211
7. KEYINGI AVLOD TARMOG‘I
7.1. Axborot kommunikatsion texnologiyalari xizmatlarini
rivojlantirish
XX asrning ikkinchi yarmida uzoq vaqt “axborot” tushunchasi
xabarlarni oddiy uzatishga tenglashtirilgan. Axborotni qandaydir katta va
mustaqil sifatida ko‘rib chiqish mumkin degan g‘oya, “soxta ilm” deb
tanilgan - kibernetika bilan birgalikda vujudga keldi. U istalgan tizimning
barqarorligi va yashovchanligini ta’minlaydigan boshqarish va rivojlanish
jarayonlariga bevosita munosabatga egaligini isbotlagan.
Bill Geytsning ta’kidlashicha: “O‘tgan asrning 80 - 90 yillarning
boshlarida sermazmun axborot juda qimmat edi, uni tahlil qilish va
tarqatish vositasi esa, mavjud emas edi. Biroq, bugun biz axborotni o‘z
vaqtida olishni, u bilan jamoaviy ishlashni va uning asosida qaror qabul
qilishni ta’minlaydigan axborotni ishlov berish yangi dasturiy vositalarga
va uni etkazib berishning samarali vositalariga egamiz. Ushbu vositalar
kuchli (quvvatli) bo‘lishiga qaramasdan, ishlatishda nisbatan oddiydir.
Texnologik revolyusiyaga erishish bilan umuman standartlashtirish bu
erda katta rol o‘ynadi. Birinchi marta “standart” dasturiy platforma bilan
birga qo‘shishda “standart” uskuna iqtisodiy samarali masshtablashni
ta’minlaydi, bu esa quvvatli kompyuter tizimini arzon va qulay qiladi.
Portativ terminal qurilmalar ko‘pligini tug‘diruvchi mikroprotsessor
revolyusiyasi “raqamli formatda” istalgan axbo- rotga ishlov berishni
hamma erda bo‘lishiga olib keldi, aloqa tizimlaridagi o‘sishni
ko‘rsatadiki, yaqinda ko‘chma raqamli qurilmalar biz bilan hamma erda
birga bo‘ladi. Bu qurilmalar boshqa raqamli qurilmalar va boshqa shaxslar
bi- lan doimiy aloqani ta’minlaydi, internet - texnologiyalardagi o‘sish
asosiy omil bo‘ldi. U istalgan foydalanuvchini umumjahon axborot
fazosiga ulanish imkonini ta’minlaydi. Bu hamma o‘zgarishlar jamida ham
biznes dunyosini, ham har kungi xayotimizni radikal o‘zgarishiga olib
keladi. Lekin bu ishni toza texnologik tomonidir.
Kommutatsiya tarmoqdan (nutqli aloqa uchun loyihalashgan) paketli
tarmoqqa o‘tishning bosh sabablari iqtisodiy xususiyati bo‘ldi, texnik
nuqta nazarida texnologik infratuzilmani unifikatsiya qilish bilan
asoslangan.
Dostları ilə paylaş: