217
Shunday ekan, mazkur korxona uchun ko‘rsatkichini qanday aniqlash mumkin? Yagona usul –
o‘tgan yillar ma'lumotlaridan foydalanish. Tahlil qilinayotgan korxona va o‘rtacha bozor foydaliligi
taqqoslama ma'lumotlari bo‘yicha tegishli to‘g‘ri chiziqli regression bog‘liqlik yaratiladi. U korxona
va o‘rtacha bozor foydaliligining korrelyasiyasini aks ettiradi. Bunday bog‘liqlikning regression
koeffitsienti - omilni baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda modeli.
Shaxsiy kapital qiymatini baholashning ushbu modeli
dividendlar kattaligiga emas, aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rsatkichiga asoslanadi. Ko‘pgina
investorlarning fikricha, aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda kattaligi, u dividend shaklida to‘lanadimi
yoki investorlarga kelajakda foyda olib kelish maqsadida qayta investitsiyalanadimi, aksiyadorlar
oladigan real daromad hisoblanadi.
Ushbu modelga muvofiq shaxsiy kapital qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
, (4.3)
Bu yerda: P – bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda kattaligi;
R – bitta aksiyaning bozor narxi.
1>
Dostları ilə paylaş: