Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Muallif:
I. Yakubjonov,
Qo`qon Davlat pedagogika
instituti Jismoniy ma‘daniyat kafedrasi
o’qituvchisi.
Taqrizchilar: A. Abdullayev - FarDU professor
A. Umarov – Qo`qon DPI p.f.n dosent 


KIRISH 
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining maqsadli siyosati evaziga jismoniy 
tarbiya va sport yanada rivoj topmoqda. Sportchilarni tayyorlash tizimi va 
tuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan Prezident Farmonlari va O’zbekiston 
Respublikasi Yazirlar Mahkamasining qator muhim qarorlari fikrimiz dalilidir. 
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivoj lantirish, yosh avlodni har 
tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga 
ko’tarilgan. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” va “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida (2015 yil 4 
sentyabr)” gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati” to’g’risidagi, qonunlar, 
“O’zbekistonda ommaviy sportni yanada rivoj lantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Prezident Farmoni va Yazirlar Mahkamasining aholini, ayniqsa yosh 
avlodni jismoniy tarbiya va sportga faol jalb qilishga oid bir qator qarorlari hamda 
Vazirlikning buyruqlari asosida olib borilmoqda. 
Bugungi kunda Respublikamizda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 
olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, va ma’naviy- ma’rifiy hayotimizdagi 
tub islohatlar taTim-tarbiya va sport-sog’lomlashtirish ishlarini ham mutlaqo 
yangicha mazmun, shakl va vositalarda tashkil etish, ular uchun yaratilgan mislsiz 
imkoniyatlardan yanada to’laroq foydalanib, o’sib kelayotgan yoshlarimizni 
Yatanga munosib farzandlar qilib tarbiyalashdek, o’ta muhim vazifalarni hal 
qilishga undaydi. 
Xalqaro sport maydonlarida o’z о’mini saqlab qolish va yanada yaxshilash 
uchun murabbiy va sportchi amaliyotda sportchilar tayyorlash tizimiga taalluqli 
bo’lgan biomexanika, fiziologiya va boshqa fanlarda erishilgan so’nggi ilmiy 
ishlanmalar natijalaridan foydalanishlari, dunyoning eng kuchli tennischilari 
tajribasini umumlashtirish asosida mashg’ulotning taraqqiy etgan uslublari tizimini 
muntazam ravishda o’zlarida takomillashtirib borishlari zarur. 
Mazkur o’quv-qo’llanma oliy ta’lim muassasalarining jismoniy madaniyat 
ta’lim yo’nalishi o’qituvchi va talabalari, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari, Olimpiya zaxiralari kollejlarining murabbiylari hamda o’quvchilariga 


mo’ljallangan. Unda talabalarning ta’lim jarayonidagi o’quv va uslubiy bilim, 
ko’nikma, keng ko’lami, tanlab olingan sport turida kasbiy mahoratni oshirish va 
kamolga etkazishda qanday usul va vositalar zarurligi kabi savollarga javob izlashda 
amaliy yordam beradi. 
Mazkur o’quv qo’llanma har bir o’quvchi va murabbiyga stol tennisining 
tarixi to’g’risida, trenirovka jarayonida texnik va taktik usullardan oqilona 
foydalanish, yosh tennischilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda 
psixologik tayyorgarlik hakida batafsil ma’lim olishda yordam beradi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin