Faktura - molning narxi ko‘rsatilgan tavsifidan hamda barcha yuk ma'lumot-laridan iborat mol
hujjatlari turlaridan biri
Fakturalarni diskontlash - molning narxi ko‘rsatilgan tavsifidan hamda barcha yuk
ma'lumotlaridan iborat mol hujjat-larini vaqtga ko‘ra taqqoslanadigan o‘lcham-larga keltirish
Falsifikatsiya - 1. mollar va mahsulotlarni qalbakilashtirish;
2. dalillar va voqyealarni buzib ko‘rsatish;
3. me'yoriy pul birligi tarkibidagi asl metall mikdorini kamaytirish
Farmoyishli akkreditiv - bankning kelishilgan eng yuqori summagacha bo‘lgan mijoz o‘tkazma
veksellarini to‘lash haqida xorijdagi o‘z vakillariga bergan ko‘rsat-masi
Fillips egri chizig‘i - mamlakatdagi inflyasiyaning o‘rtacha darajasi va ishsizlik darajasi
o‘rtasidagi bog‘liklikni aks ettiruvchi chiziq
Foizli marja - aktiv va passiv operatsiyalar foiz stavkalari o‘rtasidagi farq
Foizli svop - tomonlardan birining foizlar o‘rtasidagi farqdan foyda ko‘rish maqsadida ikkinchi
tomonga belgilangan stavka asosida foiz olish evaziga libor stavkasi bo‘yicha foiz to‘lash
majburiyatini zimmasiga olishi
Foizli spred - aktivlar va passivlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari o‘rtasidagi farq
Foizli fyucherslar - kredit vositalari bilan tuzilgan muddatli birja bitimlari
Fond arbitraji - bitta qimmatli qog‘ozning turli fond bozorlaridagi kurs-lari o‘rtasidagi farq
hisobidan foyda ko‘rish maqsadida tuzilgan bitim
Forvard bitimi - muayyan muddatda yetkazib berish majburiyati asosida tuzilgan naqd mol
bitimi
Forvard valyuta kursi - valyutaning muddatli bitimlar bo‘yicha kursi
Forvard valyutasi - muddatli bitimlarni amalga oshirishda foydala-niladigan valyuta
Forvard obligatsiyasi - obligatsiya xarid qilish va sotish bo‘yicha kelgusi sanada ijro etiladigan
shartnoma