BOSH OFITSIANT YOKI OFITSIANT MIJOZLARDAN KIMNING
QAERGA O’TIRISHI LOZIMLIGINI TAVSIYA QILADI VA UNING
BILAN BIRGA AXLOQ-ODOB YUZASIDAN QUYIDAGILARNI
AMALGA OSHIRISHI MUMKIN:
· o’tirishga taklif qilingan kishi stolini qulayroq qilib qo’yib berish;
·
avval ayollarni, so’ngra erkaklarni o’tqazish kerak, ayollar erkaklardan o’ng
tomonda, erkaklar stolning o’ng burchagida yoki ayolga qarama-qarshi
tomonda o’tirishi lozim;
·
ayol ofitsiant xizmat qilayotgan bo’lsa, u holda yoshi ulug’largagina
o’tirishda yordam qilishi mumkin;
·
bir joydan ikkinchi joyga o’tqazish mijozlar xohishi bilangina bo’lishi mumkin;
·
tayyorlanmagan stolga taklif qilish mumkin emas;
·
ish yuzasidan uchrashadigan mehmonlar qelsa, ularni ham o’zlariga qulay
joyga o’tqazish maqsadga muvofiqdir;
tabiiy gullar stolning markaziga qo’yiladi.