66
F
g
C
h
x
g
s
)
(
1
(9)
SHunday qilib qalqovichli sath o‘lchagichning statik tavsifi chiziqlidir, bu erda uning sezgirligi
F
ni orttirish bilan yoki ilgakning bikrligi
C
ni kamaytirish bilan orttirilishi mumkin.
(9) ifodadan ko‘rinib turibdiki, konkret sath o‘lchagichdan foydalanganda qo‘shimcha xatoliklar
ushbu
C, F, ρ
s
-ρ
g
kattaliklarning o‘zgarishi hisobiga paydo bo‘lishi mumkin.
SHu kattaliklarning
o‘zgarishiga idishdagi harorat va bosimning
o‘zgarishi sabab bo‘ladi, bu erda,
ρ
s
-
ρ
g
ayirmaning o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan
xatolik eng katta bo‘ladi.
5–rasmda davriy cho‘kadigan
qalqovichli
sath o‘lchagichning sxemasi ko‘rsatilgan. Bu
asbob
ko‘rsatishlarni
pnevmatik
usulda
masofaga uzatadi. Qalqovich 1 torsionli naycha
3 uchiga o‘rnatilgan richag 2 ga osilgan.
Qalqovich o‘z og‘irligi bilan torsionli naycha va
uning ichidagi po‘lat sterjen 4 ni buradi, burilish
burchagi
sath
o‘zgarganda qalqovichning
o‘zgaradigan og‘irlik kuchiga mutanosib.
Qalqovich shunday og‘irlikka egaki, u
suyuqlikka
batamom
cho‘kkanda,
qalqib
chiqmaydi. Sterjen 4 ning bo‘sh uchida
pnevmoqurilma 7 ning zaslonkasi (to‘siq) 5
mahkamlangan. Torsionli
naychaning sterjeni
burilganda to‘siq soplo 6 ga nisbatan shu burilish burchagiga teng burchakka siljiydi. Pnevmoqurilma
7 to‘siqning burchakli siljishini ikkilamchi asbob 8 orqali o‘lchanadigan bosimning mutanosib
o‘zgarishiga aylantiradi. Bosim o‘lchaydigan asbobning shkalasi 8 sath birligida darajalangan.
Suyuqlik sathni masofadan o‘lchash uchun kuch kompensatsiyasi
prinsipiga asoslangan,
o‘zgarmas tokning 0-5 va 0-20 mA unifikatsiyalangan chiqish signaliga (UB-E rusumli) yoki 20...100
kPa havo bosimiga mo‘ljallangan (UB-P rusumli) qalqovichli sath o‘lchagichlari qo‘llaniladi va
qalqovichli sath o‘lchagichlarining o‘lchov chegarasi ushbu qatordan tanlanadi: 0—0,25; 0,4; 0,6; 1,6;
2,5; 4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik sinfi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 bo‘lishi mumkin. Hisob-kitob
amallari uchun sath o‘lchagichlar asosiy xatoliklari ±1,0 dan 10,0 mm gacha bo‘ladigan
qilib
tayyorlanadi.
Agressiv suyuqliklar sathni o‘lchashda qalqovich korroziyaga bardosh materialdan tayyorlanadi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va b.) suyuqlashtirilgan
gaz sathini o‘lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400 °C gacha bo‘lgan haroratda muhitni nazorat
qilishda ham foydalaniladi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega: qurilma sodda, o‘lchash chegarasi katta,
aniqligi
etarlicha katta, agressiv muhitlar sathini o‘lchash mumkin, o‘lchashning harorat chegarasi
keng. Ularni qo‘llanishni chegaralovchi kamchiliklari:
idishda qalqovich borligi, metall ko‘p ketishi,
kinematik qismlari borligi sababli etarlicha mustahkam emasligi, idishlarda
bosim ostida sathni
o‘lchash qiyinchiliklari.
Dostları ilə paylaş: