Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
to`qima suyuqliklari (21 % ga yaqin) va qon plazmasi (8%) tarkibiga kiradi. 
Metabolizm jarayonida oqsillar, karbonsuvlar va yog’lar oksidlanishi oqibatida 320 
ml suv hosil bo`ladi. Teri va al’veolalar yuzasidan bug’lanish orqali orga-nizm 600 
ml suv yuqotadi. Siydik bilan ham shuncha suv va najas bilan 100 ml suv ajratiladi. 
Demak, bir kecha-kunduzgi minimal talab 1700 ml suvni tashkil etadi.
 
Iste`mol
qilinadigan suvning miqdori va undagi tuzlar tarkibining o`zgarishi ovqat hazm
qilish jarayonining buzilishiga qon yaratilishiga salbiy ta`sir etadi. 
Odam organizmi asosan suvdan iborat bo`lib, suv umumiy tana massasining 60-
75 % ni tashkil etadi. Odam suvsizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi.
Odam gavdasining og’irligiga nisbattan 2 % chamasida (1-1,5 l) suv yo`qosa, 
tashnalik kelib chiqadi. Bordi-yu 6-8 % yo`qotsa, chala hushdan ketish holati va
10 % yo`qotsa, galyutinasiya paydo bo`ladi ya`ni yutinolmay qoladi, 12 % dan
ortiq yo`qosa, odam halok bo`ladi.
Hayvonlarda 20 -25 % suv yo`qosa o`ladi. Odamning suvga bo`lgan ehtiyoji
ishining jadalligi, tashqi muhit sharoitlari va ovqatdagi tuz miqdoriga qarab
bir kecha - kunduzga 2-4 l ni tashkil etadi. Bir kecha kunduzgi o`rtacha suv
istemoli 2,5 l. ehtiyojdan ortiq-cha ichilgan suv yurak tomir sistemasiga zo`rlik
qiladi.
Organizmga suv kirishi chanqoqlik sezgisi bilan namoyon bo`ladigan orga-nizm 
talabi tomonidan boshqariladi. Chanqoqlik gipotalamusdagi ichimlik mar-kazi 
qo`zg’alganda vujudga keladi. Chanqoqlikni bostirishda suvning mutlaq miqdoridan 
tashqari uning ta`mi muhimdir. Ko`k choy, mevalardan tayyorlangan kompotlar, 
meva sharbatlari, kvas chanqoqlikni yaxshi bostiradi. Issiq iqlim sharoitida suv 
iste`mol qilishning to`g’ri rejimi muhimdir. ertalab nisbatan ko`prok choy ichib, 
organizmda “ suv deposi “ ni hosil qilish kerak. Kunning issiq qismida ichishni
cheklash zarur.
Ko`p terlab ko`p tuz yo`qotilishiga va organizmning bo`shashiga sabab
bo`ladi. Suvdagi meneral tuzlar tarkibining ahamiyati muhim. Odam bir litr
suv tarkibida 2 g gacha miqdorda meneral moddasi bo`lgan suvni istemol qi-
ladi. Miqdori jihatdan kam, lekin organizmning ko`pgina fiziologik jarayon-
larida katta rol o`ynagan moddalarning ahamiyati muhim.Masalan, tarkibida 0,6
mg\l miqdordan kam ftori bo`lgan suvni uzoq vaqt ichilsa, tish chirishi kasa-
ligining paydo bo`lishiga, tarkibida 0,1-1,5 mg\l va undan ortiq miq-dorda ftori
bo`lgan suv istemol qilinsa tish filyuorozi (dog’lanishi) ga olib keladi.
Suv-organizm hujayralari va to`qimalarining asosiy komponenti.Suv- 
ko`pchilik organizm uchun katta biologik ahamiyatga ega: moddalar erituvchisi, 
uning yordamida lipid va oqsillarning dispers shakllarini hosil bo`lishi uchun sharoit 
yaratiladi, ko`pchilik biokimyoviy reaksiyalarning asosiy, ayrimlarining esa 


74 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin