Ма *lumot-axborot hujjatlari
Sud-tibbiyot ekspertizasiga
y o ‘llanma olish uchun ariza namunasi
23-ilova
Toshkent shahri Shayxontohur tumani
Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘iga
100108, Beruniy ko‘chasidagi
18-uyda yashovchi
Ramil Aynitdinovich Sharafitdinovdan
ARIZA
Menga fuqaro Andrey Fyodorovich
Nikolayev tomonidan
yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash va tas-
diqlatib olish uchun sud-tibbiyot ekspertizasiga yo‘llanma beri
shingizni so‘rayman.
(imzo)
R. Sharafitdinov
_____________________________________ 2019-yil 12-iyun
Muayyan shaxsning bedarak у о ‘qolganligi munosabati
bilan yoziladigan ariza namunasi
2 4-ilova
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani
Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘iga
Gulbahor shaharchasi Furqat
ko‘chasi 8-uy, 15-xonadonda
yashovchi Yaxshiboy Sariboyevdan
ARIZA
Otam, 1947-yilda tug‘ilgan
Mengliboy Sariboyev, 2019-yil
15-fevral kuni taxminan soat 17:00 larda uydan chiqib ketib, qay-
tib kelmadi. U parishonxotirlik kasaliga uchragan va doim mazkur
manzilda yashab kelgan.
Belgilari: o‘rta bo‘y,
dumaloq ajindor yuzli, qirraburun,
ko‘zlari qora, oldingi ikki tishi sariq metalldan qo‘yilgan.
Qora palto,
kulrang telpak, kalish-mahsi, to‘q ko‘k kostyum-
shim kiygan.
M. Sariboyevni qidiruv chorasini ko‘rishingizni so‘rayman.
(imzo)
Y.
Sariboyev
__________________________________ 2019-yil 16-fevral
176
Ariza
Ov m iltig‘i sotib olishga ruxsat
s o ‘rash arizasi namunasi
25-ilova
Toshkent
viloyati Chinoz
tumani Milliy gvardiya
boshlig‘iga shu tumanning
Eiobod qishlog‘ida yashovchi
Mahmudjon Matkarimovdan
ARIZA
Menga 16-kalibrli qo‘sh quvurli ov miltig‘i sotib olishga
ruxsat berishingizni so‘rayman. 027632
raqamli ovchilik chip-
tasiga egaman.
Dostları ilə paylaş: