O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

Axborot 
ta’minotini 
o

rnatish 
va 
tashqi 
texnik 
diagnostikalash qurilmalarini ulash
. Dvigatel rusumni tanlash 
uning turkum belgilari: turi, rusumi, seriyasi, turkumi va xsusiyatlari 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida qidirish 
uchun, ishlab chiqarilgan yili, ishchi hajmi, kuch qurilmasining 
quvvati keltirilishi mumkin. Mashinani axborot ta’minot qurilmasi, 


163 
Bosch firmasi tomonidan yaratilgan universal programma ESItronik 
bilan ishlashini o’rnatish tartibini ko’rib chiqamiz. XIII rangli rasmda 
darchalarni joylashishi keltirilgan. Bu darchalar Case 2366 
rusumdagi don o‘ruvch kombayinning dvigatelini diagnostikalovchi 
boshqarish blokiga o‘rnatilgan. Tizimni diagnostikalash bo‘yicha 
kerakli 
axborotlar 
aniq 
turkumdagi 
mashinalarning 
TXK 
yo‘riqnomalarida keltirilgan. Shu qatorda, bunday axborotlarni 
xizmat ko’rsatish electron tizimlaridan ham olish imkoniyati mavjud. 
Rusumning turkumi aniqlangandan so‘ng (ishlab chiqaruvchi 
korxona ruxsati mavjud bo‘lishi shart) bizni qiziqtirgan bo‘limga: 
extiyot qismlar katalogiga, diagnostikalash programmasiga, elektr 
tizim kutubxonasiga, ta’mirlash vaqt meyorlariga va bosqalarga 
o‘tiladi (XIV rangli rasm). 
Programmalarga kirish imkoniyati, ishlab chiqaruvchi kodi 
bo‘yicha tuzilgan parol kiritilgandan so‘ng yoki maxsus kompakt-
diskka yozib olingan holda amalga oshiriladi. Buning turli variantlari 
mavjud bo‘lib, unda kompakt-disk shu texnika model ko‘rinishi yoki 
xizmat ko‘rsatish bo‘limlari ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lishi 
mumkin.
Yo‘riqnomalar bilan tanishilganidan so‘ng diagnostikalash 
qurilmasi xizmat ko‘rsatilayotgan mashinaga OBD blokidagi adaptor 
orqali ulanadi, unda universal adaptor o‘tkazgich simi yoki CARB 
multipleksori qo‘llaniladi. 
Yuqorida keltirilgan adaptor simlari bo‘lmagan hollarda, 
adaptatsiyalash (moslashish) jarayoni uchun sinash ishlariga yaroqli 
o‘tkazgichlardan foydalanish ham mumkin hisoblanadi. Agarda 
moslashish jarayonida chiqarish yo‘lakchasi noto‘g‘ri bo‘lsa, u holda 
aloqa yuzaga kelmaydi. Diagnostikalanayotgan vajifalarning 
murakkabligi va turli tizimlarning diagnostikalash aloqalarini 
o‘rnatish faqatgina bir qancha shartlarni bajargan holdagina amalga 
oshishi mumkin. Masalan, dvigatelning bir turdagi tizimlari bilan 
aloqani o‘rnatish uchun, dvigatel to‘xtatilgan holatda olinadi, boshqa 
bir tizim uchun esa ishchi holat talab etiladi. Tormoz tizimlari (ABS, 
ABS/ASR, ABS/ABD, ESP) diagnostikalashdagi moslashish 
jarayoni g‘ldiraklarning aylanish chastotasi 10 km/s dan ortmasligi 
va bazi hollarda hatto 0 km/s ni tashkil etishi talab etiladi. Mashina 
bilan aloqa o‘rnatilganidan so‘ng esa, harakatlanish mumkin bo‘lib, 


164 
g‘ildiraklarni qo‘l yordamida yoki tormozlash stendi bilan aylantirish 
mumkin bo‘ladi, chunki bunday holatlarda aloqa uzilmaydi.
Bir qancha holatlarda qo‘shimcha qurilmalarni (masalan, 
manitor) testor ulansa va u electron tizimlarni ko‘rmasligi ham 
mumkin. Demak, bunday holatlarda diagnostikalash mumkin 
bo‘lmaydi, shu sababli bunday holatlarda vaziyatga ta’sir 
ko‘rsatayotgan boshqa jihozlarni vaqtinchalik o‘chirib qo‘yish talab 
etiladi.
Mashina 
rusumi 
aniqlanib, 
kerakli 
dignostikalash 
programmasiga kirilganidan so‘ng mavjud boshqarish bloklaridan 
kerakli bo‘lgan EBB ni skanerlash jarayoni (XV rangli rasm) 
boshlanadi. Programma to‘xtatilgan holatda EBB bilan barcha 
ma’lumotlarni olish imkoniyatlari aniqlanadi. Ushbu bosqichga, 
diagnostikalash jarayonini engillashtirish uchun bir qancha 
programmalar mo‘ljallangan. Masalan, diagnostikalash aloqa 
protokolini (ISO, CAN, SAE) (F7 klavishi) tanlash, ushbu modelning 
abzalliklari va diagnostikalash tirqishining joylashganligi (F4 
klavishi), bosqichma-bosqich electron blokka o‘tish jarayoni (F3 
klavishi) o‘rganiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin