Reja: Mehnat xavfsizligi ishlarini tashkil etishdagi mutaxassis va rahbar shaxslaming


Mehnat xavfsizligi bo’yicha me’yoriy-axbarot ta’minot tizimi



Yüklə 150,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix24.12.2023
ölçüsü150,2 Kb.
#191828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5.4.Mehnat xavfsizligi bo’yicha me’yoriy-axbarot ta’minot tizimi
Me’yoriy axborot ta’minot tizim xizmati korxona rahbarlari va bo’limlarni 
(mehnat xavfsizligi bo’yicha) qo’llanmalar, mehnat xavfsizligi ishlarini boshqarish 
va javobgarligi bo’yicha standartlar va buyruqlar, profilaktika, tibbiy ko’rigini 
o’tkazish, xavfsiz mehnat bo’yicha korxona standartlarini ishga joriy qilish, o’ta 
xavfli uskunalarni biriktirish, mehnat xavfsizligi holati va uni yaxshilash chora-
tadbirlari bilan shug’ullanadi. U har yili xavfsiz mehnat xavfsizligi masalalari 
bo’yicha o’qitish va bilimlarni tekshirish, ishchi joylarini attestatsiya qilish va 
oqilona takliflar kiritish, mehnat xavfsizligi bo’yicha ko’rik-tanlovni o’tkazish 
hamda tashkil qilish, o’ta va yuqori darajada xavfli ishlardagi ishchilarni qayta 
attestatsiyadan o’tkazish, shuningdek ayrim turdagi ishlarni xavfsiz bajarilishini 
tashkil etishni ta’minlaydi. 
213-
 
modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish 
huquqi 
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o ’tkazishda 
xodimni mehnat sharoitlari to ’g ’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa 
kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog ’liq holda unga beriladigan imtiyoz 
va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi 
kerak. 
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va 
ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot 
berishi shart. 
(Ozbekiston respublikasi MK).
Xo’jaliklar standartlarni o’z ixtiyori bilan bir martalik so’rovlar yoki blank-


buyurtma orqali doimiy ro’yxatga olingan abonementga asosan olishi mumkin. 
Tarmoq standartlarini xo’jaliklar talabnomasiga yoki bir martalik so’rovga asosan 
tarmoq standartlari ko’rsatkichlariga ko’ra olishlari mumkin. 
Namunaviy qo’llanmalar ishlab chiqishga me’yoriy asos bo’lib mehnat 
bo’yicha respublikamizning qonunlari, standartlar tizimi, me’yorlar, qoidalar va 
boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Namunaviy qo’llanma, xavfsizlik talablari, 
korxonaning texnologik hujjatlari va aniq sharoitlar ishchilar uchun asos bo’lib 
hisoblanadi. Ishchilar tomonidan qo’llanmalardagi ko’rsatmalarning bajarilishini 
nazorat qilish xo’jalik ma’muriyati va kasaba uyushmasi zimmasiga yuklanadi. 
Xo’jalik rahbariyatining buyrug’i yoki farmoyishlari yangi qo’llanmalarni 
ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Qo’llanmalar bo’lim rahbarlari 
tomonidan ishlab chiqiladi, unga rahbarlikni esa tarmoq boshliqlari olib boradi. 
Ishchilar uchun qo’llanmalarning o’z vaqtida ishlab chiqilishi, qaytadan ko’rib va 
tekshirib chiqilishini nazorat qilinishi mehnat xavfsizligi xizmati tomonidan olib 
boriladi hamda ularning o’zlari uslubiy yordam ko’rsatadilar. 

Yüklə 150,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin