Ташкент давлат транспорт университети «электр ҳаракат таркиби» кафедраси



Yüklə 168,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix24.12.2023
ölçüsü168,55 Kb.
#193287
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-mavzu ETFT 7-semestr 2023-2024



1
ТАШКЕНТ ДАВЛАТ ТРАНСПОРТ 
УНИВЕРСИТЕТИ
«ЭЛЕКТР ҲАРАКАТ ТАРКИБИ» КАФЕДРАСИ
Маърузачи: Камалов Икрам Саидакбарович


2
15-Ma’ruza
Ta’mirlash sifati va uning nazorati
Reja:
1. Ta’mirlashning umumiy texnologiyasi
2. Ta’mirlash sifati va uning nazorati


3
Qismlarga ajratish operatsiyalarining tavsifi. Lokomotivlar jihozlari
konstruktiv elementlari turli-tuman bo‘lsada, ularni qismlarga ajratish
unchalik ko‘p bo‘lmagan takrorlanuvchi operatsiyalardan tarkib topadi.
Ularga, avvalo rezbali va bosim ostida o‘rnatilgan birikmalar, sirpanish va
chayqalish podshipniklariga ega yig‘ish birliklari, qo‘zg‘almas konusli
birikmalar taalluqli.
Ta’mirlash ob’yektini, agar bunga zarurat bo‘masa, ayniqsa joriy
ta’mirlash davrida, oxirgi vintigacha qismlarga ajratilmaydi. Ajralmaydigan
birikmalar
(masalan,
parchinlangan)
detallari,
yoki
detallari
normal
o‘rnatilgan ajraladigan birikmalar faqat zaruratga ko‘ragina qismlarga
ajratiladi [2].
Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, ko‘pgina detallar yaroqli bo‘lib, qaytadan
foydalanish, ta’mirlash ob’yekti esa yig‘ilgandan so‘ng avvalgi joyiga
o‘rantilishi mumkin. Shuning uchun qismlarga ajratish jarayonida yechib
olingan
detallarni
shunday
joylashtirish
kerakki,
ular
tozalangan
va
tekshirilgandan so‘ng oson topilib, avvalgi joyiga o‘rnatish mumkin bo‘lsin.
15.1 Ta’mirlashning umumiy texnologiyasi


4
Bunda detallardagi, chizmada ko‘zda tutilgan joylarda, markirovka belgilari mavjudligi
tekshiriladi. Agar bunday belgilar, ya’ni raqamlar, harflar, chiziqlar va boshqalar bo‘lmasa
yoki ularda chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, belgilar darxol kiritilishi lozim. Bu
tavsiya, ayniqsa, jufti bo‘yicha tanlangan detallar uchun juda muhim, chunki ularni
ta’mirlashning joriy turlarida almashib qolishi nafaqat vaqtni ortiqcha sarflanishiga olib
keladi, balki ob’yektni umrboqiyligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Detallarni o‘zaro joylashuvi holatini saqlash yoki rostlash uchun hizmat qiluvchi
rostlash qistirmalari va shaybalari, silindrik va konussimon shtiftlar, keyinchalik ob’yektni
yig‘ish va o‘rnatish jarayonida ortiqcha, ba’zi xollarda esa ularni markaz bo‘yicha
muvofiqlashtirish va rostlash bo‘yicha ko‘p mehnat sarfini talab etuvchi ishlarni
bajarilishini istisno qilish maqsadida, saqlanishi lozim. Joriy ta’mirlash davrida,
germetiklovchi qistirmalar yordamida o‘rnatilgan lyuklar, qopqoqlar va yirik detallarni
yechib olish jarayonida, ularni butunligini saqlash uchun ehtiyotkorlikka rioya qilinishi
talab etiladi.
Lokomotivdan yechib olinmagan jihozlar, shu jumladan trubalarning ochiq sohalari,
shuningdek yechib olingan ob’yektlarning ochiq sohalari ham, ularga iflosliklar
tushmasligi uchun qopqoqlar yoki tiqinlar yordamida berkitilishi kerak. Barcha
mahkamlash detallari (gaykalar, boltlar va shpilkalar) imkon qadar avvalgi joylariga
o‘rnatilishi lozim. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, yaroqli mahkamlash detallari
o‘lchamlari bo‘yicha saralanib, jamlash qutilarining alohida bo‘lmalariga joylashtirilishi
kerak.


5
Ta’mirlash ob’yektini texnologik tozalash usullari
. Yuzalarni tozalash – turi va
xususiyatiga ko‘ra turlicha bo‘lgan zararli yoki nohush qatlamlarni (ifloslanishlarni)
bartaraf etishdir.
Tozalash usulini tanlash ifloslanish turi, tozalovchi muhitning material yuzasiga
ta’siri darajasi, mahsulotlar shakli va o‘lchamlari, jihozlarning mavjudligi, sanitar-
gigienik va iqtisodiy talablar va hokazolarga bog‘liq [3].
Ilmiy tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ta’mirlash jarayonida detallar va yig‘ish birliklarini
faqatgina sifatli tozalash natijasida ta’mirlangan dvigatellarning resursi 25-30 %,
ta’mirlash xodimlarining mehnat samaradorligi esa 15-20 % ga ortadi. Shuning uchun
lokomotivlarni ta’mirlashda tozalash ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’mirlash jarayonida tozalash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
- ta’mirlash sifatini, ta’mirlash xodimlarini yuqori mehnat samaradorligini, ishlab
chiqarish madaniyati va sanitar-gigienik talablar bajarilishini ta’minlash;
- detallarni defektatsiyaga, geometrik o‘lchamlari va fizik-kimyoviy parametrlarini
nazorat qilishga tayyorlash;
- mashinalarni ta’mirlashda bo‘lgan davrida detallar korroziyasini istisno qilish
yoki sezilarli kamaytirish;
- agregatlar, uzellar, tizimlarni yig‘ishda detallar yuzalarini kerakli darajada toza
bo‘lishini ta’minlash.


6
Mashinalar, yig‘ish birliklari va detallarni tozalash yuzalaridagi ifloslanishlarni
shu darajada bartaraf etishdan iboratki, bunda qolgan ifloslanishlar ta’mirlash
operatsiyalarini bajarishga halal bermasin.
Tozalash jarayonini tashkil qilishda detallar materiallarini xususiyatlarini
hisobga olish lozim, chunki bu xususiyatlar turli tozalash usullarini qo‘llaganda
o‘zgarishi mumkin, bu esa faol yuvuvchi va tozalovchi muhitlar ta’sirida yoki
qattiq tozalovchi muhit zarralarini detal yuzalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi
natijasida yuzalarning mexanik shikastlanishi sababli korrozion buzilishlarga
sabab bo‘lishi mumkin.
Tozalash usulini tanlashga tozalanayotgan yuzaning qoldiq iflosligi darajasi
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Qoldiq ifloslik miqdori ta’mirlash texnologik jarayoni
bilan aniqlanadi. Masalan, yig‘ish operatsiyalari uchun ruhsat etilgan qoldiq
ifloslik miqdori 0,10-0,15
mg/sm
2
, bo‘yashda 0,005
mg/sm
2
, defektlarni
aniqlashda esa yuza dag‘alligi 10
mkm
da 1,25
mg/sm
2
dan ortmasligi kerak.
Yuzalarni qoldiq iflosligi miqdorini nazorat qilish uchun turli usullardan
foydalaniladi: og‘irlikni o‘lchash, vizual, lyuminitsent, suv bilan namlash.
Og‘irlikni o‘lchash usulida qoldiq ifloslik tozalashdan avval va keyin og‘irlikni
o‘lchash yordamida aniqlanadi. Vizual usulda yuzaning ma’lum uchastkalari oq
mato yoki filtrlovchi qog‘oz bilan artiladi va ularning ifloslanish darajasi
taqqoslanadi.


7


8
Mexanik tozalash usullari
. Tozalashning mexanik usullari tozalash
ob’yektiga havo yoki suv ko‘rinishidagi qattiq yoki qayishqoq jismning
ta’siriga asoslangan. Mexanik tozalashning quyidagi turlari farqlanadi:
pnevmatik,
gidravlik,
mexanik
asbob
bilan,
abraziv
(gidroabraziv,
pnevmoabraziv), vibratsion.
Tozalashning mexanik usulida mexanik ta’sir vositalaridan, shuningdek
siqilgan havo, suv, bug‘ oqimi kuchidan foydalaniladi:

Yüklə 168,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin