1 nvp 11 sing Uzbek tili



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

26-rasm.
Tabiiy favquloddagi vaziyat oqibatida yuz bergan holat.


59
1966-yili Toshkent shahrida sodir bo‘lgan kuchli zilziladan keyin
qutqaruv ishlari yaxshi tashkil qilinganligi va tezkor bajarilganligi uchun
aholiga qisqa vaqt ichida barcha zaruriy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan favqulodda vaziyatlar masalasiga
katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, FVDTning favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish bo‘yicha kuch va vositalari tashkil qilingan bo‘lib, ular
quyidagilardan iborat:
— Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
— Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda tezkor
bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, qutqaruv tuzilmalari;
— vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan qutqaruv
bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida
FVDTga tegishli hududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmat-
lari va qutqaruv tuzilmalari, O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining
ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), mudofaaga ko‘maklashuvchi
«Vatanparvar» tashkiloti.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari Favqulodda vaziyatlar vazirligiga
bo‘ysunadi va o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq harbiy davrda respublika-
ning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni
tugatishga oid ishlarni olib boradi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari yirik ko‘lamdagi ishlab chiqarish
avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chog‘ida qutqaruv ishlari va boshqa
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish, maxsus texnik asboblar
va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston
Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondonining farmoyishiga ko‘ra jalb etilishi
mumkin.
27-rasm.
Zilzila oqibatlari.


60
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunuvchi tuzil-
malar malakali mutaxassislarga ega bo‘lishi va maxsus texnika, asbob-
uskuna, aslaha-anjom va boshqa qutqaruv vositalari bilan jihozlangan,
qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga
mo‘ljallangan doimiy holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor bo‘ysunuvchi respublika
ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va
uzoq davom etadigan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslash-
tirilgan otryadini, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqar-
masi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika
tezkor tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarini, «O‘zbekiston havo
yo‘llari» milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy
davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avto-
transport va avtosanitariya otryadlari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni
tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga
mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy
bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
4.7. Zararsizlantirish. Odamlarni sanitariya
ishlovidan o‘tkazish
Zararsizlantirish olib borilganda maxsus tozalash tadbirlari aslaha,
texnika, individual himoya vositalari, kiyim-kechak va boshqa moddiy
vositalarni degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash va dezinfeksiyalashdan iborat.
Har bir usulda zararsizlantirish bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmiga
quyidagilar kiradi.
Dezinfeksiya
yoki zararsizlantirish patogen mikroblarni yo‘qotish maqsa-
dida olib boriladi.
Davolash-profilaktika muassasalarida kimyoviy vositalardan tayyorlangan
zararsizlantiruvchi kukun, tabletka ko‘rinishidagi kuchli va ishchi eritmalarni
qo‘llash keng tarqalgan. Zararsizlantiruvchi vositalar maxsus shamollatgich
o‘rnatilgan alohida xonalarda tayyorlanishi lozim.
Tarkibida xlor elementi bo‘lgan zararsizlantiruvchi eritmalarni tayyor-
lashdan oldin maxsus xalat, respirator, qalpoqcha, qo‘lqoplar kiyiladi.


61
Har bir usulda zararsizlantirish bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmi
quyidagilardan iborat:

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin