Axura-Mazda
va
barcha yomonliklarni
Anxramaynyu (yoki Axriman
) ifodalaydi.
Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni
buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylik dinida Axura Mazda Oliy ibtido, u hamma mavjudotlarning
yaratuvchisi va boshqaruvchisi, yaxshilik va ezgulik timsoli – Oliy ruh sifatida
namoyon bo’ladi. Zardushtiylikda yana olti ilohiy ruh – quyi tangrilarga ham
sig’inilgan. Zardusht ta’limotiga ko’ra ular bir-biriga singib ketgan, manbaning
ayrim joylarida quyi tangrilar Axura Mazdaning emanatsiyalari (ya’ni o’zidan
nurlantirib chiqargan) deb berilgan. Avestoda quyi tangrilar Amesha Spenta –
“abadiy ruhlar” deb nomlanadilar. «Abadiy ruhlar” dunyo yaratilishining ma’lum
bir pog’onasini boshqarib turgan.
Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha past,
baland «sukut minoralari» –
daxma
larga solinadi, u yerda murdalarning
go’shtlarini qushlar yeb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar
maxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi.
Bunda
poklik
bilan
nopoklik
ning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi.
AMESHA
SPENTA –
ABADIY
RUHLAR
XSHATRA
VAIRYA
-
OSMONNI
YARATGAN
ARMAITI –
YERNI
YARATGAN
XAURVA
TAT –
SUVNI
YARATGAN
AMERETAT –
O’SIMLIK
DUNYOSINI
YARATGAN
BOHU
MANA –
ILOXIY
SIGIRNI
YARATGAN
ASHA
VAHISHTA –
OLOVNI
YARATGAN
ZARDUSHTIYLIKDA
IMON ASOSLARI
EZGU FIKR
EZGU SO’Z
EZGU AMAL
Zardushtiylik
dini
dunyodagi eng qadimiy
dinlardan biri hisoblanib, mil. av. ХII-VI asrlarda
Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo
xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar
sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi
Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan
yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan.
Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo’limiga
o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan.
VIII asrda O’rta Osiyoga islom dini kirib
kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy
xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan,
arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi.
Avesto
zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi.
U Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib
kelingan. Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha
davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi
tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va
yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil
davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda uzatilib
kelingan.
Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo’laklari Тuron
va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning
Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar
turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig’ila boshlangan. Bular
Zardushtning o’limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» –
«O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan.
Bu qadimiy yozma manba bizgacha to’liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu
Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan:
podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Abistoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan
bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat
etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtda
Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi».
Тalabalarni Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug’ilgan va o’z faoliyatini
boshlagan yurt haqida ma’lumotlarbilan tanishtirishimiz maqsadga muvoffiq bo’ladi.
Avestoda Axura Mazda yaratgan 16 ta shaharning nomi berilgan bo’lib, ulardan
to’qqiztasi Markaziy Osiyoda joylashgan viloyat va shaharlarning nomlariga juda
o’xshash. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko’p sonli lashkarlarini botir
sarkardalar boshqaradilar, baland tog’lari bor, yaylov va suvlari bilan go’zal,
chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo’l, chuqur ko’llari, keng qirg’oqli
va kema yurar daryolari o’z to’lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv),
Хarayva (Areya), Gava (so’g’dlar yashaydigan yurt), Хvarazm (Хorazm) mamlakatlari
tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «keng qirg’oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo’lib,
Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O’rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo
qirg’oqlarida joylashganlaridir.
Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va
Avestoning kelib chiqish joyi deb – Хorazm, tarqalish yo’nalishi deb – Хorazm-
Marg’iyona-Baqtriyani ayta olamiz.
AVESTO
VIDEVDAD
YASNA
VISPERED
YASHT
KICHIK AVESTO
(XO’RDAK AVESTO)
Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir.
U – murakkab to’plam. Avestoning saqlanib qolgan to’rtta
kitobidan birinchisining nomi
Dostları ilə paylaş: |