novateurpublication.org glikogen sintez qilinishini ham kuchaytiradi. Glyukagon eg’ kislotalarining jigarda
sintezini tormozlaydi va jigar lipazasini faollashtirib, yog’lar parchalani-shiga
sharoit yaratadi.Glyukagon yurak muskul tolalari qo’zg’aluvchanligini
o’zgartirmasdan, ularning qisqaruvchanligini oshiradi.
Shunday qilib, glyukagon ta’siri ostida metabolizmda quyidagi o’zgarishlar sodir
bo’ladi: 1) jigar va mushaklarda glikogenoliz faollashadi;
2) glyukoneogenez faollashadi;
3) lipoliz faollashadi va yog’lar sintezlanishi pasayadi;
4) jigarda keton tanachalari sintezi kuchayadi va ularning oqsidlanishi
sekinlashadi;
5) to’qimalarda, ayniqsa jigarda oqsil parchalanishi va siydikchil hosil bo’lishi
kuchayadi.
Me’da osti bezidagi beta-hujayralar uzluksiz ravishda insulin ishlab chiqa-radi,
ammo insulin sekresiyasining jadalligi doimo bir xil emas. Insulin va glyukagon
sekresiyasi qondagi glyukoza miqdori bilan boshqariladi. Qonda glyu-koza
miqdorining oshishi insulin ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Qonda glyukozaning
kamayishi esa insulin sekresiyasini tormozlab, glyukagon sekresiyasini
kuchaytiradi. Me’da osti bezidagi alfa- va beta-hujayralarga glyukoza bevosita ta’sir
etadi. Hazm jarayoni vaqtida insulin hosil qilish kuchayadi, nahorda esa kamayadi.
Hazm jarayonida insulin sekresiyasining kuchayishi tufayli ichak devorlaridan
hujayralarga qon bilan keltirilgan glyukozadan glikogen hosil bo’ladi.
Insulinning qondagi konsentrasiya faqat uning sekresiyasiga bog’liq
bo’lmasdan, insulinning parchalanishiga ham bog’liqdir. Jigar va skelet muskul-
laridagi insulinaza fermenti insulinni parchalaydi. Jigardagi insulinaza ayniqsa
faoldir. Qon jigardan bir marta oqib o’tganda undagi insulinning 50% igacha
parchalanadi. Bundan tashqari insulin uning qondagi antogonistlari tomonidan
nofaol holatga o’tkaziladi. Ulardan biri sinalbumin insulinning membrana
o’tkazuvchanligiga ta’sirini to’xtatib qo’yadi. Somatotropin va buyrakusti
gormonlari ham qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi.
XIX asrning oxirida me’da osti bezi olib tashlangan itda 4-5 soatdan so’ng
siydik bilan qand ajratilishi aniqlangan. Siydik bilan qand yo’qotilishi oqibatida
hayvon ozib qoladi, ko’p suv ichadi va ovqat yeydi. Mazkur itga me’da osti bezi
ko’chirib o’tkazilsa bu o’zgarishlar yo’qoladi. Odamda ham me’da osti bezi
gormonal funksiyasi pasayganda qandli diabet rivojlanadi. Glyukozaning qondagi
miqdori sog’lom kishida taxminan 80-100mg% (0,8-1,0 g\l eki 4,4-6,6 mmol\l)
bo’ladi. Qandli diabet hastaligida qonda glyukoza miqdori 200mg% gacha va undan
ham ko’pga oshadi (giperglikemiya). Buning sababi shundaki, qonga o’tgan
glyukoza to’qimalar tomonidan o’zlashtirilmaydi va jigar glikogeniga aylanmaydi.