G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


-rasm. MAT motoneyronlaridan impulsni effektorga uzatilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

4-rasm. MAT motoneyronlaridan impulsni effektorga uzatilishi. 
ma‘lum bo‗ldi. Hosil bo‗lgan impulslar ishchi a‘zolarga o‗tkaziladi. Asab
markazining doimo qo‗zg‗algan holatida bo‗lishligi uning tonusi deb ataladi;
10) 
asab markazining labilligi.
Asab tolalarida qo‗zg‗alish asab markazidagina 
nisbatan tez hosil bo‗ladi va tez yo‗qoladi. Bu hol asab tolasiga nasbatan sinaps 
labilligini yuqoriligiga bog‗liq. Markazdagi har xil neyronlarning labilligi bir xil 
emas. Masalan, orqa miyaning motor neyroni impulslarni soniyasiga 200-300 tasini 
o‗tkazsa, kontakt neyron esa 1000 tagacha o‗tkazadi. Interneyronlarning labilligi 
efferent neyronnikiga qaraganda ancha past bo‗ladi;
11) 
asab markazining ishiga kimyoviy moddalarning ta’siri.
Asab markazlari 
qonning to‗qima suyuqligini kimyoviy tarkibidagi o‗zgarishlariga nisbatan juda ham 
sezgir. Kislorod bilan ta'minlanishning pasayishi asab markazining
qo‗zg‗aluvchanligini yo‗qolishiga olib keladi. Turli asab markazlarining kimyoviy 
moddalar ta‘sirini sezish qobiliyati bir xil emas, kislorod kelishi kamaygach yoki 
to‗xtagach 5-6 daqiqadan so‗ng miya po‗stlog‗ining, 15-20 daqiqadan keyin miya 
ustunining, 20-30 daqiqa o‗tgach, orqa miyaning asab hujayralari halok bo‗ladi. 
Zaharli moddalar asab markaziga turlicha ta‘sir qiladi.
Strixnin tormozlovchi sinapslar ishini to‗xtatib, asab markazining 
qo‗zg‗aluvchanligini oshiradi, xloroform esa avval qo‗zg‗aluvchanlikni oshirib, 
so‗ngra pasaytiradi. Apomorfin qusish markazini, dobelin nafas markazini, korozol 
harakat asab markazini qo‗zg‗atadi;
12) 
asab markazining plastikligi.
Asab markazi o‗zining vazifasini tana azosini 
vazifasiga bog‗liq ravishda o‗zgartirishi mumkin. Bu qobiliyat markazning 
plastikligi


16 
deb ataladi. Masalan, itning diafragma va oyoq mushagiga keluvchi motor asablarini 
kesib, ularni almashtirib bir-biriga ulansa, ya‘ni miyadan chiqqan diafragma asabini 
oyoq motori asabiga, miyadan chiqqan motor asabini esa diafragmaga ulansa ularning 
faoliyatlari to‗liq tiklanadi, chunki motor va diafragma asablari o‗zlariga xos 
bo‗lmagan yangi vazifani bajara boshlaydi (5-rasm)
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin