 
ritmlarni boshqaruvchi tuzilmalarga bog‗liq. Masalan, och yirtqich hayvon ovqatga 
bo‗lgan ehtiyojini qondirish, ya‘ni gomeostazni saqlash uchun o‗zidan kichikroq 
hayvonga hujum qiladi va o‗zidan kuchliroq hayvonning tajovuzidan qo‗rqib, 
vahimaga tushadi va undan o‗zini olib qochadi. Hissiyotlarga tegishli miya 
tuzilmalaridan eng muhimi limbik tizimdir. Bu tizimga talamusning oldingi yadrolari 
va sal pastroqda joylashgan gipotalamus kiradi. Hissiyotlarni qo‗zg‗atuvchi vegetativ 
reaksiyalarni gipotalamusning ma‘lum qismlari yuzaga chiqaradi. O‗rta miyaning yon 
qismlarida chuqur joylashgan bodomsimon yadro, u bilan yonma-yon turgan 
gippokamp ham limbik tizim tarkibiga kiradi. Gippokamp va limbik tizimning 
boshqa tuzilmalarini belbog‗ pushta o‗rab turadi. Deyarli barcha analizatorlardan 
miya po‗stlog‗iga chiquvchi afferent impulslar limbik tizimning birorta 
tuzilmalaridan o‗tadi. Po‗stloqdan periferiyaga yo‗l olgan impulslar ham o‗z 
navbatida bu tuzilmalardan o‗tadi.


95 
Bodomsimon yadroni elektr toki bilan bevosita ta‘sir etilsa g‗azablanish, 
qo‗rqish va tajovuz hissiyotlarni hosil qiladi. Bu yadroni gippokamp bilan birga 
qo‗shib olib tashlash tajovuzkor maymunlarni yuvvosh va ishonuvchan qilib qo‗yadi. 
To‗rsimon tuzilma va po‗stloq osti yadrolari (qora substansiya) ham 
hissiyotlarni rivojlanishida faol ishtirok qiladi. Katta yarimsharlar po‗stlog‗ining 
talamus bilan bevosita bog‗langan peshona sohalari hissiyotlar uchun katta 
ahamiyatga ega. 
Miyaning limbik tizimi emosiyani asab substrati bo‗lib xizmat qiladi. Bularga 
po‗stloqni qadimiy va qari sohalari, hamda miyaning yangi po‗stlog‗i (limbikli, 
orbitalli, chakkani bir qismi), oraliq miyani katta qismi, to‗rsimon hosilalar, yoki 
retikulyar (to‗rsimon) formasiya va o‗rta miyalar kiradi. Limbik hosilalar ko‗pincha 
limbik tizimni hosil qiladi. Miyaning barcha limbik strukturalarini morfologiyasi va 
faoliyati bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Limbik strukturalarning ichki tomonida 
joylashgan bir necha doiralarni ko‗rish mumkin. Bu doiralar: bodomsimon tana – 
oxirgi tasma – gipotalamus – bodomsimon tana; gippokamp – to‗plam – to‗siq -
so‗rg‗ichsimon tana – Vik-d-‘Azira tutami – talamusning oldingi yadrosi (ko‗rish 
bo‗rtig‗i) – belbog‗ jo‗yagi – to‗plam – gippokamp (Peyps doirasi) orqali qo‗zg‗alish 
uzoq vaqt davomida aylanib yurishi mumkin. O‗zida ko‗plab yuqoriga ko‗tariluvchi 
va pastga tushuvchi yo‗llarga ega bo‗lgan o‗ziga xos tuzilma - oldingi miyaning 
medial tutami retikulyar formasiya bilan birgalikda kuchli yopiq tizimni tashkil 
qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin