240
Softswitch modelini amalga oshirish misollarini ko‘rib chiqamiz. Ulardan
biri Lusent Technologies kompaniyasining
Softswitch modeli yagona
tuzilmali Softswitch sanaladi, ikkinchisi esa,
mSwitch - keng tarqalgan
arxitekturaga ega.
Lusent Technologies
Lusent kompaniyasining (LSS) Softswitch modeli funksional tarzda
ikki qismdan iborat:
Tashqa qurilma bilan o‘zaro ishlash uchun javob beradigan
Softswitch modelning apparat qismi qurilmalar serveri (Device Server)
deb nomlanadi. Qurilmalar serveri aniq turdagi mediashlyuzlar (ATM
kommutatorlari, IP- telefoniya shlyuzlari) bilan o‘zaro
ishlashini hamda
signalizatsiyaning maxsus protokollari (7- sonli UKS (MTP ISUP - R),
SIP) bilan ishlashini quvvatlashi mumkin. U alohida turgan uskuna
ko‘rinishida yoki umumiy shassiga o‘rnatish uchun plata ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin.
Barcha bog‘lanishni o‘rnatish, nazorat qilish va uzib qo‘yish
funksiyalari alohida qurilma – chaqiruvlar serverida (Call Server)
bajarilishi mumkin. Bunday qurilmada chaqiruvlarni marshrutlash,
adreslarni hal etish to‘g‘risidagi
qarorlar qabul qilinadi, intellektual
perifiriya qurilmasidan olingan axborot asosida bog‘lanishlarni qayta
ishlash siyosati kuzatiladi.
LSS kompaniyasi Lucent ARX- 8000, ARX - 1000
va MAX TNT
shlyuzlari, shuningdek H.248 protokolini quvvatlaydigan boshqa ishlab
chiqaruvchilarning IP shlyuzlari bilan o‘zaro ishlashi mumkin. Softswitch
istalgan foydalaniladigan signalizatsiya tizimlari bilan ishlashi va turli
protokollar bilan o‘zaro ishlashi mumkinligi 7.9- rasmda ko‘rsatilgan.
LSS platformasi
maxsus serverlarda yoki SUN
Netras
serverlarida
qurilgan. LSS kompaniyasining barcha qurilmalari ishonchlilik uchun
nusxa olingan. Shunday qilib, LSS qurilmasi ikkita:
muhofaza qilingan
rejimda (nusxa olingan) va xizmat ko‘rsatuvchi asboblarning ikkilangan
soni bilan muhofaza qilinmagan rejimda konfiguratsiyalangan (tutgan
o‘rni) bo‘lishi kerak.
LSS negizida operatorlar intellektual tarmoqlarning xizmatlarini
abonentlarga ko‘rsatishi mumkin.
241
- IMT – Inter- Machine Trunk
- IPDC – Internet Protocol
Device Control
- JTAPI – Java Telephone Application Programming Interface
- IAD - Integrarlashgan imkoniylik qurilmasi
7.9- rasm. LSS kompaniyasining tarmoqli muhiti
Интеллектуал тармоқлар
хизмат платформаси
Хизмат
платформаси (CSP)
ISDN
PBX
Шлюз
APX-8000
Узоқлаштирилган
имконийлик
сервери
MAX TNT
LSS
IAD
LSS
Шлюз
APX-8000
УФТф
коммутатори
7-сонли
УКС
тармоғи
IP телефония
тармоғи
Интернет
провайдери
SIP
H.323
SIP
H.323
H.323
SIP
SIP
SIP JTAPI
H.248
IPDC
H.248
IPDC
IMT
7-sonli UKS
tarmog’i
Intellektual tarmoqlar
xizmatlari
platformasi
Xizmatlari platformasi
(SP)
UFTfT
kommutatori
APX-8000
shlyuzi
APX-8000
shlyuzi
MAX TNT
olisdagi
imkoniylik serveri
Internet
provayder
IP telefoniya
tarmog’i