101
Vertikal pozitsiyani belgilash VALIGN parametri TOP (yuqori qirra
bo‗yicha), BOTTOM (pastki qirra bo‗yicha), MIDDLE (markaz bo‗yicha),
BASELINE (baza liniyasi bo‗yicha), MIDDLE (standart holatda) qiymatlarini
qabul qilib olishi mumkin. Baza liniyasi bo‗yicha pozitsiyani belgilash hamma
yacheykalardagi alohida satr matnlarini bitta
liniyaga birlashtirishni
ta‘minlaydi.
Misol keltiramiz. Bu misolda berilgan jadval ma‘lumotlari birinchi ustun
yacheykalarida o‗ng tomonga, ikkinchi ustunda markazga, uchinchi ustunda esa chap
tomonga pozitsiyalangan:
jadval elementlarini rostlash
yacheyka 1 |
yacheyka 2 | yacheyka 3 |
yacheyka 4 |
yacheyka 5 | yacheyka 6 |