Trolleybus
Boshlangʻich kapital xarajatlarni kamligi
(ammo avtobusdan koʻp), harakatning tinchligi,
jadal tezlana olishligi, aloqa tezligining kattaligi,
havodagi
kontakt-sim
qurilmalarining
murakkabligi
(ayniqsa
kesishish
joylari,
strelkasi), manevrchanligini avtobusga nisbatan kamligi sababli)
Tramvay
- Tashish qobiliyatining kattaligi
- Yoʻlovchilar oqimi koʻp boʻlganda joylarda
tashish tannarxining arzonligi;
- Boshqarishni soddaligi;
- Manevrchanlikning kamligi;
- Harakatdagi shovqinni koʻpligi;
- Boshlangʻich kapital harajatlarning juda kattaligi.
Metro
- Tashish qobiliyatining eng kattaligi;
- Aloqa tezligining eng kattaligi;
-Harakat
muntazamligining
yuqoriligi
(toʻsiqlar yoʻqligi) harakat xavsizligining eng
kattaligi;
- Boshlangʻich kapital xarajatlarning juda kattaligi.
121
Texnik-ekspluatatsion
koʻrsatgichlariga
binoan
yoʻlovchilar
transportning har bir turining eng oqilona ishlatish joylari bor.
Juda katta quvvatli yoʻlovchilar oqimiga, ayniqsa markaziy joylarda
yer usti transporti ishini yengillashtirishda metroning xizmati
beqiyosdir; metroning bir yoʻnalishi soatiga 50-60 ming kishi
tashish quvvatga ega boʻlgan yoʻlovchilar oqimiga xizmat qila oladi.
Tramvay muhim ahamiyatli katta quvvatli yoʻlovchilar oqimiga
xizmat qiladi; metro yoʻnalishining davomi sifati shahar tumanlarini
shahar atrofi bilan bogʻlashda koʻpincha tramvaydan foydalaniladi; Bir
tramvay yoʻli, undagi vagonlar soniga koʻra soatiga 15-18 ming
yoʻlovchilar oqimi quvvatiga ega yoʻnalishga xizmat qila oladi.
Sutkasiga kamida 5 ming yoʻlovchilar oqimi boʻlgandagina tramvay
yoʻllarini qurishik maqsadga muvofiqdir.
Trolleybus
tramvayni
shaharning
asosiy
yoʻnalishlarida
almashtirishda hamda yoʻlovchilar oqimi kam boʻlmagan hollarda
shaharni uning atrofi bilan birlashtirishda qoʻllaniladi; bir trolleybus
yoʻli soatiga 5-9 ning yoʻlovchilar oqimiga xizmat etishi mumkin.
Trolleybus yoʻnalishini ochishlik uchun ayni yoʻnalishda sutkasiga
kamida 2 ming yoʻlovchilar oqimi boʻlishligi maqsadga muvofiq deb
topilgan.
Avtobuslar shaharning markaziy hududlaridagi qisqa masofali
qatnovlarda metro, tramvay va trolleybus yoʻnalishlariga paralel
qoʻshimcha, ya‗ni ular marshrutlarini yanada toʻldirish maqsadida
ishlatiladi. Yoʻlovchilar transportining boshqa turlari boʻlmagan yoki
yoʻlovchilar oqimi kichik joylarda musaqil ravishda avtobus
marshrutlari xizmati tashkil etiladi; shahar bilan shahar atrofi
yoʻlovchilar aloqalarini oʻrnatishda avtobus xizmatining alohida oʻrni
bor. Bir harakat yoʻnalishidagi bir avtobus yoʻli soatiga 5-7 ming
yoʻlovchilar oqimiga va parallel lentali harakatlarda esa 10 ming
yoʻlovchilar oqimiga xizmat etish qobiliyatiga ega.
Yoʻlovchilarni
tashish
quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) shaharda tashish;
b) shahar atrofida tashish;
122
v) shaharlararo tashish;
g) xalqaro tashish.
Yoʻlovchilar:
a) yoʻnalishli avtobuslarda;
b) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmanomalari
(buyurtmalari)ga yoki tashishning boshqa shartnomalari boʻyicha
beriladigan
avtobus
va
yengil
avtomobillarda;
v) yoʻnalishsiz taksilarda;
g)
yoʻnalishli
taksilarda
tashiladi.
Yoʻnalishli
avtobuslar
va
yoʻnalish taksilari harakati:
a) shahardagi yoʻnalishlarda — shaharlarning hokimliklari yoki
shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan shahar
yoʻlovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan;
b) shaharlar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo
yoʻnalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan
yoʻlovchilar tashish
transporini boshqarish organlari tomonidan;
Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda:
a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki shahar yoʻlovchilar
tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Toshkent shahar
ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy
yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yoʻnalishlar sxemalarini
kelishgan holda;
b)
shahar
atrofidagi
va
viloyatlar
ichidagi
shaharlararo
yoʻnalishlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki yoʻlovchilar
123
tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Toshkent shahar
ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy
yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yoʻnalishlar sxemalarini
kelishgan holda;
v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda —
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi
bosh boshqarmasi bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan amalga
oshiriladi.
Shahar yoʻlovchilar tashish transporti oʻnalishlari quyidagi
turlarga boʻlinadi:
a) shahardagi oddiy, tezkor, ekspress va tigʻiz paytlardagi
qoʻshimcha yoʻnalishlar;
b) shahar chetidan koʻpi bilan 2 km chetga chiquvchi shaharda
qatnovchi yoʻnalishlar;
v) yoʻnalishli taksilar.
Shahardagi yoʻnalishlar shahar (shaharcha)dagi turar joy va
sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sogʻlomlashtirish
tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtostansiyalar, metro stansiyalari,
temir yoʻl platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport
aloqasini ta‗minlashi kerak.
Aholiga xizmat koʻrsatish xususiyatiga muvofiq shahardagi
yoʻnalishlar bir nechta ish rejimiga ega boʻlishi mumkin:
a) sutka, hafta kunlari, oyning belgilangan davri mobaynida amal
qiladigan doimiy yoʻnalishlar;
b) dam olish hududlari, sport-sogʻlomlashtirish komplekslari,
yarmarkalar va shu kabilar faoliyat koʻrsatadigan davrda tashkil
etiladigan mavsumiy yoʻnalishlar;
v) maxsus yoʻnalishlar;
g) koʻcha–yoʻl shohobchalarida favqulodda vaziyatlar paydo
boʻlganda, ayrim uchastkalar, transport yoʻllari va maydonlar
yopilganda joriy etiladigan vaqtinchalik yoʻnalishlar.
|