Fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha



Yüklə 28,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü28,86 Kb.
#192598
  1   2
Referendum - Vikipediya



Referendum
Referendum
(lotincha: 
referendium
) bu
fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy
koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha
ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini
bevosita bildirishlaridir. Umumxalq ovoz
berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va
davlat ahamiyatiga molik eng muhim
masalalarni hal qilish shakli. Bevosita
demokratiyaning muhim vositasi.
Referendumning saylovlardan asosiy
farqi shundaki, referendum


oʻtkazilayotganda biron bir lavozimga
nomzod yoki nomzodlar roʻyxati uchun
ovoz berilmaydi, balki unda muayyan
masala — qonun, qonun loyihasi,
konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar,
mamlakatxalqaro maqomiga taalluqli
yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol
qoʻyiladi. Saylov natijalari majoritar tizim
boʻyicha ham, proporsional tizim boʻyicha
ham aniqlanishi mumkin boʻlsa,
referendum natijalari faqat majoritarizm
(mutlaq koʻpchilik ovozini hisoblash)
tamoyillari asosidagina aniqlanishi
mumkin. Referendum ning oʻziga xos
shakli plebissit hisoblanadi. Ayrim
mamlakatlar (Mas, Fransiya)da plebissit
referendumga nisbatan birmuncha


kengroq tushuncha hisoblanadi. Baʼzi
mamlakatlar (Mas, AQSH)da esa
plebissit bilan referendumni
farqlamaydilar. Hozirgi zamon
davlatlarining konstitutsiyaviy huquqi
referendum va uni oʻtkazishning turli xil
koʻrinishlarini nazarda tutadi.
Referendumlar butun davlat hududida
oʻtkaziladigan umumilliy referendum va
alohida federatsiya subʼyektlari yoki
maʼmuriyhududiy birliklarda
oʻtkaziladigan mahalliy referendumga
boʻlinadi. Konstitutsiyaga yoki qonunlarga
taallukdi referendum oʻtkazilishi mumkin.
Birinchi holda yangi konstitutsiya loyihasi
yoki konstitutsiyaga qilinadigan
oʻzgartirish va tuzatishlar boʻyicha


referendum oʻtkazilsa, ikkinchi holatda
qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun
boʻyicha referendum oʻtkaziladi. Huquqiy
ahamiyati jiqatdan maslahat
referendumlari (xalq soʻrovi deb ham
ataladi) va hal qiluvchi referendumlar
boʻladi. Maslahat referendumlari biron bir
masala yuzasidan saylovchilarning
irodasini aniqlab olish boʻyicha oʻtkazilib,
ana shu asosida davlatning boshqa
organlari qaror chiqaradi (bunday
referendumlar Shveysariya, Ispaniyada
oʻtkaziladi). Hal qiluvchi referendumlarda
biron-bir masala uzilkesil qaror chiqarish
uchun saylovchilar ovoziga qoʻyiladi.
Shuningdek, majburiy va fakultativ
referendumlar boʻladi. Referendumlar


oʻtkazish zarurati konstitutsiya yoki
boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatda
koʻrsatilgan boʻlsa (Mas, konstitutsiya
oʻzgartiriladigan holda) majburiy
referendum oʻtkaziladi. Fakultativ
referendumlar tegishli davlat organi yoki
saylov korpusi irodasiga bogʻliqholda
oʻtkaziladi.
„Oʻzbekiston Respublikasining
referendumi toʻgʻrsida“gi qonun (dastlab
1991-yil 18 noyabrda qabul qilingan,
2001-yil 30 avgustda yangi tahrirda qabul
qilingan)ga koʻra, Oʻzbekiston
Respublikasining referendumi Oʻzbekiston
Respublikasining krnunlarini va boshqa
qarorlarini qabul qilish maqsadlarda


jamiyat va davlat hayotining eng muhim
masalalari yuzasidan fuqarolarning
umumxalq ovoz berishidir. Referendumda
qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga
ega boʻladi va faqat referendum yoʻli
bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi
mumkin. Referendum Oʻzbekiston
Respublikasining butun hududida
oʻtkaziladi. Referendumni oʻtkazish
tashabbusi bilan: Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarolari;Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi; Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenta chiqishi mumkin.
Referendumda ishtirok etish huquqiga
ega boʻlgan (18 yoshga toʻlgan)
Oʻzbekiston fuqarolari umumiy sonining
kamida 5 foizini tashkil etgan fuqarolar


imzosi toʻplangan (bunda imzo chekkan
fuqarolar miqdori har bir
maʼmuriyhududiy tuzilma boʻyicha bir
tekis va mutanosib ravishda
taqsimlangan) boʻlsa; Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
aʼzolarining uchdan ikki qismining ovozi
bilan, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining asoslantirilgan talabi bilan
referendum oʻtkazilishi mumkin. Kuyidagi
masalalar referendum predmeti boʻlishi
mumkin emas: Oʻzbekiston
Respublikasining hududiy yaxlitligini
oʻzgartirish; Oʻzbekiston Respublikasi
davlat byudjeti va soliklar; amnistiya va
afv etish; jamoat tartibini, aholi sogʻligʻi va
xavfsizligini taʼminlash boʻyicha


favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar
oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalaridan kelib
chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
mansabdor shaxslarni tayinlash va
vazifasidan ozod etish. Referendum
yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi tarixida 1marta
1991-yil 29 dekabrda referendum boʻlgan.
Bu referendumda „Oʻzbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi
asoslari toʻgʻrisida“ UzR Oliy
Kengashining 1991-yil 31 avgustdagi
Konstitutsiyaviy qonuni toʻgʻri qabul
qilinganligini Oʻzbekiston xalqi bir
ovozdan maʼqulladi. 2002-yil 27 yanvarda
Oʻzbekiston Respublikasida 2 palatalik


parlamentni shakllantirish va Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining
konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5
yildan 7 yilga oʻzgartirishga bagʻishlangan
referendum boʻlib oʻtdi. Bu referendumlar
Oʻzbekistonda demokratiya
mustahkamlanib borayotganini
koʻrsatadi
[1]
.
Referendum — bevosita demokratiyaning
muhim instituti boʻlib, umumdavlat
hamda har bir fuqaro uchun muhim
boʻlgan qarorlarni qabul qilinishida
jamiyatning qatnashishini taʼminlaydi.
Referendumning oʻtkazilish jarayonining
qoida va shartlari har bir davlatning


konstitutsiyasi va qonunchiligi tomonidan
belgilanadi.
1. 

Yüklə 28,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin