Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu bilan
qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, xaridorlar va vositachilarning xatti-
harakatlari, ta’minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat tomonidan tartiblashtirish
chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni beradi. Bu yerda quyidagi harakterdagi
yo‘nalishlar kuzatiladi:
tashqi muhit monitoringi (kon’yunktura, jarayonlar va tendensiyalarni o‘rganish);
muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish);
muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash).
Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma’lumotlarni doimiy to‘plash, izlash
tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini o‘rganishda eng ko‘p
tarqalgan. Ko‘pincha monitoring ob’yekti bo‘lib reklama va, birinchi navbatda, uning radio
va, ayniqsa, televideniye kabi vositalari hisoblanadi. Hosil bo‘lish bosqichlariga qarab
marketing axborotini quyidagi ikki turga bo‘ladilar:
1.
Birlamchi axborot - aniq marketing muammosini yechish uchun maxsus dala (bozor)
tadqiqotlari va modellash asosida hozirgina olingan ma’lumotlar massivi;
2.
Ikkilamchi axborot - qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq muammo
yechimi bilan bog‘liq bo‘lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir tomonidan to‘plangan
ma’lumotlar to‘plami.
Axborotning ikkala turi ham o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega. Masalan,
ikkilamchi axborot arzonroq tushadi, uni olish va ishlatish oson, shuningdek, u nisbatan
haqqoniydir.
Axborotni, ayniqsa, tashqi muhit haqidagi axborotni izlash va shakllantirishda kompyuter
axborot tarmoqlari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda ikki turdagi tarmoqlar kanallari
mavjud.
Internet - 45 mingdan ko‘proq kichik lokal tarmoqlardan iborat bo‘lgan global
kompyuter tarmog‘idir. U butun yer kurrasi bo‘yicha uzluksiz va markazlashgan axborot
almashishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56
milliondan ko‘proq kishilar foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani
yuborishlari, xarid qilishlari, tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin.